Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlari tanqidi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   240
Ривожланиш психологияси

9.3. J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlari tanqidi
Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudli- 
gi yoki juda bo'lmaganda, uni ifodalanishi chuqurligi eng av- 
valo eksperimental tadqiq va tanqidga uchraydi. Shunday qilib, 
ayrim tadqiqotchilar J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsio- 
nal qiziqarsiz, ma’no-mazmunsiz bo'lgani bois, u uchun qiyin- 
ligini isbotlashga harakat qilganlar. Yoki bolalar mantiqiy tuzilish 
mavjud emasligidan emas, balki savollarda ifodalangan fikrlarni 
tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi, faqatgina vazifani 
emas, balki butun eksperimental holatni yaxlitlikda o'ziga xos 
talqin qilishida xatolarga yo'l qo'yadi. Aniqlanishicha, maktabga­
cha tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendensiyasi aqliy harakatlar 
va tushunchalarni P.Ya.Galperin, L.F.Obuxova rejali shakllanti- 
rish metodi bo'yicha maxsus tashkillashtirilgan o'qitish sharoit- 
larida muvaffaqiyat qilinadi. E’tirof etilishicha, egotsentrizm yosh 
davri funksiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma’lum bir
169


doirada tashkillashtirish funksiyasi sifatida talqin qilinishi kerak. 
L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qa- 
ror kattalarda qiyin vaziyatlarda kuzatilishi mumkin, lekin bu 
adekvat o'qitishdan o‘tgan bolalarda kuzatilmaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Jan Piaje bolalarning miyasi rivojlanishiga qanday omil 
ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan?
2. J.Piaje taxminiga ko‘ra, bolalar fikrlarini nechta guruhga 
bo'lish mumkin?
3. Egoizm qanday tushuncha?
4. Sensomotor intellekt qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi?
5. Sensomotor intellektning tarkibiy tuzilishini ayting.
6
. Hayotiy dasturlarni tuzish davri qanday kechadi?
7. Egotsentrik nutq nutqning qanday shakli?
8
. Egotsentrizm nima?

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin