Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   240
Ривожланиш психологияси

L .S .V ig o ts k iy
173


L.S.Vigotskiy psixik rivojlanishga nisbatan bildirilgan an’anaviy 
nuqtayi nazarni baholab, assotsiativ va bixeviorizm psixologiyasi- 
ga taalluqli 3 ta asosiy qoidani ajratgan:
— oliy psixik funksiyalarni ularni tashkil qiluvchi tabiiy jara- 
yonlar tomonidan o‘rganish;
— oliy va murakkab jarayonlardan elementargacha bilish;
— xulq-atvorning madaniy rivojlanishini o‘ziga xos xususiyat- 
lari va qonuniyatlarini e’tiborga olmaslik.
U oliy psixik jarayonlarni tadqiq qilishga bunday yondashuv- 
ni, uning umumiy noadekvatligini ko‘rsatib, «atomistik» deb ata- 
gan. L.S.Vigotskiy an’anaviy yondashuvni tanqid qilib, shunday 
yozadi: «Bolalar psixologiyasiga oliy psixik funksiyalar rivojla­
nishi tushunchasini o‘zi begona, u bolaning psixik rivojlanishi 
tushunchasini bolaning organik yetilish funksiyasi sifatida, mi- 
ya rivojlanishidan bevosita bog'liqlikda keluvchi, elementar funk­
siyalarni biologik rivoji bilan chegaralaydi». L.S.Vigotskiy in- 
sonning oliy psixik funksiyalari rivojlanishini tushunish uchun, 
biologik bo‘lmagan, boshqacha yondashuv zarurligini ta’kidlagan. 
U bolaning rivojlanishi uchun nafaqat ijtimoiy muhit muhimligi- 
ni ko‘rsatgan, balki bu ta’sirning aniq mexanizmini aniqlashga 
harakat qilgan. L.S.Vigotskiy quyi elementar psixik funksiyalarni 
tabiiy rivojlanish davri va yuqori psixik funksiyalarni madaniy 
rivojlanish davri ajratgan. L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari suril- 
gan faraz, elementar va oliy psixik funksiyalar o‘rtasidagi aloqa 
muammolarining yangi yechimini taklif etgan. Ular o'rtasidagi 
asosiy farq ixtiyoriylik darajasidadir, ya’ni tabiiy psixik jarayonlar 
inson tomonidan boshqarib bo‘linmaydi, oliy psixik funksiyalarni 
odamlar ongli boshqarishi mumkin. L.S.Vigotskiy ongli boshqa­
rish bevosita xarakteri bilan bog‘liq, degan xulosaga keldi.
L.S.Vigotskiy eng avvalo noaniqlikning bu klassik vaziyati 
yoki muammoli holat ikkita teng imkoniyatlar o'rtasidagi tan- 
lov yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o'zgartirishga yordam beradi- 
gan vositalar nuqtayi nazaridan qiziqtirgan. L.S.Vigotskiy bo‘yi- 
cha, inson tomonidan tashlangan qur’a vosita hisoblanib, uning
174


yordamida inson ushbu vaziyatni tubdan o‘zgartiradi va hal etadi. 
Inson reaksiyasi va ta’sir ko‘rsatuvchi stimullar qo‘zg‘atuvchilar 
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in orqali qo‘shimcha aloqa hosil b o la­
di — stimul vosita yoki belgi. Belgilar yoki stimul vositalar bu — 
psixik qurol bolib, mehnat qurolidan farqli ravishda, fizik olamni 
emas, balki unda harakat qiluvchi subyektning ongini o‘zgartira- 
di. Belgi — bu ma’lum bir ma’no ahamiyatga ega bolgan har 
qanday shartli belgidir, stimuldir, timsoldir. Inson tomonidan 
yaratilgan bolishi mumkin bolgan stimul vositadan farqli ravish­
da, masalan, ro‘molchadagi tugun yoki harorat olchagich o‘rni- 
ga tayoqcha, belgilar bolalar tomonidan yaratilmaydi, biroq kat­
talar bilan bolgan muloqotda ular tomonidan egallanadi. Inson 
uchun xos bolgan oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi, bolaning psixikasi o‘zgarish mexanizmi — bu 
psixik faoliyatni tartibga solish vositasi sifatida belgilar interiori- 
zatsiyasi mexanizmidir.
Interiorizatsiya — filogenez va ontogenezda oliy psixik funk- 
siyalar rivojlanishining fundamental asosiy qonunidir. L.S.Vigot­
skiyning oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va tabiati ha­
qidagi farazi shundadir. Bolaning oliy psixik funksiyasi dastawal 
boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish shakli sifatida, jamoaviy 
xulq-atvor shakli sifatida yuzaga keladi hamda keyinchalik faqat­
gina interiorizatsiya yoli orqaligina ular shaxsiy individual funk- 
siyalarga aylanadi, yoki L.S.Vigotskiy yozganidek — bolaning 
madaniy rivojlanishidagi har qanday funksiya sahnada ikki ma- 
rotaba, ikki xil doirada — dastlab-ijtimoiy, so‘ngra — psixologik, 
dastawal interpsixik kategoriya sifatida odamlar oltasida, keyin 
esa intrapsixik kategoriya sifatida bolaning ichida paydo boladi.
Masalan, agar oliy psixik funksiya sifatida ixtiyoriy diqqat ha­
qida so‘z yuritadigan bolsak, uning shakllanish bosqichlari ket- 
ma-ketligi quyidagicha dastlab, kattalar muloqotda bolaning 
diqqatini qaratadi, jalb qiladi va yo‘naltiradi, asta-sekin bolaning 
o‘zi jest, imo-ishora harakatlari va so‘zlar ro‘yxatini o‘zlashtirib 
oladi, o‘zgalarning va o‘z diqqatini tartibga solish usullari inte-
175


riorizatsiya yuz beradi. Shuningdek, nutq ham dastlab, odamlar 
o‘rtasidagi muloqotning tashqi vositasi sifatida namoyon bo'lib, 
u oraliq bosqichga egotsentrik nutq o'tadi, intellektual funksi- 
yani bajarishni boshlaydi va asta-sekin ichki, interorizatsion psi­
xik funksiyaga aylanadi. Shunday qilib, belgi dastlab tashqi doi- 
rada, muloqot doirasida, keyin esa ichki doiraga, ong doirasiga 
o'tadi. Interiorizatsiya muammosi o‘sha yillardayoq fransuz ijti­
moiy maktablari tomonidan ishlab chiqilgan. Oldindan mavjud 
bo'lgan va avvaldan assotsiatsiyalashgan individual ongga sirtdan 
umumiy ongning ayrim shakllari bog'lanadi:
— fransuz psixologik maktablarining tasavvurlari shundan 
iborat. L.S.Vigotskiy uchun ong faqat interiorizatsiya jarayoni- 
da shakllanadi — hech qanday na filogenetik, na ontogenetik av­
valdan mavjud bo'lgan asotsial ong mavjud emas. Interiorizatsiya 
jarayonida insoniyat ongi shakllanadi, mantiqiy tafakkur, iroda, 
nutq kabi insoniyatga xos bo'lgan psixik jarayonlar yuzaga kela- 
di. Belgilar interiorizatsiyasi bolaning psixikasini shakllantiruv- 
chi mexanizm hisoblanadi. L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalar 
rivojlanishi umumiy tushunchasiga bola xulq-atvorining oliy 
yuqori shakllarini rivojlanish jarayonini birgalikda hosil qiluvchi 
ikki guruh hodisani kiritgan;
— tafakkur va madaniy rivojlanishning tashqi vositalari sifati­
da til, imlo, bisob, tasvirni egallash o'zlashtirish jarayonlari;
— maxsus oliy psixiy funksiyalarni rivojlantirish jarayonlari 
ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, tushuncha va boshqa oliy psi­
xik funksiyalarni farqlovchi belgilari asoslanganlik, ixtiyoriylik, 
tizimlilik, hayot mobaynida shakllanadi, namunalar interorizat- 
siyasi yo'li orqali hosil bo'ladi. L.S.Vigotskiy insoniyat rivojlani- 
shining ikki tarixiy bosqichlari biologik evolutsion va madaniy 
tarixiy rivojlanishni ajratib ontogenezdagi rivojlanishning ikki- 
ta tipi sifatida ham ularni farqlash va o'ziga xos tarzda alohi­
da qarama-qarshi qo'llashni muhim deb hisoblagan. Ontogenetik 
rivojlanish sharoitlarida bu ikki yo'l biologik va madaniy-murak- 
kab o'zaro ta’sirda bo'ladi, tutashadi, yaxlit, murakkab jarayonni
176


hosil qiladi. A.M.Matyushkinning ta’kidlashicha, L.S.Vigotskiy 
uchun asosiy muammo va tadqiqot predmeti ikki turdagi jarayon­
lar chalkashligini tushunishdan, rivojlanishning har bir bosqichi- 
da ularning aniq o‘ziga xosligini kuzatishidan, har bir oliy psixik 
funksiyaga nisbatan va bosqichlarning har biridagi rivojlanish­
ning yoshga bog‘liq va individual tipologik ko‘rinishini aniqlash- 
dan iborat bo‘lgan. L.S.Vigotskiy uchun qiyinchilik madaniy 
rivojlanishning alohida jarayonini kuzatish va tushunishida emas, 
balki jarayonlarning murakkab chalkashligida uning o‘ziga xos­
ligini tushunishda edi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin