Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Xolnazarova M.X. Naqshbandiya tariqatida psixologik qarashlar. Ps.f.n



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   240
Ривожланиш психологияси

1 Xolnazarova M.X. Naqshbandiya tariqatida psixologik qarashlar. Ps.f.n....
avtoref. - Т.2012-24 b.
538


4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.
V.Kessel tadqiqotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga 
bog‘liq holda o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik 
motivlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining 
mashhurligi ko‘p jihatdan uning materiallarni ko'rgazmali, jon- 
li va muammoli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan. 
V.S.Abramova, S.M.IUyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar 
«o‘qituvchi-o‘quvchi» munosabati bo'yicha izlanishlar olib bor- 
ganlar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining muloqotda 
do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va ularning 
ota-onalariga berganligi ko‘rindi.
Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog 
olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituv- 
chilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini bera- 
di. Rossiya psixologlaridan N.Kuzmina, V.Slastenin, F. Gonobo- 
lin, o‘zbekistonlik psixologlardan R.Gaynutdinov, M.Davletshin, 
Sh.Do‘stmuxamedova, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va 
boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham 
o‘qituvchilik kasbi va ta’lim jarayoniga doir muammolar keng 
tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan 
professiogrammani ko‘rish mumkin.
0
‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan 
o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab 
olishi lozim. Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdul- 
lajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov 
va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va 
maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator 
mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining tax- 
miniy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
0
‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh av- 
lodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor 
qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
«...0‘qituvchi, — deydi A1 Forobiy, — aql-farosatga, chiroyli 
nutqqa ega bo‘lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini
539


to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur». U o‘z fikrini davom 
ettirib: «
0
‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari va- 
zifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlari- 
ning barchasini eslab qolishi, o'quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan 
fikrlarini chiroyli ifodalab berishni bilmog‘i, shu bilan birga o‘z 
or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina 
u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisi- 
ga e ris h a d i» d e b ta’kidlaydi.
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini 
xolisona baholab: «Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga 
(muallimga) qulluq qilsa arziydi»,
«Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamak emas oson oning haqqin yuz ganj ila», — kabi satr- 
lar bitgan.
Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. 
0
‘qituvchi — sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. 
0
‘qituvchi 
o'quvchilar uchun dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan 
birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berish- 
da bilimlar manbayidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rah­
bari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hi- 
soblanadilar.
Zamonaviy 
0
‘qituvchi ijtimoiy psixolog bolmasligi mumkin 
emas. Chunki u o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ijobiy munosabat-
540


larni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik me- 
xanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murak- 
kab sohalaridan biridir. 
0
‘qituvchi jamiyat tomonidan qo'yilgan 
talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, 
maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota- 
onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
0
‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligini bilishining 
o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, gar- 
chand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo'yiladigan talablarga mos 
kelsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar 
hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xalq ta’li- 
mi bo‘limlari va maktab direktorlari o'qituvchining ayrim xislatlari 
naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi 
bolimlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini 
yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o'zlash- 
tirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o'qituvchiga qo‘yiladi- 
gan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. Shu bilan birga 
xalq ta’limi bolimlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar 
va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bi­
lishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermay- 
dilar. Maktab direktorlari esa, bunday xislatlami o‘qituvchi shaxsiga 
qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
Bo‘lajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qo‘yila- 
di. Ularni asosiy, ya’ni uni egallamasdan turib, yuqori malakali 
o‘qituvchi yoki tarbiyachi bolib yetishish mumkin bolmagan va 
ikkinchi darajali, ya’ni bevosita pedagogik faoliyati uchun emas
balki uning shaxs sifatida shakllanishi va shaxsga ta’lim-tarbiya 
berishida muhim bolgan talablarga ajratish mumkin.
Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham 
pedagogning faoliyati psixologiyasiga ya’ni, uning muloqoti, qo- 
biliyati, bilimi, malaka va ko‘nikmasi, mahorati, bolalarni tar- 
biyalash va ta’lim berish uchun zarur bo£lgan sifatlarga bog‘liq-
541


dir. Asosiylari orasida ham, qo‘shimcha psixologik xossalar ichida 
ham o‘zgarmas, ya’ni har bir davrda, vaqt va xalqlarda doimo 
o‘qituvchi va tarbiyachilar uchun, malakali pedagoglar uchun 
zarur bo‘lgan hamda o‘zgaruvchan, ya’ni muayyan davr ijti- 
moiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadigan, jamiyat 
qaror topgan sharoitda yashaydigan va pedagog ishlaydigan mu- 
hit talablaridir.
Pedagogga qo‘yiladigan asosiy, bosh va o'zgarmas talablar 
bolalarga bolgan mehr, pedagogik faoliyat, o‘zi ishlaydigan soha 
bo‘yicha maxsus bilim, keng flkrlay olish, pedagogik intuitsiya, 
yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madani- 
yat va yaxshi xulqqa ega bo'lish, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash- 
ning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan ibo- 
rat. Yuqorida keltirilgan xislatlarning birortasisiz muvaffaqiyat 
bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas. Pedagog uchun
542


qo‘shimcha, lekin nisbatan turg‘un talablar qatoriga kirishuv- 
chanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalami 
kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o'rinda turmasa-da, 
ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi.
Bu hamma xossalar tug‘ma qobiliyat emas. Ular pedagogning 
muntazam mehnati, shuningdek, o‘z ustida tinmay ishlashi nati- 
jasida egallanadi.
Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning 
shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi 
qaytarilmas va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi 
o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bogliq xislatlariga qa- 
ratilgan.
Jamiyatning o'qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari 
quyidagichadir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning
milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklar- 
ning mohiyatini, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida 
tarbiyalashni bilishi, o‘z Vatani, tabiatga va oilasiga bo‘lgan mu- 
habbati;
- keng bilim saviyasiga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabar- 
dor bo'lishi;
- yosh, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pe- 
dagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur 
bilimlarga ega bo‘lishi;
- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega 
bo‘lib, o‘z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va 
kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
- bola psixik taraqqiyotini, uning ichki dunyosini tushuna 
olishi;
- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vosi­
talari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
543


— 
o‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy 
ravishda oshirib borishi.
Наг bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos 
keladigan bo‘lishga intilishi kerak.
0
‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, tur- 
li xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning 
shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan 
o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalo- 
lat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan 
vaqt va belgilangan ish joyiga xos bo‘lgan pedagogning asosiy 
va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlari haqidagi masala- 
ni hal qilish birmuncha murakkabdir. Jamiyatda ro‘y berayotgan 
yangi shart-sharoitlar, ta’lim va tarbiya sohasida yangi maqsad 
va vazifalarni qo‘yadi. Ular o‘z navbatida o‘qituvchi va tarbiyachi 
shaxsiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu talablarni o‘z 
vaqtida va aniqroq aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim: 
CVquvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin 
fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning o‘zi 
mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng 
bo‘lmog‘i va o‘zida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bor- 
mog‘i lozim.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin