13.2. Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli
harakat faoliyatlarining rivojlanishi
Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo'lishiga qara-
may, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to‘g‘ri
idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo‘q.
Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida se-
kin-asta hosil qilib boriladi.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarning
diqqati nihoyatda beqaror
va ixtiyorsiz bo'lsa, ikki yoshga to'lgan bolalarning diqqatida yan
gi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg'aygan sari uning
diqqati barqarorroq bo'la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko'pmi
barqaror bo'la boshlagani shunda ko'rinadiki, bola o'zini qiziqtir-
gan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug'ullana oladi. Ik
ki yoshga to'lib, uch yoshga qadam qo'ygach so'zlarni tushunadi.
So'z boyligi orta borgach, bolaning o'ziga xos bo'lgan situativ ti-
li haqiqiy tilga aylanadi.
Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o'ziga
xos xususiyatlar-
ga hamda konkret xarakterga ega. Ular ayni chog'da idrok qilib
turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan
tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat
elementlari ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkur
lari ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda tafakkurning
fikriy operasi-
yalarini, ya’ni analiz, umumlashtirish kabilarni ko'ramiz. Ular
qo'llaridagi o'yinchoqlarini yoki qo'llariga tushgan narsalarni
amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar.
Lekin sin-
tez qilishga hali qurbi yetmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafak
kurning o'sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so'zlarni
mumkin qadar ko'proq bilib olib, ulardan o'z tafakkurida keng
foydalana oladilar. Bu esa fiklash operatsiyalarining o'sishiga
yordam beradi. Bolada so'zlar vositasi bilan analiz va sintez qi
lish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alo-
matlari ko'rina boshlaydi.
231
Xorij psixologi G.Craig bu yoshdagi
bolalar tafakkur jarayon-
larining 5 ta xususiyatini ta’kidlab ko‘rsatgan'.
Birinchidan, bu yoshdagi bolalarning tafakkuri konkret. Ope-
ratsiyalargacha intellektda bolalar mavhum fikrlay olmaydilar.
Ularning aqli «shu yerda va hozir» ro£y berayotgan jismoniy
obyektlar bilan band bolib, ularni oson tasavvur qilishi mumkin.
Ikkinchidan, kichkina bolalarning tafakkuri bir yoqlama,
ya’ni hodisalarning rivojlanishi va boglanishlarning hosil bo‘lishi
bir yoqlama ro‘y beradi. Bolalar qandaydir obyektning dastlabki
holiga qaytishi mumkinligi yoki obyektlar orasidagi boglanishlar
ikki tomonlama bolishi mumkinligini tasavvur qila olmaydilar.
Uchinchidan, bolalarning operatsiyalargacha bolgan tafak
kuri egotsentrik, bolaning istiqbol
ramkalari bilan chegaralan-
gan, shuning uchun ham boshqa insonning fikrini qabul qila
olmaydi. Bolalar o‘zlari idrok qilayotgan obrazlariga diqqatini qa-
ratganlari uchun, hamma odamlar dunyoni uningdek ko‘radi, deb
o‘ylaydilar.
To‘rtinchidan, bu davrda bola tafakkuri obyekt yoki vaziyatni
olchash yoki qandaydir jismoniy xususiyatida markazlashish ten-
densiyasiga ega. Markazlashish bu obyekt yoki vaziyatning qan
daydir xarakteristikasida diqqatning to‘planishi bolib, operatsi
yalargacha bolgan tafakkurning asosiy belgisidir.
Beshinchidan, operatsiyalargacha bolgan davrda bolalar
o‘zgarish jarayonlariga emas, balki obyektlarning
hozirgi holati-
ga diqqatlarini qaratadi.
Tafakkurning o‘sishda yana bir muhim bosqich shundan ibo
ratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushuncha
larni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilari-
ni o‘zlashtirishga muvaffaq boladi. Uch yoshga tolay deb qolgan
bola, katta yoshdagi hamma odamlarning ishga barvaqt ketish-
larini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «adang endi
barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bolib qoladi. Chun-
1
Dostları ilə paylaş: