Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   240
Ривожланиш психологияси

14.4. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga kola, bu 
davrni uch bosqichga ajratish mumkin:
birinchi davr — bu 3—4 yosh oraliglda bolib, bola emotsional ji­
hatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bogliqdir;
ikkinchi davr — bu 4—5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini 
boshqarish;
uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususi- 
yatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha yosh davridagi bolalarning kattalar bilan mulo- 
qoti ularda nutqning rivojlanishi hisobiga chuqurlashadi.
М.I.Lisina maktabgacha yoshdagi bolani kattalar bilan mulo- 
qotining vaziyatdan tashqari xarakterini ta’kidlab, uning 
2
shak-
1 Хакимова Д.Б. Половозрастные особенности развития познавательной
сферы детей 5-7 лет. Автореф....к. пс.н. Ташкент.2011.-24 с.
262


lini ko'rsatgan1. Bola 3—4 yoshga to‘lganida hamkorlik o‘rniga 
muloqotning bilish shakli shakllanadi. Vaziyatdan tashqari bilish 
muloqoti shakllanadi. Muloqotning bu shaklida yetakchi motiv — 
bilishdir. Bunda kattalar bilan hamkorlik qilib tevarak-atrof bi­
lan tanishadi, kattalar bilan «nazariy hamkorlik» jarayoni amalga 
oshadi. Bola hayvonlar, narsalar, planetalar, nimadan yasalgan- 
ligi haqida juda ko‘p «Nima uchun?» degan savollar beradi. Kat­
talar bola tomonidan bilim manbayi sifatida idrok qilinadi, sa- 
vollariga va o'ziga jiddiy munosabatda bo'lishni, hurmatni talab 
qiladi. Bu ehtiyojning muhimligi shundaki, bu yoshdagi bolalarga 
xos bo'lgan tez xafa bo'luvchanlikda namoyon bo'ladi.
Bola 6—7 yoshga to'lganda muloqotning oliy shakli — vazi­
yatdan tashqari shaxsiy muloqotga o'tiladi. Bunda bola kattalar- 
ga oila haqida, qayerda ishlashi, nima ish qilishi haqida savollar 
bera boshlaydi. Endi kattalar bola uchun ijtimoiy bilish manbayi 
sifatida namoyon bo'ladi. Bolaning kattalar bilan muloqoti ham- 
dardlik, o'zaro bir-birini tushunish, qarashlarning umumiyligiga 
intilish kabilar bilan chuqurlashadi.
Uch yoshda bolada tengdoshlari bilan muloqotda emotsi- 
yalar, ifodali qarashlardan foydalanadi. 3—4 yoshli bola uchun 
tengdoshi birgalikdagi amaliy faoliyatning ishtirokchisiga ayla- 
nadi, uning individual xarakterologik xislatlarini sherigi payqa- 
maydi. 4 yoshda tengdoshi muloqot sherigiga aylanadi. 4—5 yosh­
da sherigini o'zi bilan teng mavjudot sifatida ko'rib o'zini u bilan 
taqqoslaydi. 5—7 yoshga kelib tengdoshi bolaning ko'z o'ngida in- 
dividuallikka aylanadi, u bola uchun muhim suhbatdoshga ayla­
nadi, muloqotning ko'pchilik ko'rsatkichlari bo'yicha kattalardan 
o'zib ketadi. Bola o'zini va tengdoshini bir butun shaxs sifatida 
idrok qiladi, unga shaxsiy munosabat bildiradi.
S.A.Axundjanova tomonidan «Maktabgacha yoshdagi bola­
ning turli muloqot vaziyatlarida nutqi funksiyalari va shakllari 
xususiyatlari» mavzuidagi tadqiqotida aniqlanishicha, bu yosh

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin