1 Sahakian, W.S. (1976) Kearsley, G. Drive Reduction. Theory. Retrived November 9, /2002 from http: tip. Psychology.org/hull.html 131
kat sinovlarni amalga oshirgan va tasodifan muvaffaqiyatga olib
boradigan kerakli harakatlarni qilgan. Ushbu qutidan chiqish-
ning keyingi harakatlarida xatolar soni kamayib unga sarflangan
vaqt ham qisqargan. 0 ‘rgatish turi sinaluvchi odatda, xulq-at
vorning turli variantlarini operantlarini harakat qilish anglama-
gan holda sinashi va ulardan ko‘proq to‘g‘ri mos kelganini tanlab
olishidir, bu operant asoslash nomini olgan. Intellektual vazi-
falarni hal etishda sinov va xatolar metodi inson va hayvonlar
xulq-atvorini tavsiflovchi umumiy qonuniyat sifatida ko‘rib chi-
qila boshlangan.
Torndayk o‘rgatishning to'rtta asosiy qonunini ta’riflagan:
1. Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaksiya o‘rtasidagi
aloqa qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustah-
kamlanadi va mahkamlanadi.
2. Ta’sir effekt qonuni (qo‘llab-quvvatlash). Reaksiyalarni
o‘rganishda qo‘llab-quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan ijobiy
yoki salbiy biri mustahkamlanadi.
3. Tayyorlik hozirlik qonuni. Subyekt holati ochlik suvsizlik
hissini his qilayotgan yangi reaksiyalarni ishlab chiqish uchun
ahamiyatsiz emas.
4. Assotsiativ o‘zgarish qonuni. Vaqt bilan chegaradoshlik
bog‘liqlik ahamiyatli muhim bilan assotsiatsiya qilishda bog‘liq
bo‘lgan neytral stimul ham kerakli xulq-atvorni yuzaga kelti-
ra boshlaydi. Shuningdek, E.Torndayk tomonidan bolani o‘rga-
tish muvaffaqiyatining qo‘shimcha sharoiti stimul va reaksiyani
farqlashdagi yengillik hamda ular o‘rtasidagi aloqani anglash ajra
tib ko'rsatilgan. Operant o'rgatish organizmining yuqori faolligi-
da sodir bo‘ladi, uning natijalari oqibatlari bilan nazorat qilinadi,
aniqlanadi. Umumiy fikr shundaki, agar harakatlar ijobiy natija-
ga, muvaffaqiyatga olib kelsa, unda ular mustahkamlanib takror-
lanadi. E.Torndayk tajribalaridagi labirint atrof-muhitning sod-
dalashtirilgan modeli bo‘lib xizmat qilgan. Labirint metodikasi
haqiqatdan ham ma’lum bir doirada organizm va muhitning mu-
nosabatini modellashtiradi, ifodalaydi lekin juda tor, bir tomon-
132
lama chegaralangan boladi. Bu model doirasida aniqlangan qo-
nuniyatlarni inson ijtimoiy xulq-atvoriga olkazish juda qiyin.