Lola, Rayhon deguncha
Darslaringni tayyorla.
Tavba, birmas, to ‘rt qizni
Sevsa-ya bitta bola?
Muallimaga kulib
Vahobjon der shu fursat:
— Yaxshi ko'rsam...
gullarni
Buning nimasi uyat?
Gul-ku axir bog‘ ko‘rki,
Gulni sevmagan go‘ldir.
Lolasiz tog‘, tog‘ emas,
Rayhonsiz hovli — cho‘ldir...
CHALA IS H
HAQIDA S H E ’R
— Yuvgan kiringdan tortib
Piyolanggacha chala.
Epli-sepli bo'lishi
Kerak axir qiz bola.
Bundan keyin har ishni
Bajar to ‘liq, batartib.
Sen yuvgan pol, oynani
Yurmayin qayta artib.
Oyijoni Bamoga
Bersa
shunday saboq, dars,
0 ‘n bir yashar qizaloq
Xayolga tolar bir pas.
So‘ng nenidir chamalab,
So‘rab yana yo‘l-yo‘riq,
Barno der: — Bir yumushni
Bajarolmayman to ‘liq.
Chala qovursam tuxum
Koyimaysiz sira ham.
Chunki shunday tuxumni
Yeyishni suyar dadam!
2— G'aroyib
avtobus
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
HAVASKOR SURATCHI
Dadam olib berdilar
Bizga fotoapparat.
Bundan rosa quvondi
Men kabi ukam Marat.
0 ‘ttiz marta ukamni
Olibman deng rasmini.
Suratimni olibdi
TJkam ham shuncha meni.
Xursand
boMib ishimdan
Peshayvonda o‘tirsam,
Novdalarin chayqatib
Qo‘ydi navnihol olcham.
Bir narsadan xafaday
Tovug‘im jimib qoldi.
Jo‘jalarim hurpayib,
Yuzlarin burib oldi.
— Buncha yaxshi ko‘rmasa,
Bu bolalar o ‘zini, —
Dedi bir Olaqanot
Lo‘q qilgancha ko'zini.
Shu payt payqab qoldim men
Yuz berganin qanday hol.
Yangragandek
tuyuldi
Savol ustiga savol.
— Nega meni suratga
Olmading? — dedi toychoq,
— Nega meni suratga
Olmading? — dedi kuchuk.
— Nega bizni suratga
Olmading? — dedi gullar,
— Nega meni suratga
Olmading? — dedi mushuk.
18
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eshitmagan bo‘lsam-da
Hech kimdan ta'na, dashnom,
Qilgan ishimdan rosa
Uyaldim, xullas kalom.
SHAHOB
Uncha-m uncha gap, piching
Kor qilmasdi Shahobga.
Bezor edi do‘stlari
Tergab, chorlab odobga.
Burunni yengga artish
Unga edi oddiy hol.
Chunki Shahob yolchitib
Tutmas
edi dastro‘mol.
Bilmasdi iymanish ne,
Manziratni bilmasdi.
Ko‘ylagi kir bo‘lsa ham
Uyalmasdi u asti.
Qay bir kun butun sinf:
Men, Gulnor, Lola, T o‘lab
Betob ustozimizning
Uyiga bordik yo'qlab.
Ishonsangiz, o‘sha kun
Barchamiz
etib hayron,
Muloyimdan muloyim
Bo‘lib qoldi Shahobjon.
Uy to'riga chorlasa
Maqsuda Akramovna,
Engil-boshini yechdi
Shahobdan boshqa hamma.
U bo‘lsa: — Shu yer qulay,
Ovora
boMmang hech ham,
Deya uy poygagidan
Jilmadi biror qadam.
— Tuflingni yech, beri kel,
Desak ham unamadi.
Peshanasi duv terlab,
Gapimizga ko'nmadi.
0 ‘zini tutdi go‘yo
Bosib olgandek tikan.
Bilsak, sinfdoshimizning
Paypog'i... teshik ekan!
TOSHOYNA
Toshoynaning bir siri bor,
Ko‘plar buni bilmaydi.
Bilganlar, xo‘sh, ne bo'pti, deb
Nazariga ilmaydi.
19
www.ziyouz.com kutubxonasi
Toshoynaning bir siri bor —
Qarshisida
tursang san,
0 ‘ng qulog‘ing o‘ng quloqmas,
Chapligini ko'rasan.
Chap ko‘zingni qissang, o'ngi
Qisiladi ko‘zguda.
Ishonmasang,
bir sinab ko‘r
Shu bugunning o‘zida.
XO‘JAK O ‘RSIN
Dostları ilə paylaş: