Q I S H E L C H I S I
— Havo ochiq, yer quruq,
Tomlar bo‘1sa ajab... qor.
Har saharda ahvol
shu,
Bu nima o ‘zi, Qo'chqor?
— Ko'rgan narsang qor emas,
Kun chiqsa erir darrov.
U zumrad qish elchisi —
Qorning ukasi - qirov!
Q I S H K E C H A S I
Qish kechasi,
hammayoq oppoq,
Qor ostida qirlar, dalalar.
Kechki yetti, sakkiz bolm ayoq
Uylarida uxlar bolalar.
Ko'kda bedor oy, yulduz yonib,
Qishbobo ham hech uxlay olmas.
U tonggacha qishloq aylanib,
Oynalarga gul chizib tolmas.
Q O R Q I Z
Rahmat senga, Qorqizoy,
Qizdirding davramizni.
Qorbobong kelgunicha
Zeriktirmading bizni.
Raqsga tushding, she’r aytding,
Aytding qo'shiq, topishmoq.
Sira so‘zlab bermading
0 ‘zing haqingda biroq.
Bordir
axir sening ham
Qoronang va Qordadang.
Bordir Qorqiz singilchang,
Qorukang va Qorakang.
U lar bilan tanishish
Biz uchun juda qiziq.
Bu yog‘i qishki ta’til,
Vaqtimiz ham emas ziq.
Sendan bitta iltimos
(BogMaymiz qamishdan bel.)
Yanagi Yangi yilga
Barchasini olib kel.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi
QALPOQCHA
Shahnozaning qalpog‘i
Qoldi yo'qolib.
Kimdir xursand yurgandir
Zap topib olib.
QalpogMni izladi
Qizcha ko‘z yoshlab.
Tinchligini yo'qotdi
Shu kundan boshlab.
Dugonalari uni
Tutar savolga:
— Yo‘lda tushirgandirsan
Botib xayolga.
Qarash
kerak haliyam
Hovli, uylarni,
Ko'cha, maktab, bozomi,
Ariq bo‘ylarin...
Xullas, qalpoq barchaning
Es-hushin oldi,
Suhbatlarga bosh mavzu
Bo‘ldi-yu qoldi.
Yangi, issiq, sozligi
Eslandi bir-bir.
(Yo‘qolgan pichoq sopi
Oltindan axir).
Yo‘q, hartugul topildi
Qalpoq tushmagur.
Yotgan
ekan divanning
Ostida qurg‘ur.
Tortib olib, chang-chungdan
Tozalab shu on,
Kiyib bordi maktabga
Shahnoza shodon.
Naqd bir hafta eslanib,
Maqtalgan qalpoq,
Nuqta qo'ydi gap-so‘zga
0 ‘sha kuniyoq!
Q O R
S O G M N C H I
Shitob yog'ib, bir kunda
Erib ketib, suv bo‘lding.
Diydoringga to ‘ymadik,
X o‘p quloqsiz, quv bo'lding.
G az serob, o'tinlar m o‘l,
G ‘am yema bizdan yana.
Cho'chimaymiz sovuqdan —
Tap-tayyor qoMqop, chana.
Sog‘indik,
ilhaq qilma,
Ko‘proq, m o'lroq yog'gin, qor.
Hali mart bor-ku dema,
Mart degani bu — bahor...
40
www.ziyouz.com kutubxonasi
G ‘ALATI
JU M B O Q
— Suvning qotgan holati
Ne deyiladi, Sardor?
— Yerda bolsa, muzdir u,
Ko'kdan yog'sa, do‘l yo qor.
— DoM va qorning erigan
Holati ne atalar?
— Uning bug‘ yo suvligin
Bilar hamma bolalar.
— Qoming rangi qanday?
— Oq.
— D o‘lning rangi qanday?
— Oq.
— Javobing to‘ppa-to‘g‘ri,
Bitta jumboq bor biroq.
Suv bo‘lar
deding hozir
Erigan chog‘ qor, do ‘l, muz.
Suvda, senga maMumki,
Rangdan asar yo‘q hanuz.
Shu jumboq meni ko‘pdan
0 ‘ziga asir etar:
Qor, do‘l erisa rangi
Qani, ayt, qayga ketar?..
U C H 0 ‘G ‘I L VA
C H A Q A L O Q
Dostları ilə paylaş: