(Hazil) „Asalari asal beradi,
Qovog‘ari qovoq beradi.
Bo'lsa edi tovog‘ari ham
Osh suzganda tovoq berardi“ '.
Aziz bobo bolajonlarga
Bitmish shunday hazil bir ash’or.
Uka, esing joyida bo ‘lsa,
Bu gaplarga ishonma zinhor.
Kim ko‘ribdi qovog‘arining
Qovoq-povoq ulashganini?
Kim ko‘ribdi tovog‘arini
Idish-tovoq ulashganini?
Qovog‘ari nishini sanchsa,
Nish tekkan joy qovoqday shishar.
Ko‘zdan chaqnab ketgan olovga
T o‘rt qozonda qaynatma pishar!
Arilardan besh tosh nari yur,
Iniga ham suqmagin tayoq.
Yo‘qsa, o'sha qovog‘arilar,
Sendan yasar kattakon „qovoq“ !
1 Shoir Aziz Ahdurazzoq satrlari.
25
www.ziyouz.com kutubxonasi
DADAMNING „K O ‘ZY O SH “ LARI
Har kuni yiglaydi dadam bechora,
Ko'zyoshlarin ko‘rib keladi rahmim.
Salom beraman-da, shundoq yonidan
Maktabim tomonga yo‘l olaman jim.
Katta boMganimda yigMatmas edim,
Qo'limdan kelardi hozir nima ham?
Boshida oq qalpoq, qo‘lida pichoq,
Tovushin chiqarmay yig'laydi dadam.
Har kuni shu ahvol: kichik guzarda
Sahardan kechgacha arimas odam.
Ularga: — Osh boMsin, kelib turing, — deb,
Manzirat qilishdan charchamas dadam.
Dadam — zoT somsapaz, gapning ochig'i,
Ko'zin yoshlarida shukr yashirin.
Yopgan somsalari kabobdan xushbo‘y,
Yopgan somsalari asaldan shirin!
M ENING AKAM
Yarab yursam qaniydi.
Mening Sobir akamni
Butun qishloq taniydi.
Akamdek el koriga
Akam tasvirlarida
Hamma o‘ynab, yayraydi.
Kuyov bola kelinga
Zimdan kulib qaraydi.
Akam - tasvir ustasi,
Kamera yelkasida.
Shu ish boshin tutgan kez
BoMgan ekan rasida.
Akam tasvirlarida
Yangrar sumay navosi.
Nog'oraning tak-tumi,
Karnaylaming sadosi.
Mana, o ‘n besh yildirki,
Ish joyi to ‘y-tumaloq.
Challar, bazm,
kuyovnavkar,
Kelinsalom va nikoh.
Otaxonlar duosi,
Onalar tilagi bor.
Nahorda damlangan osh,
Bor m uhabbat,
gul, bahor!
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
A n'ana, urf-odat,
Qo'shiq, to'kin dasturxon,
Akam tasvirlarida
T iniq,
fayzli namoyon.
Bahor-u yoz, kuz-u qish,
Shom -u sahar, erta-kech,
„Videochi“ akamning
Boshi to'ydan chiqmas hech.
Aka, to'ylar bor bo'lsin,
Tinchlik barqaror bo‘lsin.
To'ysevar elimizga
Omad doim yor bo'lsin!
NORNING
Hofiz, shoir, olim, aktyor...
Qisqasi, yon qo'shnim Nor,
Buyuk bir zot boMmoqlikka
Ayladi azm-u qaror.
Buyuk bo'lish oson emas —
So'zlamoq lozim mayin.
Yugur-yugur, chop-choplarga
Ko'milmoqlik ham tayin.
O R ZU SI
Hali yig‘in, hali majlis,
Hali qator uchrashuv.
Hali safar taraddudi,
Hali jonli ko'rsatuv...
Orzusiga yetmoq uchun
Boshlab yuboigan ishni —
Mashq qilyapti shu kunlarda
U suratga tushishni.
HAMDAM
Kim pakana, kim naynov,
Hamma har xil albatta.
Qo'shnim Hamdamning bo'lsa,
Quloqlari sa-al katta.
Unga biroz noo'rin
Gapirib qolsangiz gar,
Qizarib-bo'zargancha
BoMib qolar birdan „kar“ .
Masalan: — Hoy, quloqvoy,
Tuz olib kel yugurib.
Desangiz yuzlarini
Turadi chetga burib.
Oyijoni ranjisa:
— Qulog‘ing yo‘g‘-a, bolam.
0 ‘zida yo‘q shodlanib,
Tuzga chopqillar Hamdam.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
YO‘LI BOR
— Futbolga borardim-u
Ishim tig'iz judayam —
Sayhonni o ‘t-o ‘landan
Tozala degan akam.
— Qo‘y-e, bahona gapni,
0 ‘zing o'ylab ko‘r, G ‘ani,
Qanday qilib yutamiz
Sensiz beshinchi „A“ni.
Shoshilmasak bo‘lmaydi,
Kutmoqda Nor, Ochillar.
Bir adabin yeyishsin
0 ‘pkasi yo‘q „A“ chilar.
Ishmi, e, tashvish tortma,
G ‘ing demas senga akang.
Kech tushguncha sayhonni
Qirtishlab turar takang!
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
B O LA LA R VA B U L U T L A R
Yerda bolalar ko‘p-ko‘p,
Ko‘kda bulutlar to‘p -to ‘p.
Bolalar va bulutlar
Bir-biriga o'xshar xo‘p.
Yerda bolalar tinmay,
Yugurgan payt vaqti chog‘,
Bulutlar ko‘kda suzib,
0 ‘ynashar quvlashmachoq!
QUSHLAR
Osmon to ‘la turfa qush,
Qanot qoqib yayraydi.
Bir-biriga gal bermay,
Chax-chaxlashib sayraydi.
Chax-chaxlari yoqimli,
Shodlanar ko‘zlar, dillar.
Ozod yurt osmonining
Egasi axir ular.
VARRAK Q O ‘S H IG ‘I
Qanotsiz ham ucha olaman,
Osmonlami qucha olaman.
Varrak emas,
Men yosh do‘stimning
Yuragiman — asov bolaman.
Hafsalangga balli, qadrdon,
Shamol,
senga tashakkur ming bor.
Salom, Quyosh,
Salom, Ona-Yer,
Salom, Navro‘z,
Salom, Navbahor!
KO‘KLAM SO G ‘IN C H I
Q o‘shiq kuylar anhorlar,
Anhorlaming kuyi - suv.
Sochin chayib charchamas
Unga majnuntol — suluv.
Gulbog'larda gul terib,
Kelar quvnab, o‘ynaging.
Ko‘z-ko‘z qilar daraxtlar
Bir-biriga ko‘ylagin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
ANORLAR
„M E H M O N “
Qo'shnisi — Sherzodlardan
Pomidor ko'chat olib,
Shomga qadar ekishdi
Sevinchlar horib-tolib.
Suvdan qantarishganmi,
Yoki tekkanmi oftob,
Bosh ko'tarmas ko'chatlar
0 ‘qiyotgandek kitob.
Bahor chog‘i bog'iga
Anor ekdi Anorxon.
Suvlar tashib anhordan
Terlar to‘kdi Anorxon.
Uch yil o‘tib oradan,
Duv-duv tugdi anorlar.
Mushtdek-mushtdek yoqutga
T o‘lib ketdi qanorlar.
Rang-ro‘ylari o‘xshaydi
Anorxonning yuziga,
Shirinligi o‘xshaydi
Anorxonning so'ziga...
KO‘CHATLAR
Bu ahvolni o'zicha
Sharhlar jajji Yulduzoy:
— Ko'chatlar so‘libdi, deb
Xafa bo‘lma, Sevinchoy.
Bir-ikki kundan keyin
Barisi turishadi.
Mehmonlar, senga aytsam,
Uyatchan bo‘lishadi...
X ONQIZI
Xonqizi derlar otim,
Husnim — harir qanotim.
Tugmachadek bo'lsam ham
Qalbimga sig‘ar olam.
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
M U SIC H A
Necha kunki, ahvol shu:
0 ‘zini bosar arang -
T o'rtta xasni bo‘g‘otga
Q o‘ndira olmay garang.
Musichaning holiga
Achingan ko‘p, kulgan ko‘p.
Yerga tushar tuxumi
Ko‘zdan tomgan yoshdek bo‘p.
Tumshuqda loy iylagan
Qaldirg‘ochlar chayqar bosh:
— Hasharga aytsang bizni
Bo‘lardi-ku, qarindosh...
BULUT
Ko‘kda og‘ir kezingan bulut,
Qay yurtlardan kelib qolding, ayt?
Q o‘y, yig‘lama, g'amlaring unut,
Hozir ayni quvnaydigan payt.
Quyosh bilan o‘ynab, yayragin,
Shamol bilan ko‘kni kez g‘ir-g‘ir.
Ko‘zyosh to ‘kib ado bo‘lmagin,
0 ‘ynaganing qoladi axir...
TABIAT Q O ‘YNIDA DARS
Muallim bolalami
Dala tom on boshladi.
Tabiat qo'ynida dars
Ana shunday boshlandi.
Odatiga binoan
Q o‘l ko‘tarib der Akmal:
— Kartoshkada, muallim,
K o‘p bo'ladi kraxmal.
Qarshingizdagi ekin
Tuganak — kartoshkalar
Yeming ostida pishar.
0 ‘simligi o'tsim on,
Nam va yorug‘ni sevar.
Kechki kartoshka bo‘lar.
Qani ayting, u haqda
Kim nimalami bilar?
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
— T o‘g‘ri, — deya m a’qullab
Muallim silkitar bosh.
Gapga tushar shundan so'ng
Eng aMochi MiryoMdosh:
— Kartoshkaning vatani
Janubiy Amerika!
U naqd o ‘n to ‘rt ming yillik
Ajib tarixga ega.
— Rost, — degandek muallim
Bir yutinih boshlar so‘z:
— Kartoshkaning navi ko‘p:
Ba’zisi bo‘lar serko‘z.
Sho‘rva-yu manti, jarkop
Kartoshka bilan xushta'm.
Yog‘ boMmasa pishadi
Hatto qaynoq suvda ham.
Yurakka xo‘p foydali,
Har mahal yesak boMar.
Qozonkabob kabobmas,
Kartoshkasiz, bolalar!
...Quvnoq alfozda o ‘tar,
Bo'ydoq muallim darsi.
Ochilib ketar shu payt
Hammaning ishtahasi.
Yog'ga tashlasangiz ham
Pisha qoladi darrov.
Sabzi oTniga solib
Damlasa boMar palov.
Saboq tugayotganda
Oxirlab qolgandi kun.
Norboy aka darsiga
Yasar shundayin yakun:
— Eng muhimi, kartoshka
Juda o ‘ng‘ay artishga!
CHIVIN
Qizg‘in suhbat, avjda gurung,
Dasturxonga gap yo‘q — to ‘kin.
Uch yigitning holin ko‘ring:
Bezor qilar bitta chivin.
Mitti jonzot qoTqmas alhol,
Imkon topib qo‘nar betga.
Tuta olmay joTalar lol:
— Nedir tekkan bu surbetga!
Uchar chivin, qo'nar chivin,
Qo'ngan joyi qoMdir, sochdir.
Tilga chiqar ming xil taxmin,
Hech kim demas qorni ochdir!
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
PASHSHALAR
E T IR O Z I
Eh, odamlar, odamlar,
Tushunmaymiz sizlami.
Yetar shuncha kalaka
Qilganingiz bizlami.
Pashshaxona yasaysiz
Yoz oylari kiroyi.
Demak, o‘z nomi bilan
U — pashshalaming joyi.
Siz boMsa, e yo‘q, be yo‘q,
Bizdan so‘ramay birrov,
Kamdek shuncha uy-hovli
Kirib olasiz darrov!
H A K K A
— Kecha olib qochding taroq, ko'zguni,
Mana bugun sovun o ‘z joyida yo‘q.
Iningga tashiding — barini ko‘rdim,
Uyalsang boMardi ko'zing qilmay lo‘q.
— 0 ‘g‘riga chiqarib, ranjima mendan,
Gaplarimga ishon,— der Hakka so'zlab. —
Sochimni tarasam degandim bir bor,
C ho‘milsam degandim
odamga o ‘xshab!
0 ‘G ‘R IG IN A H A K K A J O N
Kirib-chiqib iningga
Oxir bo'shatding bog‘ni.
Olma, uzum-ku mayli,
Ne qilasan yong'oqni?
0 ‘g‘rigina bo‘lsang ham
Menga biroz yoqasan.
Ayt, hakkajon, yong'oqni
Tishsiz qanday chaqasan?..