PT o „ 0 ‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijo d LV 'tjyi toshkent — 2012



Yüklə 58,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/44
tarix22.12.2023
ölçüsü58,24 Kb.
#190463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Abdurahmon Akbar. G\'aroyib avtobus

Keldi bahor, gulbahor,
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi 
qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon...
kabi o'ynoqi misralarni o'qiymiz.
Yoshligimda 1970-yillarning nari-berisida shu she’rni o'tirsam
ham, 
yursam ham yoddan aytaverardim. Qushlaming 
„qushlarjon“
deb atalgani, daraxtlaming 
„m atjon“
taqqani har gal bir hayratimga 
o ‘n hayrat qo‘shar edi.
Bir kuni ona tili va adabiyot fani 
o‘qituvchimiz Lolaxon opa 
Yusupova uyga „B ahor“ mavzusida insho yozib kelish vazifasini 
topshirdi. Sinfdoshim G 'afuijon bilan inshoni birgalashib yozishni 
dars paytida va’dalashib olgan edik. Xullas, tashqarida qish, sovuq, 
tanchadagi qo ‘r taftiga oyog‘imizni toblab, ikkimiz bahorni rosa 
madh etdik. Inshoni Shukur Sa’dullaning yuqoridagi she'riga nihoyat- 
da o'xshash 
misralar bilan yakunladik.
„Shoirchilik“ shu 
voqeadan so‘ng boshlandi.
0 ‘shanda 1973-yilning bahori arafasi edi.
Oradan ancha vaqt o ‘tib, ikkinchi marotaba „she’r“ yozishga 
kirishdim. Unga ham havas sabab bo‘Idi.
1974-yiI, bahor kunlarining birida qoMimga „Yangiyo‘l“ tuman 
gazetasi tushib qoldi. G azetad a q o 'sh n i m aktabning 4-sinfida 
o ‘qiydigan bir san'atsevar qiz haqida maqola chop etilgan ekan. U 
qo'shiq aytib, nufuzli tanlovda yuqori o‘rinni olibdi. Shu qizga biram 
havasim keldi! Q o‘shiq aytganiga emas, gazetada 
chiqqaniga! 
Bolaman-da, endi meni kim gazetaga maqtab 
yozar ekan, deb rosa 
bosh qotirdim. Keyin o ‘zim gazetaga biror narsa, masalan, „she’r“ 
yozib jo ‘natsam bo‘ladi-ku, degan fikrga keldim. Va bu ishning 
„hadisi“ni olganim 
yodimga tushib, „she’r yozish“ odatimni yana 
yangidan boshlab 
yubordim. Daftar-qalamimni olib lolaqizg'aldoq
58
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan bezangan loyshuvoq tom ustiga chiqib ketdim. Kechgacha 
ko'zim ga nim a k o 'rin sa, o ‘shani m aqtab, ta'riflab yozaverdim , 
yozaverdim. C hipor tovug'im ga 164 qator „she’r“ bag'ishladim . 
Araqxo‘rlik haqida „Voy belim, voy, voy belim“ radifli (radifning 
nimaligini keyin bilganman) „asar“ yozdim. Keyin ularni onam, 
opam, ammam, dadamga o‘qib 
berdim. Ular: „Yoz, bolam, yoza- 
ver!“ — deyishdi.
Yoza-yoza she'rda „qofiya“ degan narsa bo'lishi kerakligini ni- 
hoyat fahmlab qoldim. Qofiya nimaligini bilasiz-a? Bu bir-biriga 
ohangdosh so‘zlar 
degani-da!
Masalan, „so‘z“ so'ziga „ko‘z“ yoki „bola“ so‘ziga „lola“ so‘zi 
qofiyadosh bo'ladi. Bu yodingizdan ko‘tarilm asin, chunki menga 
o'xshab birdan she’r 
yozgingiz kelib qolsa, buni bilishingiz sizga 
juda asqotadi.
Qofiya she'rda katta o ‘rin tutishini bilib olgach, tovuq va araq- 
xo'rlik mavzularini bir chetga yig'ishtirib qo'yib, qofiya yig'ishga 
kirishib ketdim. Xayolimga kelgan so'zga qofiya topa boshladim. 
M asalan, daftarga „to sh “ so‘zini yozam an-da, yoniga chiziqcha 
tortib, „bosh“ , „osh“ , „yosh“ so‘zlarini yozib ketaveraman.
Bu mashg‘ulot o'zimga rosa yoqib qoldi. Darvoqe, bo‘sh vaq- 
tingizda siz ham shunday yumush bilan bir shug'ullanib ko‘ring. 
Hech bo'lm aganda, so'zlarni to ‘g‘ri yozishni o ‘rganib, diktantdan 
„a’lo“ baho olasiz.
olalikdagi qiziqishlarimning she'riyatga qiziqishimga qanchalar
daxli bo ‘lgan, ochig‘i, hozirgacha bilm ayman. Biroq, ular 
haqida hikoya qilib berishdan o'zim ni sira tiya olmayapman. Baho- 
nada bolaligimni xotirlab olaman-da.
Aytib o ‘tganimdek, 8 -1 2 yoshlik chog'larim 1970— 1974-yillarda 
kechgan.
Oilada to'ng'ich farzandman. Dadam Turg‘un Akbarov qishloq 
dalasida hisobchi bo'lib ishlar, opam, ya'ni onam Rahima Akbarova 
maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim berardi. Shuurimga 
hisobchi va o ‘qituvchining o ‘g‘li ham m a narsani bilishi, hamm a 
narsada ilg‘or bo'lishi va o ‘z tengdoshlariga namuna ko'rsatishi kerak, 
degan tushuncha o'm ashib qolgan. Shu bois, har narsaga qiziquv- 
chanligim 
kundan kunga ortib borardi.
B O L A L I K D A G I Q I Z I Q I S H L A R I M
59
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o‘p buyum larni, m asalan, koptokdan tortib hushtakkacha
rubobdan tortib kamongacha — barini o ‘zim yasashga qiziqar edim. 
(Holbuki, o'sha paytlarda prima rubobim ham, velosipedim ham, 
to ‘pim ham bor edi). Endi bilsam, bunday buyumlarni mustaqil 
yasab, zavqlangan ekanman. Aytgandek, qo‘shni o‘rtoqlarim ham har 
narsaga qiziquvchan bolalar edilar. Biz rubobni yog‘ochga sim 
bogMab, koptokni 
qog‘oz yoki eski lattalam i o ‘rab -ch irm ab , 
„telefon“ni 
gugurt qutilarini bir-biriga ip bilan tutashtirib yasab 
olardik.
Endi o ‘ylab ko'rsam , ana shu topqirliklarim iz, yangiliklarga 
o'chligim iz m ening badiiy adabiyotga qiziqib qolishim ga turtki 
bo'lgan ekan.
She'rning bir uchi topqirlikka borib taqalishini yodingizdan 
chiqarmang! Qofiya, bo'gMn, turoq kabi oMchov, elementlar she’rning 
tashqi ko'rinishi, ustki „libosi“ hisoblanadi.
Keyinchalik sh e'r o ‘z -o ‘zidan emas, balki nimadir, qandaydir 
voqea-hodisa sabab bo‘lib, maMum bir holatda, ya’ni ilhom kelganda 
yozilishini payqab qoldim. Bilsam, yozilajak satrlar dastlab 

Yüklə 58,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin