Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Boshlovchi yigit: Yomg„ir chaqirish udumlaridan yana biri “Sust xotin” 
marosimidir. Marosim bahor faslida qurg„oqchilik bo„lib, yomg„ir yog„masa 
o„tkazilgan. 
Ishtirokchilar qo„llarida dehqon panshaxasiga telpak, chopon kiydirib, belini 
bog„lab, odam suratiga kiritib, sahnani aylanib qo„shiq aytadilar: 
Sust xotin, suzma xotin, 
Ko„lankasi maydon xotin. 
Yomg„ir yog„dir ho„l bo„lsin, 


94 
Yeru jahon ko„l bo„lsin. 
Maysalar quloq yozsin, 
Sutu qatiq mo„l bo„lsin. (52-bet) 
Qo„shiq ijrosi davomida qo„g„irchoqning ustidan suv quyib turiladi. Sahna 
ortidan momoqaldiroqning ovozi eshittirilib, sun‟iy yomg„ir yog„diriladi va “Sust 
xotin” olib chiqib ketiladi. 
Baxshi bobo yonib-yonib qo„shiq aytdi: 
Bizning elda bu ayyom, 
Sumalaksiz o„tmaydi, 
Yalpiz somsa yopmasdan, 
Aziz mehmon kutmaydi, 
Keling Navro„z sayliga, 
Siz ham keling mayliga. (93-bet) 
Ko„klamoy va Navro„zoylar chiroyli idishlarda undirilgan bug„doy 
maysalarini olib kirishib, atrofidagilarga ulashishadi. 
1-o„quvchi: Sumalak maysasi Navro„zning asosiy timsoli hisoblangan. 
Sumalak uchun o„stirilgan bug„doy maysasining ma‟lum qismi maxsus “ko„k 
boylash” uchun ajratilgan. “Ko„k boylash” deb, sumalak qiluvchi ayollar 
tomonidan mehmonlarga, yosh-yalanglarga bug„doy maysasidan oz-ozdan tortiq 
qilishga aytilgan. 
Ko„k boylangan kishi, buning evaziga imkoniyati darajasida sumalak 
tayyorlaganlarga ul-bul tortiq qilgan
1
.
Parda yopiladi va yana ochiladi.
Kayvoni momo boshchiligida yosh bolalar terib kelgan toshchalarni 
doshqozonga solib, sumalakni qo„zg„ashda davom etayotgan ayollar xatti-
harakatlari sahna ko„rinishlari orqali namoyish etiladi. 
Kayvoni momo: Kelinglar, Navro„z udumlari, sumalak haqidagi rivoyat va 
hikmatlardan aytamiz. 
Momoning o„zi “Sumalak – o„ttiz malak” afsonasi bilan gurungni boshlab 
beradi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin