Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

UO„K:028:372.41 
KBK 83.7 
Mas‟ul muharrir: S.Matchonov pedagogikafanlari doktori, professor. 
Taqrizchilar: R.H.Niyozmetova  Nizomiy nomidagi TDPU “O„zbek tili 
va adabiyoti o„qitish metodikasi” 
kafedrasi mudiri, pedagogika 
fanlari doktori, professor. 
N.A.Jabborov
Mirzo Ulug„bek nomidagi O„zbekiston
Milliy Universiteti O„zbek
filologiyasi fakulteti dekani,
filologiya fanlari doktori, professor. 
Sh.S.Shodmonova 
Nizomiy nomidagi TDPU
Pedagogik qayta tayyorlash
kurs rahbari, pedagogika fanlari
doktori, professor. 
N.A.Yuldasheva 
Toshkent viloyati PKQTMO prorektori,
pedagogika fanlari nomzodi. 
 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti o„quv-uslubiy 
kengashining 2015 yil 18-iyun 9-sonli yig„ilish qaroriga asosan nashr qilindi.
 
ISBN 978-9943-4647-5-9 
“Fan va texnologiya” nashriyoti, 2016 
 



KIRISH 
 
 
Bugungi kunda o„quvchilarning bilim va ko„nikmalarini amalda qo„llay 
olish layoqatlarini shakllantirish ta‟limning eng dolzarb masalalari sifatida e‟tirof 
etilmoqda. Bu borada kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o„quv 
dasturlari tajriba-sinovdan o„tkazilmoqda.
Kompetensiyaviy 
yondashuvga 
asoslangan 
DTS 
maqsadi shaxsga 
yo„naltirilgan bo„lib, o„quvchilarni egallangan bilim, ko„nikma va malakalardan 
hayotda uchrashi mumkin bo„lgan turli vaziyatlarda foydalanishga tayyorlashi 
bilan ahamiyatlidir.
“Kompetentlik (lotincha “competens” – “layoqatli”, “qobiliyatli”) deganda 
shaxs bilim, ko„nikma va tajribalarining ijtimoiy-professional mavqei va o„ziga 
tegishli vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga qodirligi hamda haqiqiy 
moslik darajasi”
1
tushunilishi bejiz emas.
“Kompetensiya” va “kompetentlik” muammolari Edingburg universitetining 
professori J.Raven tomonidan maxsus o„rganilgan tushuncha sifatida aniq predmet 
atrofidagi harakatni samarali boshqarish uchun zarur hisoblangan va tor doiradagi 
bilimlarni o„zida mujassam etuvchi malaka va tafakkur tarzi, muayyan xatti-
harakatlarga jiddiy yondashashish qobiliyati deya ta‟riflanadi.
D.A.Maxotina, 
Yu.V.Florova, 
V.V.Ryabova, 
B.A.Nazarova, 
S.Yu.Maxmudov kabi yetakchi rus olimlari izlanishlarida mazkur tushunchalarning 
mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha fikr-mulohazalar yuritiladi. 
Ularning e‟tirof etishlaricha va kuzatishlarimizga qaraganda, “kompetensiya” 
shaxs tomonidan mukammal o„zlashtirgan predmet sanaladi va u tanlagan sohada 
faoliyat yuritish uchun tayyorgarlik mezoni vazifasini bajarsa, “kompetentlik” 
undan farqli ravishda shaxsning yo„naltirilgan tasnifi, bitiruvchining ma‟lum 
sohada faoliyat yuritishi uchun shakllantirilgan ko„nikmani anglatadi. 
O„quvchilarda muayyan sifatlarni kamol toptirish uchun o„qituvchining 
o„zidan ham umumkasbiy kompetensiyalarga ega bo„lish talab etiladi. Olimlar fan 
o„qituvchilari maxsus yo„nalishdagi, ijtimoiy, shaxsiy va individual kompetenlikni 
to„liq o„zlashtirgan holdagina kompetentli pedagog sanalishini qayd etadilar. 
So„nggi yillarda kasbiy kompetentlik muammosi psixolog olimlar: 
Ye.A.Klimov, 
A.K.Markova, 
L.M.Mitina, 
Yu.P.Povarenkov 
hamda 
N.S.Pryajnikovlar tomonidan psixologiya fanining predmeti sifatida tadqiq 
qilinganini kuzatish mumkin. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham kompetentlik muammolari 
yoritilgan qator tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bevosita muayyan soha 
mutaxassisiga xos bunday jihatlarni professor N.A.Muslimov “individning, 
umuman jamiyatda va xususan kasbiy sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi 
uchun zarur bo„lgan, atrofidagi ob‟ektlar va suby‟ektlar bilan o„zaro hamkorligi 
1
Аsadov Y.М. Та‟limda комpetensiyaviy yondashuv. //Maktab va hayot. –Т.: 2014, №1. –8-bет. 



bo„yicha ma‟lum bir malakalari va kasbiy tajribalari shakllanganligining muayyan 
darajasi”
1
tarzida baholaydi. 
Manbalarda o„quvchilarning shaxs sifatida shakllanishi va jamiyatda 
o„zining munosib o„rnini topishida kommunikativ, axborot bilan ishlash, o„qish-
o„rganish, mustahkam e‟tiqodga ega bo„lish, ijtimoiy mehnat, umummadaniy 
hamda o„z-o„zini shaxsiy rivojlantirish kabi tayanch kompetensiyalar
2
asosiy 
ko„rsatkich hisoblanishi ta‟kidlanadi.
Har bir o„quv fani mazmunidan kelib chiquvchi kompetensiyalar belgilangan 
bo„lib, adabiy ta‟limda badiiy asarni o„qish, tushunish, tushuntirish, tahlil qilish 
kabi xususiy kompetensiyalar qatori umumiy (tayanch) kompetentlikning estetik, 
kommunikativ, kreativlik, nutqiy, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, mustaqil va 
ijodiy fikrlash kabi yetakchi kompetensiyalari integratsiyalashgan holda amal 
qiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin