Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

 
 Ota va o„g„il suhbatidan ayon bo„ladiki, toj-taxt, boylik Abdullatif ko„ngil 
ko„zini ko„r qilib, iymonidan ayiradi. Shahzoda maqsadiga yetishish uchun hatto 
zimmasidagi farzandlik, og„alik burchini ham yodidan chiqarib qo„yadi. 
Ulug„bek taxt qo„lidan ketganiga aslo achinmaydi, balki zurriyodining 
kelajagidan xavotirlanadi. Yoshlik qilib yo„l qo„ygan xatolari tufayli badnom 
bo„lib qolmasligidan tashvishlanadi. Chunki u shoh bo„lsa ham oddiy insonlar kabi 
mehribon va kuyunchak ota.
Mavzu asosida tashkil qilinadigan taqdimotda guruhlarga muammoning 
oqibatlari haqidagi fikr-mulohazalarini quyidagicha jadvalga qayd etish vazifasi 
topshiriladi:
1
Shermuhamedov P. Tarixning ruhiy muammosi. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –195-bet. 


25 
Qoralovchi 
Oqlovchi 
Abdullatif qilmishlari nafratga loyiq. 
Uning xalqiga, qondoshlariga, otasiga 
xiyonati jazosiz qolmadi. “Qilmish-
qidirmish” – diyonatsiz o„g„il umrining 
xotimasi.
Shahzoda kechirilmas xatoga yo„l qo„yib, 
qabihlikka 
qo„l 
urganidan 
cheksiz 
pushaymon. Vijdon azobiga tushishdan 
ortiq jazo yo„q, albatta.
Tahlil yakunida quyidagicha xulosaga kelinadi: Bu dunyoda insonlardan 
faqat yaxshi nom qoladi. Qilingan ezgu ishlar ila insonlar nomi umrboqiydir. 
Yovuzliklar esa faqat tavqila‟natga loyiq. Bu esa Mirzo Ulug„bek faoliyati va
Abdullatifning ayanchli qismati misolida yaqqol namoyon bo„ladi.
Xulosa 
qilganda, 
adabiy 
ta‟lim tizimida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan unumli foydalanish mustaqil tafakkurli Barkamol shaxsni 
tarbiyalash va yosh avlodning jamiyat oldidagi fuqarolik burchini anglatishga 
xizmat qiladi.
 
1.2-§. Badiiy asar tahliliga tayyorgarlik bosqichlari 
Ifodali, sharhli, badiiy o„qish, hikoya qilish, suhbat o„quvchilarni tahlilga 
tayyorlaydi va asarning g„oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga, yozuvchining 
mahorati xususida tasavvur uyg„otishga yordam beradi. Tahlil uchun o„qituvchi 
qanday usulni tanlamasin, g„oyaviy-badiiy muammolar, bosh qahramonlar, 
ularning taqdiri va muallifning hayotga qarashi diqqat markazida bo„lishi lozim.
Asar tahliliga kirishayotib o„qituvchi ishning asosiy bosqichlarini belgilash 
bilan quyidagi masalalarni nazarda tutadi:
– tahlilning maqsad va mazmunini (o„quvchilar nimani va qanday maqsadda 
o„rganadi) aniqlashi; 
– ishni tashkil qilish rejasini tuzishi (mashg„ulot bosqichlarini rejalashtirish, 
topshiriqlar tizimini ishlab chiqish); 
– o„quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish jarayonlarini e‟tiborga olishi 
kabilar. 
Adabiyot o„qitish metodikasida kirish mashg„ulotlaridagi o„qituvchi so„zi, 
asar ustida ishlash va yakunlovchi mashg„ulotlar tahlilga tayyorlash bosqichlari 
sifatida qaraladi.
6-sinfda Mirpo„lat Mirzoning “Irmoq”
1
she‟rini mustaqil o„rganish 
maqsadini belgilashda shoir poetik olamiga nigoh tashlash orqali umr haqidagi 
falsafasi anglanishi nazarda tutiladi.
She‟rda tasvirlanishicha, nogoh osoyishta, bamaylixotir yo„lida davom 
etayotgan zilol irmoq qarshisida shiddatli bo„tana paydo bo„lib, uni o„z domiga 
tortadi. Lojuvard irmoq jonholatda o„zini har yonga urib mavjlanmasin, cho„ng 
nahrning shafqatsiz to„lqinlari qarshisida ojiz qolib, loyqa muhitga qo„shilib ketadi. 
Shu zaylda mahv etilgan irmoq ko„z yoshi to„ka-to„ka qismatiga ko„nika 
boshlaydi. Chorasizki, na beayov bahri muhit ichida o„z yo„lini topa biladi, na 
daryo suvini toza qila oladi...
1
Мirpo„lat Mirzo. Saylanma. She‟rlar. –Т.: Sharq, 2004. –197-bet. 


26 
Irmoq taqdirini xuddi A.Oripovning “Tilla baliqcha” she‟ridagi baliqchaga 
ravo ko„rilgan hayot tarzi bilan qiyoslash mumkin. Muallif irmoq va daryo 
obrazlari orqali haqsizlik, zo„ravonlik inson hayotini tubdan o„zgartirib yuborishi, 
erksizlik ulkan halokat ekanligini majoziy yo„sinda aks ettiradi.
She‟r tahlili bosqichlarini “Birgalikda o„rganamiz” (“Koop-koop”) usuli 
talablariga muvofiq quyidagicha rejalashtirish mumkin. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin