Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

 
Ikkinchi bosqich. O„quvchilarga yakka holda ish yuritishlari eslatilib,
texnologiyaning to„rt bosqichi nomi qayd etilgan varaqlar tarqatiladi. 
Jumladan: 
F – fikringizni bayon eting.
 
S – fikringiz bayoniga biron sabab ko„rsating.
 
M – ko„rsatgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring.
 
U – fikringizni umumlashtiring
1
.
O„quvchi qog„ozga munozara mavzusi yuzasidan texnologiyaning har bir 
bosqichiga tegishli nuqtai nazarini yozma holda ifoda etadi. 
 
Uchinchi bosqich. Vazifa bajarilgach, o„quvchilar kichik guruhlarga 
birlashtiriladi. Har bir guruhga texnologiyaning to„rt bosqichi yozilgan kattaroq 
hajmdagi qog„ozlar tarqatiladi. Guruhlardan to„rt bosqich bo„yicha fikr-
mulohazalarini umumlashtirib yozish so„raladi. 
 
To„rtinchi bosqich. Kichik guruhlarda har bir o„quvchi avvalgi 
bosqichlarda yozgan fikrlari bilan guruh a‟zolarini tanishtiradi. O„rganilgan fikrlar 
umumlashtiriladi. So„ngra FSMU to„rt bosqichining har biri yuzasidan fikrlar 
himoyasiga hozirlik ko„riladi.
 
Beshinchi bosqich. Guruhlarning umumlashtirilgan fikrlari himoyasi 
amalga oshiriladi. Har bir bosqichdagi muayyan mulohazalar guruh a‟zolari 
tomonidan alohida o„qib eshittiriladi. Ayrim mulohazali vaziyatlar yuzasidan 
chiqarilgan xulosagalarga oydinlik kiritiladi. 
1
Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta‟lim samaradorligini oshirish yo„llari. –Т.: Nizomiy 
nomidagi TDPU, 2007. 

11-13-betlar.


22 
 
Oltinchi bosqich. Bahs-munozaraga yakun yasalib, o„quvchilar bayon etgan 
fikrlarga o„qituvchining munosabati tinglanadi. Mashg„ulot mavzusi, maqsadidan 
kelib chiqib, o„quvchilarga savollar bilan murojaat qilinadi. Masalan: 
1. Bahs-munozaralarning mavzusini aniqlang.
2. Murakkab vaziyatlarni baholashda qanday qiyinchiliklarga duch 
keldingiz?
3. Munozaradan o„zingiz uchun nimalarni kashf qildingiz? va hokazo. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin