Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

 
Texnologiyaning maqsadi mustaqil fikr yuritishga, o„z nuqtai nazarini 
asoslab himoya qilishga yo„naltirishi, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi fikrlarni 
bildirishi barobarida o„quvchilarning bilimlarini aniqlash, ijodiy qobiliyatlari va 
imkoniyatlarini namoyon etish hamda dunyoqarashlarini boyitishni nazarda tutadi. 
 
Texnologiyaning vazifalari: 
– o„quvchining individual xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan metod, 
usul va vositalar to„g„ri tanlanishi;
– o„rganilayotgan fan bo„yicha davlat ta‟lim standarti talablari ko„zda 
tutilishi;
1
Quronov D. “Аdabiyot nadir” yoki Cho„lponning mangu savoli. Аdabiy-tanqidiy maqolalar. –Т.: “Zarqalam”, 
2006. – 105-bet. 


21 
– muammo tahlili jamiyatdagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
ulug„lashga qaratilishi;
– fanlararo, dars va texnologiya bosqichlari o„rtasidagi integratsiyaga amal 
qilinishi; 
– mavzuga oid qo„llanma, jadval va tarqatma didaktik materiallar
tayyorlanishi zarur. 
 
O„ziga xos xususiyatlari: 
– o„quvchilarning ehtiyojlari, qiziqishlari e‟tiborga olinadi hamda bilish 
jarayonlari rivojlantiriladi; 
– mavjud nazariy tushunchalar yordamida muayyan hayotiy ko„nikma va 
malakalar shakllantirilishiga erishiladi; 
– do„stona munosabatlar mustahkamlanadi, hamjihatlikda ishlashga 
odatlantiriladi. 
Texnologiya bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
 
O„tkazish tartibi: 
 
Birinchi bosqich. Dastlab bahs mavzusi, muhokama qilinishi zarur bo„lgan
muammoli vaziyatlar belgilab olinadi. O„quvchilarga har kim shaxsiy fikrini erkin 
bayon etishga haqliligi uqtirilgan holda avval yakka tartibda, so„ngra guruhlar va 
jamoa tarzida faoliyatlarini davom ettirishlari ma‟lum qilinadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin