Publications


Obrazlar tizimini o„rganish yuzasidan



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Obrazlar tizimini o„rganish yuzasidan qat‟iy reja asosida olib boriladigan 
mashg„ulotlarda asosiy va yordamchi qahramonlarni ajratish, ularga xos yetakchi 
xususiyatlarni aniqlash, ko„chirmalar bilan isbotlash ko„zda tutiladi. Tahlilning bu 
turida “timsollarni ijobiy va salbiy guruhlarga ajratishlariga yo„l qo„ymaslik, har 
bir badiiy timsolning qarama-qarshi tabiatli timsol nuqtai nazaridan qanday 
baholanishi mumkin ekaniga bolalar e‟tiborini tortish lozim”
1

Obrazlar bo„yicha tahlilda “SWOT – universal tahlil”, ““Case-study”, 
“Muammoli vaziyat” kabi qator innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish 
qahramonlarning asar syujetida tutgan o„rni va badiiy funksiyasini baholash, 
qahramonlar xarakterining umumiy va farqli jihatlarini tavsiflash, hayotiy 
muammolar yechimi yuzasidan mustaqil qarorlar qabul qilish malakalarini 
takomillashtirishda kutilgan natijalarni kafolatlashi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa,
obrazlarning kuchli jihatlari (strengths), zaif tomonlari (weaknesses), imkoniyatlari 
(opportunities) va ularga tahdid soluvchi xavf-xatarlar (threats)ni aniqlash va tahlil 
qilish kompetensiyalarini takomillashtirishda “SWOT – universl tahlil” usuli 
imkoniyatlari katta. 
Mazkur texnologiya muayyan muammolar yoki loyihalarni tashkillashtirish, 
vaziyatni tahlil qilish va baholash vositasi bo„lib, o„quvchida tizimli fikrlash, 
solishtirish, qiyoslash va tahlil ko„nikmalarini shakllantiradi. Masalan, 7-sinfda 
mustaqil mutolaaga tavsiya etish mumkin bo„lgan Nazar Eshonqulning “Shamolni 
tutib bo„lmaydi” hikoyasi obrazlari tahliliga mazkur texnologiyaning tatbiqi inson 
ichki dunyosini chuqurroq taftish qilishga yo„l ochadi.
Asar bilan tanishish jarayonida, tabiiyki, “o„z yolg„izligi va musibatini 
hayotning badbo„y, zabun, xor etilgan hidlari anqib yotgan yillar dahlizidan 
yetaklab o„tgan”
2
momoning achchiq qismati o„quvchi ruhiyatidagi adoqsiz 
iztiroblarga sabab bo„ladi. Kitobxon tug„ilib o„sgan qishlog„i ozodligi, xalq erki 
uchun qayg„urgan Rayim polvon va yoshgina o„g„lining asossiz o„ldirilishidan 
qiynalishi, dahshatli xunrezlikni sodir etgan Zamon otboqardan nafratlanishi, 
shubhasiz. Tahlil jarayonida, albatta, yurt mustaqilligi uchun kurashgan polvon 
1
Yo„ldoshev Q. Аdabiyot o„qitishning ilmiy-nazariy asoslari. –Т.: O„qituvchi, 1996. –116-bet. 
2
Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi. –Т.: Sharq, 2008. –255-bet. 


10 
obrazi misolida butun bir jamiyat fojiasi qalamga olingani anglanishi ko„zda 
tutiladi.
Hikoya boshdan oxirigacha qayg„u va azoblarni yengishga arang kuch topa 
bilgan ayol taqdiriga achinish hissi, darddoshlik tuyg„ulari bilan mutolaa qilinadi. 
Unda kitobxonni titratib yuboradigan shunday epizodlar mavjudki, ularni 
hayajonsiz qabul qilish mumkin emas. Jumladan, “Bayna momo mehmonxona 
eshigidan chiqaverishda otasini otib tashlanganini ko„rgach, uyga yugurib kirib 
ketgan, qo„liga otasining miltig„ini tutib turgan o„g„lini ko„rdi – o„g„lining 
ko„zlarida ham eriniki kabi g„azab, telbalik yonardi. Bayna momo o„g„lini 
ogohlantirishga ulgurmadi. Birdaniga bir necha o„q ovozi uning qulog„ini bitirib 
qo„ydi va o„g„li otasining ustiga yuztuban yiqildi – yiqilarkan, endi sabza urgan 
mo„ylovi titrab ketdi, onasiga bir zum qo„rquv va hijolat aralash tikildi...”
1

O„smirning jon berishi lavhalari hatto tasavvurda jonlanganida yuraklarni 
larzaga keltiradiki, tahlil chog„ida o„quvchi birvarakayiga eng yaqin kishisi va 
jigarbandining otib tashlanganiga guvoh bo„lgan bir mushtipar ayolning o„sha 
lahzalardagi holatini tushunishi qiyin kechmaydi.
Bayna momo ruhiyatidagi qarama-qarshi his-tuyg„ular haqida so„z yuritar 
ekan, tadqiqotchi G.Imomova shunday yozadi: “Hayotning abadiyligi, o„zgarmas 
va bardavomiyligini ta‟kidlash maqsadida yozuvchi qahramonning ong oqimiga 
murojaat qiladi. Bu usul, bir tomondan, obrazning sintezlashgan yaxlit qiyofasini 
yaratishga, ikkinchi tomondan, hayot qonuniyatlarining boqiyligini ta‟kidlashga 
xizmat qilgan”
2
.
Haqiqatan ham, o„quvchi tahlil davomida yuqorida ta‟kidlanganidek,
momoning zohiran sokin, ammo botinida isyon qilayotgan g„alayonlar, yashamoq 
va o„lim, shodlik va g„am, baxt va baxtsizlik azaldan hamroh ekanligiga, bir so„z 
bilan aytganda, bu obraz kuchli dramatizm bilan sug„orilganiga yana bir karra 
amin bo„lishi, tabiiy.
Ichki dunyosi nafaqat xatti-harakatlari, gap-so„zlari, balki yuz ifodalarida 
aks etishiga munosabat bildirish asnosida ayol tiynati chuqurroq taftish qilinishiga 
erishiladi. Masalan, bo„ribosarlarini ergashtirib qishloqni aylanishga chiqqan 
Zamon otboqar tasodifan qoya ostida elkasiga o„tin ko„tarib kelayotgan momoga 
duch kelib qoladi. “Bayna momo qarib qolgan, ammo hali ham ko„zlari xuddi o„n 
besh yil avvalgidek qahrli va nafrat to„la edi”
3
.
Ko„rinadiki, shu birgina parchaning o„ziyoq qahramon qalbida kechayotgan 
evrilishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun ham otboqarning ayol adovati 
balqqan sovuq nigohlariga dosh berishi qiyin kechadi va o„ziga bunday 
qaramaslikni buyurib do„q uradi.
Momoning umrbod yolg„izlikka mahkum bo„lishida davr mafkurasiga qul 
bo„lgan Zamon otboqarning odamiylikdan yiroq xatti-harakatlari, qotillikka 
jimgina qo„l qovushtirib, yashirin tomoshabinga aylangan qo„ymijoz kimsalarning 
ma‟lum ma‟nodagi aybdorligiga munosabat bildirish tahlil mezonlaridan 
1
Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi. –Т.: Sharq, 2008. –253-bet. 
2
Imomova G. Badiiy sintez imkoniyatlari. //O„zbek tili va adabiyoti. –Т.: 2012, №1. –67-bet. 
3
Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi. –Т.: Sharq, 2008. –254-бет. 


11 
hisoblanadi. Zero, asarda “hayot, uning mazmuni, yashashdan maqsad nima 
qabilidagi 
falsafiy 
masalalar 
ko„proq sho„ro davrining poetiklashgan, 
ramziylashgan suvrati bilan bog„langan holda tasvir etilishi”
1
diqqat markazida 
bo„lmog„i muhim. 
Dahshatli fojia sodir etilayotgan lahzalarda Bayna momo o„zi mehr qo„ygan 
tersotaliklardan najot kutadi, ammo baxtga qarshi borliqni go„yoki yer yutib 
yuborgandek, mubham osoyishtalik hukm surardi. Qishloq ahlining jur‟atsizligi 
undagi cheksiz mehrning kuchli nafratga aylanishiga sabab bo„ladi. Shu kabi 
epizodlarga diqqat qilish orqali o„quvchilarda tarixiy sharoit va ijtimoiy 
munosabatlarni baholash ko„nikma, malakalari shakllantiriladi. Jumladan, 
momoning “ko„kragi ilma-teshik bo„lgan o„g„liga qarata Zamon otboqar yana bir 
necha bor o„q uzarkan, u madad izlab, uylarning tuynuklarini yopib turgan qora 
pardalarga bir-bir ko„z tikdi, biroq u yerda sovuq sukutdan boshqa hech narsa 
ko„rinmas, zulmatga cho„kkan tuynuklar bu misli ko„rilmagan qotillikni jimgina 
tomosha qilib turardi”
2

Bayna momo obrazi “sho„ro davri nasridagi aksar qahramonlar singari 
jamiyatdagi o„zgarishlarga, xalq hayotidagi yangilanishlarga o„z munosabatini 
bildiruvchi, o„z faoliyati bilan tirikligini go„zalliklar bilan burkovchi ijtimoiy faol 
shaxs emas. Unga o„z hayotini yaratuvchanlik, bunyodkorlik faoliyati bilan 
boqiylashtirishga safarbar o„ktam ayol xususiyati butkul yot”
3
.
Momo tabiatidagi bu jihatlarga yozuvchi quyidagicha yondashadi:
“Yillar bilan birga hamma narsa o„zgarar, faqat Bayna momogina uni 
sezmas, go„yo uning uchun vaqt o„sha holicha qotib qolganday, uni o„sha ellik yil 
oldingi eri va o„g„lining o„ligini askarlar tepkilab o„tishgan ustun oldidan topish 
mumkin edi”
4
.
Ahamiyat qilinsa, ayolni ado qilgan musibat va g„am-anduhlar yillar 
to„fonida mushtdekkina qiyofa aks etgan jussasi-yu yuzini tilimlab bejagan 
ajinlarida iz qoldirgani ko„zga tashlanadi. Bu dunyoda gaplashishga munosib odam 
yo„qdek o„zini odamlardan olib qochishi, har tong qo„y-echkilarini daryo bo„yidagi 
yulg„unzorga haydab ketishi-yu kech tushgach, qurigan shoh-shabbalarni orqalab 
qaytishi lavhalari momoning tabiatiga singib ulgurgan odamovilik va ojizlik
sifatlarida in‟ikosini topadi.
Bayna momo obrazini texnologiya maqsadiga ko„ra shunday tavsiflash 
mumkin: 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin