5
I BOB
ADABIY TA‟LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA
DOIR TAHLIL USULLARI
1.1-§
. Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil
So„nggi yillarda umumiy pedagogikaga oid tadqiqot ishlarida o„quvchilarda
mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik, ilmiy,
amaliy xususiyatlariga doir kompetensiyaviy yondashuv ta‟lim-tarbiya sifati va
samaradorligini ta‟minlashning muhim omili sifatida tadqiq qilinadi. Negaki, bilim
olishning asosiy usuli bo„lgan mutolaa jarayonlarini takomillashtirish jamiyatning
umumiy taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‟naviy va madaniy rivojlanishida
poydevor vazifasini o„taydi, uni sifat jihatidan yangi bosqichlarga ko„tarishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotdan Davlat ta‟lim standartida ta‟lim oluvchilar “...badiiy
matnni
emotsional tarzda idrok etish va qabul qilishni, obrazli va analitik tafakkur va
ijodiy fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini, adabiyotning boshqa san‟at asarlari
bilan yaqin va farqli jihatlari
haqidagi tasavvurlarini, ularning og„zaki va yozma
nutqlarini rivojlantirish”
1
kabi minimum talablarning qo„yilishi fanga oid
kompetensiyalarni egallash zaruriyatini taqozo etadi.
Asar mutolaasi muammosi kecha yoki bugun o„rtaga tushayotgani yo„q. Abu
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Husayn
Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Munis, Ogahiy, keyinchalik Mahmudho„ja
Behbudiy, Abdulla Avloniy va Hamza asarlarida “o„qish, o„qiganni uqish hamda
unga amal qilish” inson ma‟naviy kamoloti bilan bog„liq
mutolaaning tub
mohiyatini tashkil etishi qayta-qayta tilga olinishi bejiz emas.
Fransuz ma‟rifatparvar adibi Deni Didro: “Odamlar o„qishdan to„xtashlari
bilan fikrlashdan ham to„xtaydilar” deya mutolaaga, ayniqsa, yuksak baho bergan
edi. Shuning uchun ham S.Dolimov, Q.Ahmedov, A.Zunnunov, S.Ismatov,
K.Qosimova, Yu.Sultonov, F.Badriyev kabi keksa avlod vakillaridan tortib
O.Madayev, T.Niyazmetova, M.Mirqosimova, Q.Yo„ldoshev, S.Matchonov,
B.To„xliyev, R.Niyozmetova, Q.Husanboyeva, F.Qodirova, B.Makulova singari
kenja avlod metodist olimlarigacha mustaqil mutolaa muammosiga adabiy
ta‟limning asar mazmunini o„zlashtirish, badiiy-estetik tarbiya, adabiy tahlil
ko„nikmalarini
shakllantirish, nutq o„stirish masalalari doirasida turli jihatdan
yondashgan bo„lsalar, rus olimlaridan N.M.Gerdzey-Kapitsa, M.D.Pushkaryova,
A.M.Lebedev,
K.V.Malseva,
A.G.Serdseva,
S.L.Abramovich,
N.L.Kagin,
T.D.Polozova,
M.A.Snejnevskaya,
N.N.Svetlovskaya,
R.A.Dekusheva,
O.V.Djejeley,
Ya.G.Nesturx,
N.A.Bodrova,
L.A.Sheyman,
I.I.Chernova,
I.S.Zabarskiy, I.Motyashev, S.N.Savina, G.I.Makrouchevalar muammoni yanada
konkretlashtirib, asosan, sinfdan tashqari o„qish bilan bog„lab talqin qilishgan.
1
Uzviylashtirilgan Davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.:
Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 45-bet.
6
Mustaqil mutolaa muammosini M.Mirqosimova “o„quvchilarda adabiy tahlil
malakasini shakllantirish usullari tizimi”
1
misolida tadqiq qilgan bo„lsa,
S.Matchonov, Q.Husanboyevalar
2
adabiyotdan mustaqil ishlarning asosi,
o„quvchilarni mustaqil fikrlashga o„rgatish usullari majmui tarzida talqin qiladilar.
Professor R.Niyozmetova esa doktorlik dissertatsiyasida “o„quvchilarda o„qishga
bo„lgan ehtiyojni, havasni, qiziqishni tarbiyalashi
va shakllantirishi hamda
o„qilganlar yuzasidan o„ylash, muallif bu yerda ko„targan asosiy muammolarni
anglab yetish, kitobdan talay hayotiy muhim savollarga javob izlash malakalarini
hosil qilish kerak”
3
ligini nazarda tutadi.
Bundan tashqari, so„nggi yillarda mustaqil mutolaa muammosi yuzasidan
D.G„aniyeva kutubxonashunoslik, S.Chiniyeva
oila kitobxonligi, A.Umarov
jamiyat taraqqiyoti va komil inson tarbiyasi nuqtai nazaridan ilmiy-tadqiqot ishlari
olib borishdi.
“O„qish
muammosi,
kitobxonlikni,
kitobxon
ma‟naviy olamini
shakllantirish muammosi hanuzgacha eng dolzarb ilmiy muammo bo„lib qolar
ekan, – deb yozadi rus olimasi O.Yu.Bogdanova – metodika fanida badiiy matnni
yaxlit idrok etishni, uni chuqur sharhlashni, yozuvchi poetikasini anglashni
ta‟minlaydigan ish usullariga ustunlik berish davom etaveradi. Adabiy ta‟limdagi
asosiy komponent asarni o„qish va o„rganish, uni sharhlashning aytilishi tasodifiy
emas”
4
.
Dostları ilə paylaş: