Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Adabiy tahlil usullari. Tahlil usullarini tanlash oson ish emas. U ko„proq 
adabiy turga bog„liq. Lirika epik asarga, drama eposga qaraganda turlicha tahlil 
usullarini taqozo etadi. Masalan, Shekspirning “Otello” tragediyasi tadqiqot, 
Qutlibeka Rahimboyevaning “Qorli tong xayoli” yoki Xosiyat Rustamovaning 
“Shamol” she‟rlari ijodiy o„qish metodlari, Ulug„bek Abdulvahobning 
“Yolg„izlik” qissasi, Luqmon Bo„rixonning “Tun qa‟ridagi shu‟la” asarlari
“Insert”, “Pinbord” usullari asosida o„rganilsa, maqsadga muvofiqligini ta‟kidlash 
joiz. 
1
Xurshid Do„stmuhammad. Qissalar. –Т.: Sharq, 2011. –101-bet. 
2
Хurshid Do„stmuhammad. Beozor qushning qarg„ishi. –Т.: Sharq, 2006. – 118-bet.


19 
Tahlil “...badiiy matnni o„qish jarayonida o„qituvchining izohi shaklida ham, 
asarni detallashtirib ko„zdan kechirish shaklida ham, qahramonlarni tavsiflash yoki 
tasviriy ifoda vositalarini aniqlash shaklida ham bo„lishi mumkin... Chuqur 
ma‟nodorlik adabiy tahlilning eng birinchi va asosiy shartidir. Tahlilning hamisha 
ma‟lum maqsadga qaratilishi uning shakli va mazmunini belgilaydi”
1
.
Tahlilni loyihalashtirishda “Bumerang”,
“Yelpig„ich”, “FSMU”, “Venn 
diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “Haqiqatni izlash darsi” kabi bir qator 
texnologiyalarning qaysi birlari afzalligi haqida savol tug„iladi. Asar mazmuni, 
kompozitsiyasi, yozuvchi uslubini aniqlash, o„quvchini muallif nuqtai nazariga 
yaqinlashtirish ta‟lim texnologiyalarining asosiy vazifasi bo„lib qoladi. 
9-sinfda O.Yoqubovning “Ulug„bek xazinasi” romani inson ruhiyati bilan 
bog„liq kechinmalarni teran idrok qilish asosida o„quvchilarni atroflicha fikr-
mulohaza yuritish, ibrat olish, xulosa chiqarish va hayotda qat‟iyatli bo„lishga 
undashi bilan alohida e‟tiborga loyiq. Zero, adabiy ta‟limning Davlat ta‟lim 
standartida ta‟lim oluvchilar “adabiy qahramonlarning yetakchi xislatlarini 
yoritish, ularning xatti-harakatlariga munosabat bildirish, asardagi fakt va 
materiallar asosida o„z nuqtai nazarini asoslay olish” bilim, ko„nikma va 
malakalarini egallashlari shartligi alohida ta‟kidlanadi
2
.
 
“Adabiyot” o„quv dasturi
3
da romandan berilgan boblarni o„rganishga 
ajratilgan vaqt asarda tasvirlangan voqelik hamda qahramonlar qismati qanday 
yakunlanishi bilan to„liq tanishishga yetarli emasligi sababli asar mustaqil 
o„rganishga tavsiya qilinadi. Ma‟lum vaqtdan so„ng roman tahliliga bag„ishlangan 
mashg„ulot uyushtiriladi. 
Asar tahlilida fanlararo integratsiya ijobiy samarasini berishi, tabiiy. 
O„quvchilar tarix darslari orqali Mirzo Ulug„bekni mamlakatda osoyishtalik 
o„rnatgan odil hukmdor, mard sarkarda, koinot sirlarining yetuk bilimdoni
matematika, adabiyot, musiqa, she‟riyat kabi ilmlardan boxabar qomusiy olim 
sifatida yaxshi bilishsa-da, uning oddiy inson, ota sifatidagi kechinmalari, 
tuyg„ularini his etishlarida adabiyot fani yordamiga tayanadi. Taniqli munaqqid 
M.Qo„shjonov 
ta‟kidlaganidek, 
asar 
mutolaasi 
davomida 
“Kitobxon 
tasvirlanayotgan zamon ruhini, ma‟lum bir davrdagi tarixiy fojiani, poklik bilan 
nopoklik, samimiylik bilan nosamimiylik, taraqqiyot bilan jaholat orasidagi abadiy 
ziddiyatni voqealar tasviridan anglab oladi”
4
. Zero, tarix nimaning qachon sodir 
bo„lganligi haqida ma‟lumot bersa, voqealar tasvirining badiiy talqini so„z san‟ati 
vositasida dunyo yuzini ko„radi.
Yuklatilgan topshiriqlar ijrosining o„qituvchi tomonidan nazorat qilib 
borilishi o„quvchilardagi mas‟uliyat hissini yanada oshiradi. O„zlashtirilgan 
bilimlardan mashg„ulotning zarur o„rinlarida foydalana bilish o„quvchilar qalbida 
1
Safo Matjоn. Маktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –Т.: O„qituvchi, 1996. –21-bet. 
2
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: 
Yangiyo„l poligraph service, 2010. 

44-bet.
3
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: 
Yangiyo„l poligraph service, 2010. –89-bet. 
4
Qo„shjonov M. Qalb pokligi. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –77-bet. 


20 
o„z mehnatlaridan zavqlanish hislarini tarbiyalab, navbatdagi jarayonning 
ko„tarinki ruhda o„tishini ta‟minlaydi.
Bayon etilayotgan fikr-mulohazalar inobatga olinishi, qo„llab-quvvatlanishi 
o„quvchilarning tahlilda faol ishtirok etish va erkin fikrlashga bo„lgan ishtiyoqini 
kuchaytiradi. Aksincha, e‟tiborsizlik o„quvchilar intilishi va qiziqishining 
susayishiga sabab bo„ladi. O„quvchilarning o„ziga ishonchi orta borishi natijasida 
fikrini asoslab, himoya qila olish malakasi guruhlarda jamoa bo„lib ishlash orqali 
takomillasha boradi.
Puxta rejalashtirilgan ta‟lim maqsadlari, tanlangan metodik usul va vositalar 
o„quvchilarning asar qahramonlari sezimlari, personajlar o„rtasidagi o„zaro ixtilof 
va kelishmovchiliklar sababini aniqlab, ulardan to„g„ri xulosa chiqarishlariga 
zamin hozirlaydi. 
“Inson, shaxs jumbog„i, bu jumboqni yechishga intilish, inson hayoti 
mohiyatini anglashga, shaxs tabiati va ruhiyatini taftish va tahlil qilishga intilish – 
romanning, umuman, badiiy adabiyotning bosh vazifasi”
1
ekanligi nazarda tutilsa, 
tahlil jarayonida qahramonlar xatti-harakatlari, e‟tiqodlari yo„lidagi kurashlari va 
kechinmalariga odamiylik nuqtai nazaridan baho beriladi.
Jarayon avvalida “Zanjir” usuliga murojaat orqali Muhammad Tarag„ay 
Ulug„bek hayoti va merosi yuzasidan to„plangan ma‟lumotlar izchillikda bayon 
etilib, taqdimot o„tkaziladi. Taqdimotda falakiyotshunos olim faoliyatining xalqaro 
miqyosda e‟tirof qilinishi haqidagi ma‟lumotlar o„quvchilar izlanishlarining davr 
ruhiga hamnafasligidan dalolat beradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tayyorlangan slaydlar 
namoyishida alloma aql-idroki va zakovati, uning dunyo ilm-fani tamadduniga 
qo„shgan hissasi o„z aksini topadi.
Mashg„ulotning navbatdagi bosqichida shaxsning individual kamol topishi 
uchun zarur bo„ladigan hayotiy ko„nikma va malakalarni shakllantirishga 
qaratilgan FSMU texnologiyasidan foydalaniladi.  
Mazkur texnologiya o„quv dasturida o„rganilishi rejalashtirilgan bo„lim, 
bob, mavzular yoki mustaqil o„qishga tavsiya etilgan asar bilan to„liq tanishib 
chiqilganidan so„ng bahs-munozarali masalalar, muammoli vaziyatlarni hal etishda 
qo„llanilishi mumkin.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin