9
Aynan qirq bitta pashsha haqidagi uydirma ularning qilmishlarini zimdan
oshkora etardi. Afandini axmoq qildik, deb
toza suyunishgan mirshablar
birgalashib pashshalarga chora qo„llash vakolatini olish uchun shahar qozisi
huzuriga yo„l olishadi.
“Gunohkor pashshalar”ni yo„q qilish bahonasida Nasriddin bu ishga bosh
qo„shgan kimsalarni kaltaklab, xalq orasida sharmanda-yu sharmisor qiladi.
Amaldorlar
har qancha harakat qilishmasin, raqibining uzoqni ko„ra bilishi,
hushyorligi, tadbirkorligi oldida ojiz qolishib, tavbalariga tayanishadi.
“Vakolatnoma” bobi epizodlari tahlili boy va hamtovoqlarining aybdorlarni
jazolashga fatvo beruvchi hujjatni qaytarib olish borasidagi qabihliklari va yuzaga
kelgan vaziyatlarning hajviy yo„sinda ochib berilgani yuzasidan mulohaza yuritish
bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: