7
qahramonlar xarakterini ochib berish, tasviriy vositalarni mazmun bilan birgalikda
o„zlashtirish bo„yicha hamkorlikdagi ishi hisoblanadi.
“Aslida kitobxon ham yozuvchi singari ijodkor, – deb yozadi metodist olim
S.Matchonov. – U asar mutolaasi jarayonida muallif faoliyatini takrorlash yo„lidan
boradi. Yozuvchi ijodining murakkabligi shundaki, u xayolida tug„ilgan g„oyani
adabiy
qahramonlarning xatti-harakati, kurashlari misolida konkretlashtirsa,
kitobxon unga teskari – adabiy qahramon xatti-harakati,
kurashlari tasviridan
umumiy xulosalar chiqarish yo„lini tutadi”
1
.
Badiiy asar tahlili oldiga qo„yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda
tarixiylik, shakl va mazmun birligi tamoyillariga tayaniladi.
Bu tamoyillar adabiy tahlilning quyidagi qator komponentlari yordamida
amalga oshiriladi:
1. Asarda qo„yilgan tarixiy va ijtimoiy muammo. 2. Yozuvchi nuqtai
nazarining matnda ifodalanishi. 3. Asar mavzusi va syujeti qurilishi. 4.
Adabiy
qahramonlarga xos yetakchi xususiyatlar. 5. Asarning kompozitsion tuzilishi. 6.
Badiiy til xususiyatlari va uslubi. 7. Asarning janriy o„ziga xosligi. 8. Yozuvchi
ijodining o„z davri uchun ahamiyati, zamon bilan aloqasi.
Tabiiyki, har bir asar tahliliga yuqoridagi barcha komponentlarni jalb qilib
bo„lmaydi. O„qituvchi asarni anglash
jarayonini tashkil etar ekan, o„quvchilarga
tahlil ko„nikmalarini singdirishi kerak. Tahlil o„quvchilarning badiiy matnni
chuqur anglashiga yordam beribgina qolmasdan, ularda ezgu hislarni tarbiyalaydi,
o„z hayoti haqida fikr yuritishga undaydi.
Adabiyot o„qitish metodikasida tahlilning quyidagi usullariga keng o„rin
berilgan:
1. Voqealar rivojini o„rganishga qaratilgan uzviy tahlil. 2. Asar mavzusining
ayrim jihatlarini ajratib ko„rsatuvchi tahlil. 3. Asar mazmuni va shakliga doir
kompozitsion tahlil. 4. Badiiy tilning ifodaviy vositalari
orqali yozuvchi nuqtai
nazari, g„oyasi, fikrlarini tushunishga yo„naltirilgan filologik tahlil.
Aslini olganda, bir xil asarlarning g„oyaviy-badiiy mazmuni kompozitsion
tahlil orqali ochib berilsa, boshqasida syujet qurilishi misolida ko„zdan kechiriladi,
uchinchisida obrazlar tahlili muhim vosita vazifasini o„taydi.
Adabiy tahlil muammolari rus metodist olimlari N.Kudryashev,
V.Maransman, G.Gukovskiy, G.Ionin, L.Ayzerman, A.Bushminlar tadqiqotlarida
atroflicha o„rganilgan bo„lib, o„zbek olimlaridan A.Zunnunov, Q.Yo„ldoshev,
M.Mirqosimova, S.Matchonov, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetovalar masalaga o„z
tadqiqot ishlari maqsadidan kelib chiqib ijodiy yondashadilar.
Taniqli metodistlaridan A.Zunnunov asardan tanlangan qismlar bo„yicha
yo„naltiruvchi, obrazli hamda mufassal tahlil kabi turlari
farqlanishi haqida fikr
yuritsa
2
, Q.Yo„ldoshev ularga qo„shimcha holda tahlilni muammoli usulda amalga
oshirish haqidagi o„z qarashlarini ilgari suradi
3
. Adabiyot o„qitish amaliyotida
izchil hamda obrazli tahlil usullari keng tarqalgan.
1
Safo Matjon. Маktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –Т. O„qituvchi, 1996. – 49-50-betlar.
2
Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o„qitish metodikasi. –T.: O„qituvchi, 1992. – 162-bet.
3
Yo„ldoshev Q. Adabiyot o„qitishning ilmiy-nazariy asoslari. –Т.: O„qituvchi, 1996. –116-117-betlar.