Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Birinchi qism 

Tong ochar ko„zlarin erinib, 
Sevinchdan yig„laydi qiyoqlar, 
Chechaklar jilmayar sevinib
Shamolda cho„milar giyohlar. 
Ikkinchi qism 
Subhidamda 
qiyoq 
gullarga 
shabnam 
qo„nishi, quyosh nurlari erkalab uyg„otgan 
chechaklar shodlikdan yaproq yozishi, o„t-
o„lanlarning shabadada tebranishlari go„yo 
shudringda cho„milayotgandek tasvirlanadi

To„rtinchi bosqichda esa o„ng tomonga izohlanayotgan misralar, tasvir 
vositalarining shoir g„oyasini yoritishdagi ahamiyati, she‟r haqidagi umumiy 
xulosalar yoziladi.
She‟rda mehnat qilishdan boshqasini bilmaydigan kishilarning ishonch va 
e‟tiqodlari falsafiy yo„sinda aks ettirilgan. Atrofidagi go„zalliklardan bebahra 


36 
kimsalarga hayotni faqat o„z qarashlari bilan o„lchamasligi ta‟kidlanadi. Unda 
qo„llanilgan ramz – ko„chim san‟atining keng tarqalgan turi bo„lib, chumoli timsoli 
orqali zahmatkash va tirishqoq, lekin ayni vaqtda loqayd, hissiz kishilarga ishora 
qilinadi. Chumolining lirik qahramon tomonidan o„ziga jalb etuvchi maysalar 
go„zalligi (borliqning maftunkorligi)dan bahramand bo„lish, hayotdan 
zavqlanishga undalishi ritorik murojaatdir.
Keyingi bosqichda o„quvchilarning xohishlariga ko„ra bir nechtadan 
ko„chirmalar va izohlarni o„qish taklif etiladi. Izohlar o„qilayotganda savollar 
berish yoki bayon qilinayotgan fikrlarga tengdoshlarining fikri bilan qiziqish 
beshinchi bosqich sharti hisoblanadi. Jarayon juftliklar yoki kichik guruhlarda 
ishlash orqali davom ettirilib, so„nggi bosqichga o„tilishi ham mumkin.
Dramatik asarlar tahlili. Istiqlol yillarida o„zbek milliy dramaturgiyasi 
sohasida ham ko„zga tashlanarli evrilishlar yuz berganligini Usmon Azimning “Bir 
qadam yo„l”, Erkin Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon”, Abdulla 
A‟zamning “Dugohi Husayniy”, Ilhom Hasanning “Bir kam dunyo” kabi dramalari 
misolida ko„rish mumkin. Jumladan, Erkin Samandarning “Arabmuhammad 
Bahodirxon” tragediyasini so„nggi yillarda inson qadr-qimmati, o„zlikni anglash 
mavzusida yaratilgan sara asarlardan biri sifatida tilga olish mumkin. Ezgulik va 
yovuzlik, qanoat va nafs kabi qarama-qarshiliklar ota va farzandlar o„rtasidagi 
munosabatlar misolida tahlilga tortilishi jarayonida nutqiy, kommunikativ va 
kreativlik kompetensiyasi shakllantirilishiga erishish mumkin. Bunda “Rolli o„yin 
darsi”, 
“Teatrlashtirilgan 
dars” 
texnologiyalarining 
zarur 
elementlari
qo„llanilsagina ijobiy natijalar qayd qilinadi. 
Dramatik asar tahliliga tayyorlanayotib, o„qituvchi o„zi uchun matn ustida 
ishlashning markaziy muammosini belgilab oladi. Asosiy ziddiyatni aniqlash 
jarayonida o„quvchilarning yetakchi qahramonlar bilan to„qnashuvi ro„y beradi, 
ular voqealar rivojida qanday o„rin tutishi belgilanadi. Dramada “voqelikning 
muayyan bir qirrasiga, ya‟ni kulgili yoki fojeaviy tomoniga ko„proq e‟tibor 
berilmasdan, hayot xuddi hayot holida, butun bir murakkabligi va turli-tuman 
jarayonlari bilan yaxlitlikda va atroflicha qamrab olinadi”
1
.
8-sinf o„quvchilari mustaqil o„rganishlari mumkin bo„lgan Muhammad 
Rahmonning “Abadiy nido”
2
dramatik dostonida Detektiv laqabli yigit, fizik 
(o„qituvchi), taqvodor (domla imom), Uchar (aslida Ko„char, tijoratchi) kabi 
obrazlar xarakter xususiyatlari yuzaga kelgan o„zaro to„qnashuvlar ta‟sirida 
ochilib, davrning muhim ijtimoiy-ma‟naviy muammolarini qamrab oladi. Voqealar 
rivojida keskin tus olgan bahslashuv tijoratchi Ucharning alal-oqibat boshqalarga 
yon bosishiga, ma‟naviy qiyofasida tub o„zgarishlar yasashiga asos bo„ladi.
“Abadiy nido” doston deyilgani bilan sahna ko„rinishlari, dialoglar 
mavjudligi bois dramatikdir. Muallif tomonidan ko„tarilgan hayotiy muammolar, 
ijtimoiy-axloqiy munosabatlar sabablari yuzaga kelgan ziddiyatlar tasviri 
vositasida badiiy talqin qilinadi. 
1
Хudoyberdiyev E. Аdabiyotshunoslikka kirish. –Т.: Sharq, 2008. – 310-bet. 
2
Мuhammad Rahmon. Yo„l ko„rayotgan odam. Saylanma. –Т.: Sharq, 2010.


37 
Tijoratchi ismi aynan uning hayot tarzi, fikrlashi va xatti-harakatlariga 
monand Ucharga aylantirilishi bejiz emas. Shaxsiy manfaatni odamiylikdan ustun 
bilgan Ko„charning hech narsadan tap tortmasligi, hatto qabristonlarni daromad 
manbaiga aylantirish borasidagi tortishuvlari kuchli dramatizmni yuzaga keltiradi. 
Uning qabristonlar kechasi tinch ko„ringani bilan o„g„rilar bu yerda tonggacha 
qimorbozlik, giyohvandlik va fahsh ishlari bilan shug„ullanishi haqidagi fikrlariga 
munosabat bildirishi orqali o„quvchilar tafakkuriga ta‟sir ko„rsatish, bu turdagi 
asarlar tahlilida e‟tibor qaratish muhim bo„lgan jihatlar hisoblanadi. 
Ucharning bunday qabihliklarga chek qo„yish uchun tuzgan “reja”siga 
ko„ra, qabristonlar baland devorlar bilan to„silishi, ustidan tikanli simto„rlar tortilib 
kuchli yoritgichlar o„rnatilishi, burchak-burchaklardagi vishkalarda o„ktam yigitlar 
soqchilik qilishlari zarur. Dafn marosimida ulov, go„rkov, g„assol, hatto 
go„yandalar bilan ta‟minlash xizmatini yo„lga qo„yish bilan kadrlar masalasi hal 
qilinadi. Agar mozorlarda issiqxona bo„lsa, qishda ham do„konlardan gullar 
arimasligi, haykal, sag„ana o„rnatish uchun sangtaroshlar sexini ishga tushirish
eng sara joylarni kimoshdi savdosiga qo„yish “loyihasi” voqealarning shiddatli tus 
olib, qahramonlar ruhiyatidagi portlashlarga sabab bo„ladi.
Tanqidchi H.Abdusamatovning “Dramaning asosiy pafosi mavjud eski 
tartiblarni inkor etish, yangi paydo bo„layotgan ijobiy hodisalarni tasdiqlashga 
qaratilgan. Yangi hodisalar konflikt jarayonida dramatik xarakterni rivojlantirishda 
asosiy kuchga aylanib boradi”
1
, degan fikrlari isboti sifatida xulosa qilish 
mumkinki, taqvodor, o„qituvchi, detektivning insoniylik haqidagi bahslashuvi 
tijoratchi kayfiyatida sodir bo„lgan tub evrilishlar bilan natijalanadi. Asar 
boshlanishida avtoulov signallarining ishga tushib ketishi voqealar davomida 
necha bor takrorlanishi tasodifiy hodisa emasligi, balki ma‟naviy tanazzulga yuz 
tutgan kimsalarga Yaratgan tomonidan yuborilgan ogohlantirish sadosi bo„lib, 
niyati buzuqlikning o„zi katta gunohligini Uchar nihoyat tushunib yetadi. 
Mashg„ulot chog„ida ovoz chiqarib o„qish tahlilning birinchi bosqichi 
hisoblanadi. O„quvchilar tahlilning asosiy maqsadini aniq tasavvur qilishlari uchun 
voqealar rivojini kuzatishlari, kulminatsiyani topishlari, to„qnashuvni belgilashlari, 
qahramonlarning xulq-atvorini aniqlashlari kerak bo„ladi. Busiz dramatik asarni 
idrok etish amalga oshmaydi. 
Asarni aktlar va kartinalarga taqsimlash bilan bog„liq dramatik shaklning 
o„zi ham o„qish chog„ida kichikroq tanaffuslar qilish, o„zaro fikr almashish 
imkonini beradi. Alohida sahnalar birinchi va ikkinchi mashg„ulotlarda o„qiladi, 
shundan so„ng obrazlar tahliliga kirishiladi. 
Qahramonning dramatik xarakterini taftish qilish va baholashdan avval 
o„quvchilar u haqda aniq tasavvurga ega bo„lishlari lozim. Shuning uchun ham 
asarni o„qish paytida o„quvchilarda qahramonga nisbatan ma‟lum hislarni uyg„ota 
olish kerak.
Birinchi aktni o„qigandan so„ng “O„zaro savol yo„llash”, “Tergovni 
bilimdonlar olib boradi” texnologiyalaridan biri asosida suhbat o„tkaziladi. Suhbat 
jarayonida ... sizga qanday ta‟sir etdi?, ... qanday xulosalar chiqarish mumkin?, ... 
1
Аbdusamatov H. Drama – аdabiyotning gultoji. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –87-bet. 


38 
o„rtasida qanday farq yoki o„xshashlik bor?, ...ning kuchli yoki ojiz tomonini 
ko„rsating tarzidagi savollar qahramonlar xarakteriga yangicha qarash va baho 
berish imkoniyatini yaratadi, o„tgan davrni tasavvur qilishga o„rgatadi. 
Tahlil o„quvchilar tomonidan mustaqil ishlarni bajarish bilan yakunlanadi. 
Ularda asar yuzasidan aniq tasavvurlar uyg„otiladi, nuqtai-nazarlar shakllantiriladi. 
O„qish va suhbat chog„idagi kuzatishlar asosida qahramon haqida muayyan 
xulosalar chiqarish uyga vazifa tarzida beriladi. 
Dramatik asarni tahlil qilish bilan bir paytda o„quvchilar personajlarning 
nutqi ustida ham ishlaydi. So„z talaffuzi ustida ishlash, nutq maromi va sur‟atiga 
amal qilish, mantiqiy urg„uni to„g„ri qo„yish, monologik nutqni dialogik nutqqa 
aylantirib og„zaki hikoyalash – dramatik obrazni ochib berishning muhim 
vositasidir. O„quvchilardan jiddiy tayyorgarlikni talab qiluvchi teatrlashtirilgan 
rolli ko„rinishlarni sahnalashtirish ishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. 
Personajlar guruhi tahlili qahramonlarning asosiy xususiyatlarini ochib 
beruvchi umumlashtiruvchi xulosalar chiqarish yo„li bilan amalga oshiriladi.
Xulosalardan asosiy fikrlar ajratib ko„rsatiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin