2.4. Ommabop nashrlarda siyosiy atamalar bilan bog’liq
norma muammolari
Har bir janrning o’z tovushi, o’z so’zi, o’ziga xos grammatikasi mavjud
bo’lib, tahlil va tadqiq jarayonida bu doimo diqqat markazida bo’lmog’i lozim.
Shuning uchun ham siyosiy matbuot matnida adabiy normaga amal qilish
muammolari haqida so’z yuritishdan oldin uning yetakchi janrlari va ularni adabiy
norma nuqtai nazaridan tadqiq etishning zarurligi xususida to’xtalib o’tishga
to’g’ri keladi.
Avvalo shuni ta’kidlash joizki, «janr» haqida gap ketganda, asosan, badiiy
asar nazarda tutilar edi. Buni «O’zbek tilining izohli lug’ati» dagi quyidagi izohdan
ham bilish mumkin: «Janr(r-f). San’at asarlarining syujet va uslub jihatidan
xususiyatlarga ega bo’lgan har bir turi. Lirika janri. Hajv janri. Qo’shiq janri»
1
.
O’tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab rus va o’zbek tilshunoslarining
matbuot janrlari haqidagi bir qator tadqiqotlari yuzaga keldi.
2
O’zbekiston
jurnalistlar uyushmasining nashri
−
«Muxbir» jurnalida publitsistik janrlarga oid
turkum maqolalar e’lon qilindi
3
.
«Gazeta janrlarining til xususiyatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini
himoya qilgan A. Abdusaidov matbuot janrlari haqida o’zigacha olib borilgan
tadqiqotlarni chuqur va atroflicha o’rganib chiqib, uni quyidagicha tasniflash
mumkin degan xulosaga keladi:
I. Axborot (information) janrlari: xabar, reportaj, hisobot, intervyu.
II. Tahliliy (analitik) janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, obzor,
xat, kuzatish.
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. - Т.: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 1- 2-том, 2006, Б.72.
2
Qarang: Проблемы газетных жанров. Сб. Статей.- Л.: Издю ЛГУ, 1962; Жанры советской газеты,- M., 1972;
Блажов Е. А. Газетные жанры в економической пропаганде. – M.1974; Кройчик Л. Современный газетны
фелетон. Воронеж , 1975; Тоғаев О. Публицистика жанрлари. – Тошкент: Ўқитувчи,1976.
3
Qarang: Асосий жанрлардан бири//Мухбир, 9-сон, -B. 33-34; Бир сонга еллик сатр. Газета жанрлари ҳақида
суҳбат// Мухбир, 1973, 1-сон,- B.30-32; Интервьюнинг катта оиласи// Мухбир, 1973, 3-сон,-B.30-31; мақола.
Жанр ҳақида суҳбат// Мухбир, 1975, 9-сон,- B. 32-33; Мақола устида қандай ишлаш керак? //Мухбир, 1975,
11-сон,-B. 34; Умиров С. Жанр масъулияти// Мухбир, 1975, 5-сон,-B. 34; Газетада обзор// Мухбир, 1975, 12-
сон,-B.36-37; Баҳодиров С. Област газеталарида очерк// Мухбир, 1976, 8-сон, -B.14-16; Викторов В. Ғаройиб
ва оғир жанр// Мухбир, 1977, 4-сон, -B. 39.
- 39 -
III. Badiiy-publitsistik janrlar: lavha, ocherk, feleton.»
1
Siyosiy matbuotda xabar, reportaj, hisobot, intervyu janrlari hayotimizdagi
siyosiy munosabatlarni atroflicha tasvirlashda katta ahamiyatga ega. Aniqlik,
ixchamlik, neytrallik ularning barchasi uchun xos xususiyatlardir.
Tilshunoslikning eng murakkab nazariy masalalaridan biri bo’lgan adabiy norma
va gazeta tilida unga rioya etish muammolari bo’yicha o’zbek tilshunosligida bir
qator fundamental ishlar amalga oshirilgan.
2
Matbuot tilini adabiy norma talablari nuqtai nazaridan tadqiq etishga doir
ishlar o’tgan asrning 70-yillarida yuzaga kela boshlagan. Ularning aksariyati o’sha
yillarda «Muxbir» jurnalida chop etilgan. Biroq ularda siyosiy matbuot tili tadqiqot
obekti bo’lmaganligi uchun biz bu haqda ayrim kuzatishlar olib bordik. Bitiruv-
malakaviy ishimizning keyingi paragraflarida shu haqdagi fikrlarimiz bayon
qilinadi.
«Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal qilish qonuniyatlaridan kelib
chiqib so’z tanlash imkoniyatlari uning leksik normasini belgilaydi. Umumxalq
tilidan o’sib chiqqan adabiy til unda mavjud bo’lgan so’z variantlaridan leksik
norma sifatida eng ma’qulini
−
hamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini
tanlab oladi, qolgan variantlar esa sheva va dialektlarda, sotsial guruhlar tilida
yashayveradi».
3
O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan keyin leksik norma
muammosiga bo’lgan e’tibor, ayniqsa, har qachongidan ham ortdi. 1989-1990-
yillar matbuotiga nazar tashlansa, yillar davomida erkin fikr bildirish, o’z ona tilida
bemalol so’zlash va ona tiliga mansub so’zlarni bemalol aytish va yozish
imkoniyati chegaralanib kelgan millatning ozod fikrlarini o’qish mumkin. Ayniqsa,
bu yillarda turli sohalar bo’yicha atamashunoslikda ham jiddiy yangilanishlar ro’y
1
Абдусаидов А.Газета жанрларининг тил хусусиятлари. Филол. фан. докт. автореф. - Тошкент, 2005,-B.11
2
Qarang: Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М. Адабий норма ва нутқ маданияти. - T.: Фан, 1983;
Маҳкамов Н. Адабий норма ва плеоназм. – T.: Фан, 1988; Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ
маданияти ва услубият асослари. – T.: Ўқитувчи, 1992; Қўнғуров Р., Каримов С., Қурбонов Т. Нутқ
маданияти асослари. - Самарқанд, 1-қисм, 1985; 2-қисм 1986; 3-қисм 1987. Бегматов Э., Маматов А. Адабий
норма назарияси. – T., 1-қисм 1997, 2-қисм 1998, 3-қисм 1999; Каримов С. Тил таълими ва меъёр. – T.:
A.Қодирий халқ мероси нашриёти, 2002.
3
Қўнғиров Р., Каримов С., Қурбонов Т. Нутқ маданияти асослари. - Самарқанд, 1985, 40-б.
- 40 -
berdi, olimlarning aynan shu sohaga bag’ishlangan bir qator maqolalari matbuotda
tez-tez chop etildi.
Siyosiy matbuot matnida leksik norma muammolari haqida so’z ketar ekan,
unga tizim jihatdan e’tibor qaratishga to’g’ri keladi, chunki keyingi yillarda g’arb
va rus tilshunosligida bo’lgani kabi o’zbek tilshunosligida ham tizimli
tadqiqotlarga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Bu tadqiqotlarning o’ziga xos
xususiyatlari shundaki, lingvistik faktlarga avtonom holda yondashmay, har
qanday hodisa ostida yashirinib yotgan mohiyatning ochilishiga e’tibor beriladi.
Tadqiqotchi diqqati ko’proq lingvistik hodisalar o’rtasidagi munosabatni yoritishga
qaratiladi.
«Maydon» atamasi qator fanlar doirasida mavjud bo’lib, lingvistikada
«ma’no» (mazmun) umumiyligi bilan birlashgan va belgilanayotgan hodisalarning
tushunchaviy, predmetlik yoki vazifaviy (funksional) o’xshashligini aks ettiruvchi
til birliklari (asosan leksik birliklar) yig’indisi maydon sifatida belgilanadi.
1
O’zbek tilshunosligida ham maydon talqini bilan bog’liq bir qator izlanishlar olib
borilmoqda
2
.
Yuqoridagi
tadqiqotlarda
belgilab
olingan
obektlarning
struktur
xususiyatlari yetarlicha tahlil etilgan. Bu sohada anchadan beri tadqiqot olib
borayotgan professor SH. Iskandarova «Til sistemasiga maydon asosida
yondashuv» nomli monografiyasida o’zbek tilidagi til birliklari misolida
personallik (shaxs), temporallik (zamon), lokallik (makon), shart va to’siqsizlik
singari mikro-maydonlarning ayrim belgilari to’g’risida o’z qarashlarini bayon
etgan
3
.
Ko’rsatib o’tilgan monografik tadqiqotlarga tayangan holda biz siyosiy
matbuotda qo’llangan matnlardagi til birliklarini maydon nuqtai nazaridan shartli
ravishda quyidagi mikromaydonlarga ajratdik:
1
Лингвистический енсиклопедический словарь – М.:СЭБ1990—с .380.
2
Qarang: Собиров А. Ўзбек тилининг лексик сатҳини системалар системаси тамойили асосида таҳлил этиш -
T.:2004; Мирзақулов Т. Морфем парадигматикаси ва синтагматикаси масалалари: Филол. фан. докт. дисс.
фвтореф. -Т., 1994.
3
Искандарова Ш. Тил системасига майдон асосида ёндашув. -T.: Фан, 2007 йил, 100-136-б.
- 41 -
1.
Siyosiy atamalar mikromaydoni: quyi, yuqori palata, parlament, oliy majlis,
modernizatsiya, siyosiy partiyalar, fraksiya, liberalizatsiya, konstitutsiya,
farmoyish, qaror, dastur, platforma, dasturilamal.
2.
Faoliyat mikromaydoni: qatnashmoq, ishtirok etmoq, nutq so’zlamoq, ovoz
bermoq, faoliyat olib bormoq, ta’minlamoq, faollikni oshirmoq, qo’shimcha
kiritmoq, baxtiyorman, zimmasiga yuklatilsin, unutmasligimiz lozim,
qo’llab-quvvatlamoq.
3.
Xabar mikromaydoni: xabar, axborot, luqma, tadbir, aks-sado, afsus, nuqtai
nazar, shoshilinchnoma, bong, maktub, tayanch, kafolat.
4.
Shaxs mikromaydoni: prezident, spiker, senat, senator, deputat, delegat,
nomzod, sharhlovchi, elektorat.
5.
Munosabat mikromaydoni: mushohada, mulohaza, muhokama, e’tirof,
nigoh, minnatdorchilik, aks-sado, afsus, talab, taklif.
6.
Holat mikromaydoni: ogohlik, hushyorlik, ziyraklik, loqaydlik, beparvolik,
sovuqqonlik, beg’amlik.
7.
Huquq mikromaydoni : ozodlik, ahillik, totuvlik, erkinlik, daxlsizlik,
saylash, saylanish, yashash.
8.
Axloq mikromaydoni: axloq, odob, fazilat, komillik, barkamollik, fozillik,
xushxulqlik, tavoze’, lafz, sahiylik, bag’rikenglik, samimiylik, xurmat-
e’tibor, xushmuomalalik, qonun va axloq, isnod.
9.
Ma’rifat mikromaydoni: savodxonlik, savodsizlik, siyosiy ma’rifat,
fuqarolik huquqi, siyosiy savodxonlik, siyosiy madaniyat, siyosiy saboq,
qonun va biz, siyosiy himoya, huquq nazariyasi, siyosiy talqin.
10.
Makon mikromaydoni: Oliy majlis, parlament, qonunchilik palatasi,
respublika, o’lka, mamlakat, okrug, siyosiy qo’riqxona.
Ko’rinadiki, siyosiy matbuot matnlarida qo’llanilgan til birliklario’ziga xos
mikromaydonlarni tashkil etadi. Bu maydonda siyosiy atamalar kattagina
foizni egallaydi. Siyosiy matn tilida bo’lgani kabi siyosiy matbuot matnida
ham atamalardan foydalanishda leksik norma qoidalari buzilayotganligining
guvohi bo’lish mumkin.
- 42 -
Siyosiy matnlarda faqat terminlargagina emas, balki boshqa so’z
turkumlariga oid so’zlarga ham alohida e’tibor qaratishga to’g’ri keladi. Chunki
siyosiy matndagi har bir so’z inson taqdiri bilan bevosita bog’liqdir. Shuning
uchun bu masalada huquqshunoslar bilan bir qatorda jurnalistlarga ham birday
mas’uliyat yuklatilgan. Zero, jurnalist o’quvchiga haqqoniy va xolis axborotni
yetkazish uchun butun kuch va mahoratini ishga solish lozim. Ayniqsa,
jinoyatchilik
bilan
bog’liq
voqea-hodisalar
matbuot
sahifalariga
olib
chiqilayotganida jurnalistlardan har bir jumla, har bir so’z ustida uzoq andisha qilib
ish tutish talab etiladi.
«Ommaviy axborot vositalari to’g’risida» gi qonunning 27-moddasiga
ko’ra, siyosiy yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan
haqiqatga to’g’ri kelmaydigan va o’zining sha’ni hamda qadr-qimmatiga dog’
tushiradigan ma’lumotlar bo’yicha raddiya berishni tahririyatdan talab etish va o’z
raddiyasini mazkur ommaviy axborot vositasi orqali e’lon qilishga haqli. Biroq
hozirgi paytda ayrim ommaviy axborot vositalarida jinoyat sodir etganlikda gumon
qilinayotgan shaxslarning ism-shariflarini yozish yoki «ismlar o’zgartirilgan» deb
ta’kidlash odat tusiga kirgan.
1
Ma’lumki, qonunchilikda aybsizlik prezumptsiyasi
tamoyili mavjud. Jurnalistning ijtimoiy haq-huquqi, burchi va majburiyati undan
imkon qadar xolis, to’liq va haqqoniy axborotni tarqatishni talab etadi. Ayni
paytda u sud hukmini oldindan «chiqarib qo’yish»ga urinmasligi lozim.
Siyosiy matbuot sahifalarida tez-tez ta’kidlab turilganidek, «siyosiy nashr-
haqiqiy nashr» bo’lmog’i, undagi har so’z o’z o’rni va o’z ma’nosida qo’llanishi
kerak.
O’zbek tilshunosligida frazeologizmlar va ularning publitsistik uslubda
qo’llanilishi haqida bir qator tadqiqotlar olib borilgan
2
bo’lsada, siyosiy matbuotda
qo’llaniladigan frazeologizmlarning o’ziga xos xususiyatlari tadqiqotchilar
nazaridan chetda qolib kelmoqda.
1
Misol uchun qarang: Норматов А., Мирзалиев И. Мудҳиш можаро// Адолат йўли, 2007 йил, 1 июнь.
2
Qarang: Маматов А. Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиши масалалари. Филол. фан. дакт. дисс.
автореф. - T., 1999; Абдусаидов А. Матбуот тилида окказионал фразеологизмлар // Ўзбек тили ва адабиёти,
2003, №4, 84-86-б. Абдусаидов А. Газета тилида фразеологизмлар. - Самарқанд, 1999.
- 43 -
Bizning siyosiy matbuot matnlari ustida olib borgan izlanishlarimizdan shu
narsa ma’lum bo’ladiki, siyosiy matbuot sahifalarida fikrni obrazli bayon qilish,
ta’sir kuchini oshirish maqsadida tilda mavjud bo’lgan iboralar ba’zan asl holicha,
ba’zan esa ayrim o’zgarishlar bilan qo’llanilmoqda. Jumladan: «Janjalli uydan
baraka ketadi»; «Muxbirimiz bong uradi»; «Tomdan tarasha tushganday»,
«Hafsalasi pir bo’lib»; «Nayrangga nuqta qo’yildi» ; «Taroziga qarab tosh qo’ygan
yaxshi»; «Qing’ir ish- keltirar tashvish» kabi.
Gazeta yoki jurnalda yozilgan narsani mutlaq to’g’ri deb qabul qilish
kishilar ongida o’rnashib qolgan edi. Bunga, bizningcha, quyidagi obektiv subektiv
faktorlarni sabab qilib ko’rsatish mumkin:
Gazeta va jurnallarda savodxonlikka jiddiy e’tibor qaratilar edi.
Mas’uliyatsizlik oqibatida o’tib ketgan imloviy yoki ishoraviy xato uchun o’sha
songa mas’ul bo’lgan musahhihdan tortib muharrirgacha jazolanar, xatto ishdan
bo’shatishgacha bo’lgan choralar ko’rilar edi. Bugun unday emas. OAV miqdori
kam, savodxonligi yaxshi edi. Bugun esa miqdor ko’p, savodxonlik yaxshi emas.
Matbuot faqat mafkurani emas, savodxonlikni ham targ’ib qilardi. Bugun
esa asosiy e’tibor mafkuraga qaratilib, savodxonlikka bo’lgan diqqat- e’tibor bir oz
susaydi.
Lotin alifbosiga asoslangan yangi o’zbek yozuviga bosqichma-bosqich
o’tish jarayonida krill yozuviga e’tibor pasayib, yangi yozuv qonun-qoidalarini
puxta o’zlashtirib olinmayapti.
Bu kabi jiddiy muammolar mutaxasislarni befarq qoldirayotgani yo’q,
albatta. Buni monografiya tarzidagi ishlardan ham, turli yillarda vaqtli matbuot
sahifalarida chop etilgan maqolalardan ham bilish mumkin.
1
1.
Gazetaning juda ko’p sonlarida bo’g’in ko’chirish qoidalari qo’pol
ravishda buzilmoqda. «XXI asr» ning 2011-yil sonlarida bosilgan bir
qator maqolalarni bunga misol qilib keltirish mumkin: ta-shqari, ma-vqei,
ay-tganda, Samarq-and, as-rdan, shunin-gdek … va boshqalar.
1
Qarang: Абдусаидов А.Газета жанрларининг тил хусусиятлари. Филол. фан. док. дисс. автореф. -T., 2005;
Маъруфова З. Ёзувда хатога йўл қўймайлик / / Мухбир, 1971, №4, -B 34; Узақов Ҳ. Имлода саводхон, ёзма
нутқда баркамол бўлайлик / / Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 1988 йил, 4 март.
- 44 -
2.
Hozirgi zamon davom felining qo’shimchasi –yapti o’rnida ko’pincha –
ayapti yozilish hollari kuzatiladi. Bu hol hatto sarlavhalarda ham ko’p
kuzatiladi: «Andijonda bolalarga bepul transport xizmati ko’rsatilayapti»
(28.05.2011);
«Janob
tadbirkor
sizni
markazda
kutishayapti»
(17.02.2011);
«Yoshlar
qanoti
o’z
imkoniyatlaridan
yetarlicha
foydanayaptimi» (24.02.2011).
3.
Paronim so’zlarni farqlamaslik oqibatida imlo qoidalari buzilmoqda.
Jumladan, «yondash» o’rnida «yondosh» yozilmoqda: «Ma’muriy
huquqni (aslida «huquqning» bo’lishi kerak) barcha va uni boshqa
institutlarga muvofiqligini ijtimoiy vazifasini aniqlashni prinsipial
yangicha yondoshuvini taqozo etadi».
4.
Juft so’zlarni chiziqchasiz yozish holatlari kuzatilyapti: «Mahalliy xom
ashyo negizida» (15.01.09)
5.
Matn ichida bosh harflar imlosi buzilmoqda: «Marhamat Matvafayeva,
Biologiya fanlari nomzodi» (5.08.09); «Mashina-traktor parki»ochiq
aksiyadorlik jamiyatining hisob raqamiga o’tkazdi. Va belgilangan tartib-
qoidaga asosan…» (29.10.09).
Tinish belgilari, xuddi harf kabi, u yoki bu til grafik sistemasining tarkibiy
qismi sanaladi. Juda ko’p ma’no ottenkalar tinish belgilari orqali ham ifodalanadi;
yozuvchining g’oya va maqsadini tushunishda ana shu tinish belgilari yordam
beradi. Birgina vergul yoki boshqa tinish belgisining o’rni almashtirilishi inson
hayot-mamoti hal qilinganligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan. Bunga misol sifatida
«O’lim, yo’q shavqat!» «O’lim yo’q, shavqat!» tipidagi gaplar asosida
keltiriladigan rivoyatlarni eslash mumkin. Shuning uchun olimlar tilning boshqa
normalariga rioya qilmaslik holatlariga alohida e’tibor qaratish bilan birga tinish
- 45 -
belgilarini to’g’ri qo’llash masalasiga ham qayta-qayta murojaat etganlar.
1
Bu
masalada matbuot sahifalarida ilmiy bahslarga ham kirishganlar.
2
Tinish belgilari, birinchi galda, mazmun talabi va publitsistik nutqda katta
ahamiyatga ega. Shuning uchun shoir va yozuvchilar, jurnalistlar tinish
belgilarining yozma nutqda tutgan o’rniga alohida e’tibor berganlar.
K. Paustovskiy «Oltin gul» kitobida shunday bir faktni keltiradi: Bir
boshlovchi yozuvchi Paustovskiyga yangi yozgan asarini olib keladi. Qo’lyozmani
bir jurnal redaksiyaga yuborganini, lekin bosilmay qaytarilganini eslatib,
shikoyatga ham o’tadi. Asarni Paustovskiy ham o’qiydi-yu, hech narsa
tushunmaydi: unda biron tinish belgisi qo’yilmagan ekan. Paustovskiy asarning
kerakli yerlariga tinish belgilarini qo’yib, jurnal redaksiyasiga yuboradi. U bosilib
chiqadi va katta shov-shuvlarga sabab bo’ladi.
3
Jurnalistlarning punktuatsiya qonun-qoidalarini yaxshi bilmasliklari yoki
e’tiborsizliklari tufayli siyosiy matbuot sahifalarida ham bir qator punktuatsion
xatolarga yo’l qo’yish hollari kuzatilmoqda.
Ularni umumlashtirgan holda quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Punktuatsiyaga oid deyarli hamma lingvistik adabiyotlarda qo’shma gap
qismlari orasida keladigan ammo, lekin, biroq, go’yo, chunki, shuning uchun,
natijasida, esa kabi bog’lovchilardan oldingi gapdan keyin vergul qo’yish qoidasi
aytilgan. Bu bog’lovchilardan keyin esa vergul ishlatilmaydi. Biroq tadqiqot
obektimiz bo’lgan gazeta sahifalarida bu qoida buzilayotganligini kuzatish
mumkin: «Ammo, Ishtixondek qishloq xo’jaligi rivojlangan tumanda davlat
siyosati darajasidagi muhim masalaga yetarli e’tibor berilmayapti» (29.10.09)
2. Zarur o’rinlarda, ayniqsa, sarlavhalarda tire qo’yilmagan: «Barkamol
avlod millat tayanchi» (21.10.09). bu gapning egasi – «avlod» so’zidan keyin tire
1
Бобоева А. Газета тилининг табиийлиги учун //1971, №1. -B 33; Рустамов Ҳ. Вергул ҳам маъно билдиради.
// Мухбир, 1976, №8, -B 38; Жуманазаров Э.Сарлавҳалар синтаксиси ҳақида.//Мухбир, 1971, №5; Назаров К.
Тиниш белгилари ва ёзма нутқ. - T.: Фан, 1974; Абдусамадов А. Газета тилида пунктуацион нормалар //
Журналистнинг тилдан фойдаланиш маҳорати. - Самарқанд, 2004. -B.77-79.
2
Рустамов Ҳ. Вергул ҳам маъно билдиради.// Мухбир, 1976, №8, -B 38.
3
Qarang: Рустамов Ҳ. Ўша асар, -B.38.
- 46 -
qo’yilishi kerak edi; «Til bilgan el bilar» gapida ham xuddi shunday xato
takrorlangan.
3. Darak mazmunidagi gaplardan keyin undov belgisi qo’yilishi hollari
kuzatiladi: «O’zbekiston karatechilari- eng kuchli!» (17.12.09).
Dostları ilə paylaş: |