Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati_______________________________ 

 

 



 

- 4 - 


  

K I R I SH 

 

 Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlab  aytganidek,  demokratik 



huquqiy  davlatni  va  adolatli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  sharoitida                  

«… matbuot, ommaviy axborot vositalari shunday qudratli kuchga aylanmoqdaki, 

o’z  kelajagini  o’ylaydigan  har  qaysi  xalq  va  millat  buni  sezmasligi,  his  etmasligi 

mumkin emas…»

1

 

Jamiyatimiz har bir a’zosi zimmasiga yuklatilgan bu mas’uliyatli vazifaning 



amalga oshishida soha mutaxasislari bilan bir qatorda boshqa kasb egalari, ayniqsa, 

ommaviy  axborot  vositalari  xodimlarining  ham  birday  faol  ishtirok  etishlarini 

jamiyat 

taraqqiyotining 

o’zi 

talab 


etmoqda. 

Binobarin, 

o’ziga 

xos 


murakkabliklarga  ega  bo’lgan  siyosat  tilida  ifodalangan  tushuncha,  mazmun  va 

mohiyatni  imkon  qadar  xalqqa  tushunarliroq,  ixcham  va  soddaroq  uslubda 

yetkazishda bu soha mutaxasislarining xizmati kattadir.  

Mazkur  ish  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  yo’lidan  dadil 

borayotgan  mamlakatimiz  aholisining  siyosiy  savodxonligini,  ijtimoiy-siyosiy 

bilimlarini  shakllantirishga  salmoqli  hissa  qo’shayotgan  siyosiy  matbuot  tili  va 

uslubiy  xususiyatlarini  tadqiq  etishga,  shuningdek,  lingvopolitologiya  va  siyosiy 

diskursning  o‘ziga  xos  tomonlarini  ochib  berishga  qaratilgan.  Bu  esa  bitiruv 

malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.  

Davr  taqozosiga  ko’ra  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanayotgan  va 

mukammallashib  borayotgan  siyosat  sohasi  hamda  ular  tilidagi  o’zgarishlar, 

xususan,  shunga  bog’liq  holda  gazeta  janrlarining  til  xususiyatlari  bo’yicha  bir 

qator  ilmiy  tadqiqot  ishlari  amalga  oshirildi.  Jumladan,  H.Dadaboev, 

Z.Xolmonova,  A.O’rozboev,  A.Abdullayev  kabilar  siyosiy  atamashunoslik  va 

ularning  o’zbek  tilida  ifodalanishi,  siyosiy  terminlar  lug’ati,  siyosat  tili,  ruscha 

siyosiy  atamalarning  istiqlol  davri  taraqqiyoti,  siyosat  tili  va  siyosatshunos  nutqi 

kabi mavzularda olib borganlar.  

                                                 

1

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008, 135-bet. 




 

- 5 - 


 G’arb  va  rus  tilshunosligida  gazeta  tili,  lingvosotsiologiya  bo’yicha 

tadqiqotlar ancha erta boshlangan.  

Turkiyshunoslikda  ham  bu  dolzarb  muammo  tadqiqi  bo’yicha  bir  qator 

izlanishlar olib borilgan. 

 O’tgan asrning 30-40 yillarida V.V. Reshetov, A.X. Borovkov, keyinchalik 

M.Mirzayev,  F.Abdullayev,  I.Rasulevlar  o’zbek  matbuoti  tilining  lisoniy 

xususiyatlarini  o’rganishga  bag’ishlangan  dastlabki  tadqiqotlarni  olib  borgan 

bo’lsalar,  A.Abdunazarov,  B.Turdaliyev,  M.  Rahmonov,  A.  Boboyeva, 

T.Qurbonov, G’.Karimov, A.Abdusaidov kabi olimlar publitsistik uslubning o’ziga 

xos  xususiyatlarini  o’rganishga,  G’.Mirzayev,  S.Xidirov,  N.Abdulazizovalar 

siyosiy tushunchalarning jurnalistika amaliyotida qo’llanilishi, istiqlol davri o’zbek 

matbuotiga bag’ishlangan izlanishlar olib bordilar.  

Lekin  siyosat  bilan  tilning  aloqadorligi  natijasida  jahon  tilshunosligida 

maydonga  kelgan  politolingvistikaning  asoslarini  ochib  berishga  qaratilgan  ishlar 

rus  tilshunosligida  mavjud  bo‘lsa-da

1

,  o‘zbek  tilshunosligida  hali  yetarlicha 



yaratilmagan.  

Bitiruv malakaviy ishidan ko’zlangan asosiy maqsaddan kelib chiqib, uning 

oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:  

- politolingvistikaning asoslarini o‘rganish; 

- siyosiy diskursning o‘ziga xos tomonlarini ochib berish; 

                                                 

1

 

Чудинов А. П. Россия в метафорическом зеркале: когнитивное исследование политической метафоры. 



Екатеринбург, 2001; Российская политическая лингвистика: этапы становления и ведущие направления. M., 

2003.


 // 

Устюгова Т.В. Феномен политического текста.

 

Алтунян А.Г. Анализ политических текстов: 



Учебное пособие. – М.: Университетская книга; Логос, 2006. – 384 с. // Волков А.Г. Использование 

политического текста институтами власти// 

http://www.nbuv.gov.ua/Articles/KultNar/knp47/knp47_140-42.pdf 

//

 Гаврилова М.В. Президентский дискурс как предмет политической лингвистики//Тезисы докладов. IV 



Всероссийский конгресс политологов «Демократия, безопасность, эффективное управление: новые вызовы 

политической науке». М., 2006. С. 63 – 65. // Гаврилова М.В. Лингвистический анализ политического 

дискурса // 

http://politanalysis.narod.ru/gavrilova3.html //

 Демьянов В.З. Интерпретация политического 

дискурса в СМИ// 

http://evartist.narod.ru/text12/09.htm //

 Репина Е.А.Политический текст как средство 

речевого воздействия//http://www.psyh-portret.ru/collection/ repina.html  

 

 




 

- 6 - 


-  siyosiy  matbuot,  uning  mundarijasi,  tili  va  uslubiy  xususiyatlarini  tadqiq 

etish;  


-  siyosiy  matbuot  tili  va  uslubiy  xususiyatlarida  sodir  bo’lgan  yangi  sifat 

o’zgarishlarini tahlil qilish;  

- siyosiy matbuot matnida leksik normaga amal qilish holatlarini o’rganish; 

 -  siyosatga  doir  tushunchalarning  jurnalistika  amaliyotida  qo’llanilishini 

tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etish;  

-  siyosiy  nashrlarda  orfografik  va  punktuatsion  norma  muammolarini 

o’rganish. 

Ushbu  ishning  tadqiqot  obektini  politolingvistikaga  doir  rus  tilshunosligida 

yaratilgan  ishlar,  respublikamizda  faoliyat  ko’rsatayotgan  siyosiy  partiyalar 

nashrlari, asosan, O’zbekiston liberal demokratik partiyasining «XXI asr»  gazetasi 

tashkil etadi. Shuningdek, mavzu bayonida respublikamizda va Farg’ona viloyatida 

chop  etilayotgan  boshqa  ayrim  gazetalar  va  Internet  yangiliklariga  ham  murojaat 

qilindi.  

 Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki asosiy bob, umumiy xulosa, foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ______ sahifani tashkil qiladi. 

 Istiqlol  tufayli  siyosiy  matbuotga  bo’lgan  e’tibor  tubdan  o’zgardi.  Milliy 

davlatchiligimiz,  siyosatshunosligimiz  qaytadan  shakllandi  va  to’xtovsiz 

rivojlanmoqda.  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  tomonidan  mazkur 

masalaga  jiddiy  e’tibor  qaratilmoqda.  Inson  huquqlariga  oid  qator  tadbirlarning 

amalga  oshirilishi,  qonun  hujjatlarining  yaratilishi,  sud-huquq  islohotlarining 

o’tkazilishi, siyosatshunoslikka oid darslik, qo’llanmalarning nashr etilayotganligi, 

ensiklopedik va ruscha-o’zbekcha izohli lug’atlarning yuzaga kelganligi fikrimizga 

dalildir.  

 Siyosiy  savodxonlikni  amalga  oshirishda  siyosiy  terminologiyaning  ham 

o’ziga xos o’rni bor. Binobarin, mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borish muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  ham  olimlar  ushbu  yo’nalishda  qator  ilmiy-

tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.  



 

- 7 - 


 Kuzatishlarimizdan  ma’lum  bo’ladiki,  tilshunos  olimlar  tomonidan 

siyosatshunosligimizni o’rganish bo’yicha bir qator jiddiy ishlar qilingan. Bundan 

tashqari, turli gazeta va jurnallarda gazeta tili, uning leksik, grammatik, orfografik 

va  punktuatsion  xususiyatlari  haqida  ham  maqolalar,  munozarali  chiqishlar, 

bahslar  berib  borilgan.  Birgina  jurnalistlar  uyushmasi  nashri  bo’lgan  «Muxbir» 

jurnalining  o’tgan  asrning  70-yillaridagi  sonlariga  nazar  tashlansa,  «Til  haqida 

suhbat»  rukni  ostida  turkum  maqolalar  berilganligining  guvohi  bo’lish  mumkin.

1

 



Alisher  Navoiy  nomidagi  Til  va  adabiyot  instituti  «O’zbek  tili  va  adabiyoti» 

jurnalining  2000-yillardan  keyingi  sonlarida  publitsistik  uslub  va  uning  til 

muammolariga bag’ishlangan bir qator maqolalar chop etilgan. 

2

  



Shunisi  e’tiborga  molikki,  biz  tanlagan  muammo  –  aholining  siyosiy 

madaniyatini yuksaltirish, siyosiy savodxonligini oshirishda matbuotning o’rni, bu 

muammoga  lingvopolitologik  va  lingvosotsiologik  aspektda  yondashish  masalasi 

keyingi  yillarda  birdaniga  paydo  bo’lib  qolmay,  o’ziga  xos  tarixga  egadir. 

Jumladan,  «Muxbir»  jurnalining  yetmishinchi  yillardagi  sonlarida  turkum 

maqolalar, shuningdek, «O’zbekiston matbuoti» hamda «O’zbek tili va adabiyoti» 

jurnalida  e’lon  qilingan  R.Rasulovning  «Tilga  e’tibor  ramzi»,  A.  Jo’rayevning 

«So’z  shamshir»,  H.  Tojimatovning  «Tilimiz  sofligi  uchun»,  S.Qorayevning 

«O’ynab yozsang ham, o’ylab yoz», N. Nurmuhammedovning «Tilimizning qonun 

qoidalariga  rioya  qilaylik»  maqolalari  fikrimizni  tasdiqlaydi.  Yuqoridagi 

maqolalarda  siyosiy  bilim  targ’ibotida  ommaviy  axborot  vositalarining  o’rni 

yoritilib,  ular  oldida  turgan  muhim  vazifalar  tahlil  qilib  berilgan  hamda  aniq 

takliflar kiritilgan.   

Mustaqillik  sharoitida  o’zbek  matbuoti  oldida  turgan  dolzarb  masalalar 

birinchi  navbatda  soha  mutaxasislarini  jiddiy  o’yga  toldirgani  va  uning  oldida 

                                                 

1

 Қаранг: Бобоева А. Газета тилининг баъзи грамматик-стилистик хусусиятлари ҳақида // Мухбир, 1976, №7, 



34-36-б; Рустамов Х. Вергул ҳам маъно билдиради// Мухбир, 1976, №8, 38-40-б; Муҳаммаджонова Г. Газета 

тили ва сўз бойлиги// Мухбир, 1976, №10, 30-31-б; Туропова М. Жумлалар пухта бўлсин// Мухбир, 1976, 

№11, 42-44-б. 

 

2



 Каранг: Алпонова С. Фитрат публистистикасида миллий истиқлол мавзуси//Ўзбек тили ва адабиёти, 2000, 

№2, 54-56-б; Жамилова Б.Истиқлол даври ўзбек болалар публицистикаси// Ўзбек тили ва адабиёти, 2003, 

№6, 74-76-б; Абдусаидов А. Матбуот тилида окказионал фразеологизмлар// Ўзбек тили ва адабиёти, 2004, 

№4, 84-86-б. 

 



 

- 8 - 


turgan vazifalarni chuqur anglab yetish masalasi, eng avvalo soha mutaxasislarini 

tashvishga solganligi Azim Suyunning «O’zbekiston ovozi» gazetasining 1998- yil 

15-oktyabr  sonida  bosilib  chiqqan  «Nima  qilmoq  kerak?»,  Ahmadjon 

Meliboyevning  «O’zbekiston  adabiyoti  va  san’ati»  gazetasining  1998-  yil  16- 

oktyabr  sonida  chop  etilgan  «Nimadan  boshlamoq  kerak?»,  shuningdek,  Xurshid 

Do’stmuhammadning  «Hurriyat»  gazetasining  1998-yil  21-sonida  chop  etilgan 

«Matbuot:  dardga  da’vo  bor»,  Nurboy  Jabborovning  «FIDOKOR»  gazetasining 

2002-yil  3-sentyabr  sonida  chop  etilgan  «Matbuot 

  adolat  minbari»  nomli 



maqolalari  sarlavhalar  mazmunidan  yaqqol  sezilib  turadi.  Kuyunchaklik  bilan 

yozilgan bu maqolalarda bu jamiyat 

 daraxt, matbuot shu daraxt shoхida yetilgan 



meva  ekanligi,  gazeta  bosmaxona  qaramog’ida  emas,  bosmaxona  gazeta 

qaramog’ida  bo’lishi  kerakligi,  gazeta  jamiyatda  ko’prik  vazifasini  o’tashligi, 

ommaviy  axborot  vositalari  yangicha  tafakkurni,  yangi  dunyoqarashni 

shakllantirishga xizmat qilishi zarurligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan. 

 Matbuot  sahifalarida  tilimizdagi  o’zgarishlar,  matbuot  tilidagi  yutuq  va 

kamchiliklarga  ham  alohida  o’rin  ajratib  kelinmoqda.  Jumladan,  Do’stmurod 

Abdurahmonning  «Vatan»  gazetasining  1992-yil  11-sonida  bosilgan  «Imloni 

buzmang,  u-qonun.  Ammo…»  nomli,  T.Ernazarovning  «Ma’rifat»  gazetasining 

2003-yil  28-iyun  sonida  bosilgan  «Tilimizdagi  o’zgarishlar:  u  jurnalistlarni  ham 

qiziqtirmaydimi?»  nomli,  A.Meliboyevning  «Milliy  tiklanish»  gazetasining  2005-

yil 28- oktyabr sonida chop etilgan «Xushtakni kim chaladi?» nomli maqolalarida 

aynan  matbuot  sahifalarida  uchrab  turadigan  loqaydlik,  sovuqqonlik,  beparvolik, 

balandparvozlik  kabi  illatlarga,  radio-  televideniye  ko’rsatuv  va  eshittirishlardagi 

bachkana reklama lavhalariga nisbatan tanqidiy fikr- mulohazalar ilgari surilgan.  

Biz tanlagan mavzuga aloqador bo’lgan bu kabi maqolalar miqdoran qancha 

ko’p  bo’lmasin,  siyosiy  matbuot  tili,  siyosiy  gazeta  va  jurnallarda  terminologiya, 

adabiy  norma,  uslubshunoslik  muammolariga  qay  darajada  rioya  qilinayotganligi 

ilmiy  jihatdan  tadqiq  etilmagan.  Shuning  uchun  ham  ushbu  bitiruv-  malakaviy 

ishimizda  aynan  mana  shu  masalaga,  ya’ni  bugungi  siyosiy  matbuot  tilining 

lingvosotsiologik xususiyatlariga ham e’tibor qaratildi.  




 

- 9 - 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin