Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
  

 

 


 

- 26 - 


II BOB: Publitsistik nashrlarda siyosiy atamalar. 

 

 2.1. Ommabop uslub haqida. 

 

 Ommaviy axborot vositalari uslubi publitsistik uslub sanaladi. Bu uslubning 



muhim  xususiyati  axborot  berish  va  ta’sir  qilish  bo’lib,  soddalilik,  tushunarlilik, 

ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. 

 Publitsistik  uslubning  ham  og’zaki  ham  yozma  shakllari  mavjud.  Radio-

televideniye  uslubi  publitsistik  uslubning  og’zaki  shakliga,  gazeta,  jurnal  uslubi 

esa  yozma  shakliga  xosdir.  Ayni  paytda  respublikamizda  696  ta  gazeta,  260  ta 

jurnal,  4  ta  axborot  agentligi,  65  ta  telestudiya,  36  ta  radiostansiya  faoliyat 

ko’rsatmoqda.  

 Publitsistik  uslub  jamiyat  faol  a’zosining  ijtimoiy-siyosiy  hayotga  bo’lgan 

munosabatini ifodalaydi.   

 Har  qanday  jamiyatning  u  yoki  bu  faol  a’zosi  o’zi  yashab  turgan 

jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-ma’daniy  hayotiga 

befarq  qaramaydi,  ularga  o’z  munosabatini  bildiradi.  Bu  munosabat  til  vositalari, 

ularning  imkoniyatlari  asosida  o’z  ifodasini  topadi.  Ana  shunday  munosabatini 

ifodalashni  ta’minlash  uchun  xizmat  qiladigan  nutq  ko’rinishlari  publitsistik  nutq 

hisoblanadi.  

 Publitsistika  so’zi  lotincha  bo’lib

ijtimoiy  yoki  xalq,  ijtimoiy  xalqchil 



degan ma’nolarni bildirgan. Publitsistik uslub ko’rinishlari ijtimoiy taraqqiyotning 

eng  qadimgi  davrlaridayoq  paydo  bo’la  boshlaganligini,  bu  ko’rinishlar  qadimgi 

notiqlar nutqlarida namoyon bo’lganligini olimlar ta’kidlaganlar.  

 Matbuot nutqi odatda, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, adabiy-

tanqidiy  mavzulardagi  ommaviy  nashrlarda,  ijtimoiy-siyosiy  jurnallarda,  barcha 

gazetalarda,  notiqlarning  nutqlarida,  radio  va  televideniye  chiqishlarida  namoyon 

bo’ladi.  Boshqacha  aytganda,  ana  shularning  nutqi  matbuot  nutqi  sifatida  tan 

olinadi.  Gazeta  nutqi  matbuot  nutqining  hozirgi  kundagi  eng  asosiy  ko’rinishidir. 

Chunki  gazeta  nutqida  ommaga 

murojaat  qilish,  undash,  qiziqtirish, 

rag’batlantirish, uyushtirish – umuman olganda, ta’sir etish yetakchi o’rinda turadi. 



 

- 27 - 


Ommaning  faolligini  oshirishda  u  nihoyatda  tezkordir.  Bunga  sabab  uning 

ommaviyligi,  tez  yetib  borishi,  tushunarliligi,  aniq-  lo’ndaligi,  hayot  bilan 

hamnafasligidir. 

 Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj, korrespondesiya,  maqola, 

ocherk,  feleton,  pamflet,  bosh  maqola  va  boshqalarning)  uslubiy  chegaralanishi 

ularning, eng avvalo, alohida lisoniy belgilarga ega ekanligida ko’rinadi. Ana shu 

lisoniy  belgilar  o’zbek  tilining  publitsistik  asarlarda  amal  qilishida  ma’lum 

ma’noda  yopiq  sistema  mavjud  ekanligiga  dalildir.  Bu  yopiq  sistema,  ya’ni 

chegaralanish  publitsistik  asarlar  tilining  uslubiy  o’ziga  xosligi  bo’lib,  o’zbek  tili 

vazifaviy  uslublari  doirasida  publitsistik  uslub  nomi  bilan  yuritilishiga  imkon 

beradi. 

 Xo’sh,  til  birliklarini  qo’llashda  o’ziga  xos  sistemani  tashkil  etuvchi 

publitsistik uslub qanday alohida lisoniy belgilarga ega va uning boshqa vazifaviy 

uslublarga aloqadorligi nimada? 

 Eng avvalo, bu uslubning boshqa vazifaviy uslublarga aloqadorligini ko’rib 

o’taylik.  U  til  birliklarining  obrazlilikni,  emotsional-ekspressivlikni  yuzaga 

keltirishga xizmat qilishiga ko’ra badiiy nutq uslubiga; ifodaning lo’nda va aniqligi 

hamda  atamalarning  faol  qo’llanilishi  bilan  esa  ilmiy  uslubga  yaqin  turadi. 

Ijtimoiy-siyosiy  masalalarni  ko’tarib  chiqishi,  tahlil  usuli,  mantiqiy  davomliligi, 

kitobxonni  ishontirish  kuchi,  ijtimoiy  masalalarni  hal  etishga  undashning 

kuchliligi,  o’ziga  xos  atamalarning  qo’llanishi  singari  xususiyatlar  publitsistik  va 

ilmiy uslubning o’xshash tomonlaridir.  

 So’z  va  atama  siyosiy  ma’nosining  badiiy  uslub  unsurlari  bilan  qorishgan, 

uyg’unlashgan holda ifodalanishi publitsistik nutqni yanada kuchaytiradi va uning 

ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, publitsistik uslub boshqa 

uslublardan  jiddiy  farqlarga  ham  egaki,  bu  farqlar  uning  o’ziga  xos  lisoniy 

belgilaridir. Adabiy tilimizning boyishida publitsistik uslubning roli katta. Chunki 

ijtimoiy-siyosiy  hayotimizda  ro’y  beradigan  voqea-hodisalar,  odatda,  birinchi 

navbatda publitsistik asarlarda o’z aksini topadi.  



 

- 28 - 


 O’zLiDeP  Siyosiy  Kengashi  ijroiya  qo’mitasi  va  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasidagi  partiya  fraksiyasi  a’zolari,  bank-moliya,  soliq  va  bojxona 

tashkilotlari vakillari, tadbirkor hamda fermerlar ishtirok etgan tadbirlarda asosiy 

e’tibor  kichik biznes va  xususiy  mulkchilik  subektlari faoliyatini  tartibga  soluvchi 

qonunlarni  tahlil  qilish,  ularni  yanada  takomillashtirish  bo’yicha  zarur 

tavsiyalarni  ishlab  chiqish,  shuningdek,  Konsepsiyada  o’rtaga  qo’yilgan  dasturiy 

masalalar yuzasidan aniq vazifalarni belgilab olishga qaratildi. (Kichik biznes va 

xususiy  tadbirkorlik 

  taraqqiyot  kafolati  «XXI  asr»  gazetasi,  2011-yil,  28-aprel, 



389-soni). 

 

Publitsistik  uslub  ijtimoiy-siyosiy  bilimlarni  targ’ib  qilish  va  keng  xalq 



ommasiga  yetkazuvchi  vosita  sifatida  bu  uslub  tilining  rang-barangligi  orqali 

kishilar ongiga ko’proq ta’sir etadi.

  

 

Bu  uslubning  yana  bir  xususiyati  shundaki,  unda  qisqalik  (lakonizm) 



markaziy  o’rinlardan  birini  egallaydi,  ya’ni  qisqa,  lo’nda,  tushunarli,  yorqin, 

ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. 

 Publitsistik  uslubda  gazeta  tili  alohida  o’rin  egallaydi.  Chunki  gazeta  va 

publitsistika  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’liq.  Shu  bilan  birga,  gazeta  uslubi 

publitsistik uslubning bir tarmog’i hisoblanadi. 

 Gazeta  ijtimoiy  hayotning  turli-tuman  sohalarini  to’la  qamrab  oladi. 

Ikkinchidan esa, uning sahifalarida xabardan tortib (maqola, reportaj, ocherk, bosh 

maqola, e’lon…) badiiy asarlardan parchalargacha beriladiki, bu ommaning barcha 

tabaqalariga ta’sir etishning, barchasiga tegishlilikni, tushunarlilikni ta’minlaydi.  

 Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy atamalarni o’zida mujassam etishi (xabar, 

ma’ruzalar,  turli  chiqishlar,  raportlar,  tabriknomalar,  qarorlar,  hukumat  notalari) 

bilan  rasmiy  ish-qog’ozlari  uslubiga  yaqinlashgandek  bo’ladi.  Rasmiy-ish 

qog’ozlari  uslubiga  xos  so’z  va  atamalar  publitsistik  uslubda  ham  uchrab  turadi, 

ba’zilari esa faol qo’llanishi ham mumkin. 

  


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin