Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
xalq  irodasi  va  shu  kabilar.  Agar  biz  «xalq»so’zini  uning  asosiy  ma’nosida 

qo’llasak,  «mamlakat  aholisi,  davlatda  yashovchilar»,  aynan  shuni  umummilllat 

miqyosidagi  siyosatchilardan  kutishimiz  kerak  va  biz  ixtiyorsiz  ravishda  turli 

ijtimoiy  guruhlarga  mansub  bo’lgan,  turlicha  qarashlar  va  manfaatlarga  ega 

bo’lgan millionlab odamlarni nazarda tutamiz. Biroq aynan mana shu narsa siyosiy 

diskursda  e’tiborsiz  qoldiriladi.  Ularning  nuqtai  nazaricha,  xalq  «super-ego» 

sifatida turlicha fikr, qarashlar, qadriyatlarga ega bo’lmasligi kerak. Siyosatchining 

fikricha  faqatgina  mamlakat  rahbarlari,  shaxsan  ularni  va  hokimiyat  partiyasini 

qo’llab-quvvatlaganlarni  xalq  deb  atash  mumkin;  shu  munosabat  bilan 

boshqarayotgan  rejimga  qarshi  aytilgan  har  qanday  tanqid  xalqqa  nisbatan 




 

- 13 - 


xurmatsizlik  deb  baholanadi.  Rasmiy  nuqtai  nazardan  o’zgacha  qarashga  ega 

bo’lgan,  hokimiyatning  yoki  faraz  qilingan  dushmanlari,  bular  «begonalar», 

ma’lum  davrlarda  «xalq  dushmanlari»  hisoblaganlar  va  xalqning  to’la  huquqli 

vakillari hisoblanmaganlar. Demak, siyosatchilar o’z manfaatlarini ko’zlab ko’plab 

til birliklarining ma’nosini, eng avval leksik ma’nosini o’zgartiradilar.  

Shunday  qilib,  til  o’yini  so’z  semantikasini  o’zgartirilishi  asosiga  qurilishi 

mumkin:  xalq  va  aholi,  xalq  va  elektorat.  Har  ikki  juftlikda  xalq  so’zi  ma’nosi 

o’zgartiradi,  qo’shimcha  ma’no  kasb  etadi:  birinchi  munosabatda  bo’lgan 

obektlarga,  ijobiy  yoki  neytral  munosabatni  shakllantirishga  ehtiyoj  bo’lganda, 

ya’ni modallik aylana o’qini so’lga siljitish orqali. Bu maqsadda neytral yoki ijobiy 

konnotatsiyali so’zlardan foydalaniladi.  

Til  materiallari  tahlili  zamonaviy  bosqichda  siyosiy  tilga  ekstralingvistik 

omillar,  ayniqsa  jahon  siyosiy  tizimidagi  omillar  ta’sir  ko’rsatmoqda.  Hozirgi 

paytda  negativ  konnotatsiyali  yumshoqroq  leksikadan  ko’ra,  peyorativ  leksika 

ko’proq  qo’llanilmoqda.  Misol  tariqasida,  qalang’i  qasang’ilar,  malay,  yugurdak 

kabi  so’zlar,  ko’plab  fikrlar.  Masalan,  Fradkov  (Rossiya  federatsiyasining  sobiq 

bosh  vaziri)  o’z  vazirlariga  quyidagicha  maslahat  berdi:  «Suv  yuzasida  suzib 

yuradigan narsalarni saralab olish kerak».  

Negativ  (salbiy)  konnotatsiyali  so’zlar  ham  ko’proq  ishlatilmoqda,  bundan 

quyidagi  xulosalarni  chiqarish  mumkin:  ijtimoiy-siyosiy  leksikada  negativ 

konnotatsiyali so’zlarning ustunlik qilishi, xavfli lingvistik sindrom (biror kasallik 

uchun  xarakterli  alomatlar  majmui)  bo’lib,  xalqning  ijtimoiy  va  ma’naviy 

hayotidagi  jiddiy  deformatsiya  (shakliy  o’zgarish)  lardan  dalolat  beradi.  Mashhur 

ruhshunos,  faylasuf  E.Fromning  kuzatishlarida  nemis  jamiyati  yaxshi  tomonga 

o’zgarganligi  sababli,  Marksning  keksalik  davridagi  tilida  tajavvuzkorlik, 

emotsionallik anchayin susayganligi ta’kidlangan.  

U  yoki  bu  so’zning  konnotatsiyasi  va  modalligini  o’zgartirishda 

evfemizmlar  (yorqin  baholovchi  komponentga  ega  bo’lmagan  so’zlar)  yordam 

beradi: «Arzon patetika (nutqdagi ko’tarinkilik) va sulloh vatanparvarlik to’lqinlari 

partiya bochkalaridan hamon oqib chiqmoqda»…  




 

- 14 - 


Ko’pincha  siyosatchilar  tomonidan  ishlatiluvchi  so’zlar  dennotat  sohasida 

mos  kelsada,  konnotatsiya  bo’yicha  farqlanadi:  separatchilar  va  xaloskorlar, 

kontrterrorchilik  operatsiyasi  va  urush.  M.N.Epshtyn  ularni  o’zaro  sinonimiya 

munosabatlarida  bo’lgan  pragmemelar  deb  ataydi.  Yana  bir  misol:  bir  davlatning 

boshqasiga  qarshi  harbiy  harakatlari  natijasida  hokimiyat  almashsa,  bu  voqeaga 

munosabatdan kelib chiqib  uni ozod  qilish, bostirib kirish, okkupatsiya,  agressiya 

deb  ham  atash  mumkin,  ya’ni  gapirayotgan  uchun  qaysi  taraf  «o’z  dunyosiga» 

aylanishiga qarab.  

Bunda faqat konnotatsiya sohasida farq paydo bo’ladiki, shuningdek, asosiy 

ma’no o’zgaradi, shu bilan birga bu farqlar birinchi planga chiqadi, demak ularning 

konnotativ  ma’nosi  xiralashadi.  Misol  uchun  biz  Rossiya  yoki  Belorusni 

demokratik  yoki  totalitar  davlat  deb  atashimizga  qarab,  ushbu  mamlakatlardagi 

siyosiy  vaziyatdan  xabardor  bo’lmagan  adresat  ular  haqida  qarama-qarshi 

tasavvurda  bo’ladi,  chunki  ushbu  tushunchalar  ortida  ijtimoiy  hayotning  barcha 

qarama- qarshi jihatlari turadi.  

So’zlar  bilan  o’yin  qilgan  siyosatchi  «qora–yaxshi  niqoblangan  oq» 

ekanligini  isbot  qilib  beradi,  ya’ni  o’z  isbotini  «X  bu  U»  formulasi  bo’yicha 

quradi.  Ular  (KPRF)  da  o’z  layoqatliliklarini  isbotlash  yetarlicha  vaqt  bor  edi, 



ular  Yalmog’iz  kampir  qanchadan  buyon  bo’lgan  bo’lsa,  shunchadan  buyon 

mavjud (D.Rogozin).  

Shunday  qilib  leksik  manipulyatsiyalar  siyosiy  diskursda  yoki  so’z 

ma’nosini  o’zgartirib  yoki  ob’ektlarni  belgilash  uchun  ma’lum  so’zlarni  tanlab 

olish  bilan  o’zini  faol  namoyon  qiladi.  So’zning  semantik  qurilishidagi  bunday 

o’zgaruvchanlik, 

konnotatsiyalarni 

asosiy 

ma’nolardan 

ajratib 

olishdagi 

qiyinchiliklar, 

bu 


ma’nolarning 

variantliligi, 

obektivni 

subektiv 

bilan 

almashtirishdagi  erkinlik  va  aksi  siyosatchilar  tomonidan  bilib  turib  atayin 



qo’llaniladi. Bularning barchasi siyosatchilar nutqida demagogik suiste’molga olib 

kelishi mumkin. Buni so’z o’yini deb bo’ladimi? Ularni so’z bilan o’ynashish desa 

to’g’riroq bo’lar edi, chunki oqibati juda jiddiy bo’ladi. 

  



 

- 15 - 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin