Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
lingvostatistika  (til  sistemasi  va  nutq  hodisalarini  statistik  metodlar  qo’llab 

o’rganuvchi soha)



2

, lingvopragmatika (gapdan anglashilgan mazmun bilan sub’ekt 

munosabatiga  daxldor  soha)

3

  kabi  terminlar  qolipida  yasalgan  tilshunoslik  va 



sotsiologiya  fanlarining  tutash  nuqtasidagi  bir  soha  bo’lib,  u  tilning  jamiyat 

hayotiga ta’sirini o’rganadi.  

Siyosiy  matbuot  tilini  aynan  shu  soha  yo’nalishida  tadqiq  etishni 

tanlaganimizning  boisi  shundaki,  siyosiy  matbuotdan  ko’zlangan  bosh  maqsad 

leksik,  grammatik,  uslubiy  hamda  o’ziga  xos  ekstralingvistik  belgilari  (xolislik, 

qat’iylik, rasmiylik, aniqlik, qisqalik, shaxssizlik, mantiqiy izchillik)

4

 bilan boshqa 



nutq uslublaridan sezilarli darajada farqlanadigan qonun tilini xalqqa sodda, ravon 

va  tushunarli  tilda  yetkazib  berishdan,  shu  yo’l  bilan  ularning  siyosiy  ongini 

oshirishdan  iboratdir.  Bitiruv-malakaviy  ishdan  ko’zlangan  maqsad  esa  mana 

shunday mas’uliyatli vazifani o’z zimmasiga olgan siyosiy matbuot o’z vazifasini 

qay  darajada  oqlay  olayotganligini  lingvosotsiologik  nuqtai  nazardan  tadqiq 

etishdir.  

                                                 

1

 Qarang: 



www.nir.ru/sj/sj/sj3-01

 khaz. html 

2

 Ҳожиев А . Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати. -Т.: Ўкитувчи, 1985, 51-б. 



 

3

 Ҳакимов М. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини Филол. фан. док дисс. автореф. - Т., 2001, 14-б.  



 

4

 Кўчимов Ш. Ўзбекистон Республикаси қонунларининг тили. Филол. фан. номз. дисс. автореф.- Т., 1995, 6-



б. 

 



 

- 18 - 


 Mustaqillikdan  so’ng  ijtimoiy-  siyosiy  hayotning  boshqa  sohalari  qatori 

ommaviy  axborot  vositalari  (bundan  buyon  –  OAV)  faoliyatini  ham  tubdan 

yangilanish 

jarayoni 

boshlandi. 

Buning 


asosiy 

sababi


O’zbekistonda 

shakllanayotgan  siyosiy-demokratik  o’zgarishlar  o’zbek  jurnalistikasi  hamda 

matbuoti zimmasiga qator yangi vazifalarni ko’ndalang qo’ydi. Jumladan, matbuot 

oldida  yangi  jamiyat  va  uning  mohiyati,  olib  boriladigan  islohotlar,  ularning 

yo’nalishi  va  bosh  maqsadi,  respublika  hayotida  vujudga  kelgan  ijtimoiy-siyosiy 

jarayonlar  mazmunini  fuqarolarga  ro’y-rost  ochib  berishdek  mas’uliyatli  vazifa 

paydo  bo’ldi.  Shuningdek,  istiqlolning  milliy  qadriyat  ekani,  u  ham  boshqa 

qadriyatlar  singari  o’sib-o’zgarib,  boyib  boruvchi  ma’naviy  boylik  ekanini  keng 

jamoatchilikka  yetkazmoq,  fuqarolarni  mustaqillikni  mustahkamlash  hamda 

islohotlar uchun kurashishga da’vat etmoq zarurati yuzaga keldi.   

       Buning  uchun  shaklan  va  mazmunan  yangi  matbuotning  o’zini  barpo  etish 

lozim bo’lib qoldi. Kun tartibiga ko’tarilgan mustaqillik matbuotining o’zi qanday 

bo’lishi,  xususan,  u  qanday  tamoyillar  asosida  faoliyat  yuritishi  kerak,  degan 

masala  ham  g’oyat  dolzarblik  kasb  etdi.  Chunki  sobiq  ittifoq  davridan  qolgan 

matbuot  partiya  yakkahokimligiga  asoslangan  kuchli  siyosiy  tuzumning  minbari 

hisoblanib,  qattiq  nazorat  (senzura)  ostida  ishlar,  g’oyaviylik,  partiyaviylik, 

sinfiylik  uning  asosiy  tamoyillari  hisoblanar  edi.  «Sotsialistik  turmush  tarzi»  deb 

ataluvchi  qolipga  zid  yoki  bu  g’oyaga  begona  bo’lgan  maqola,  material  albatta 

chop  etilmas,  umuman,  sobiq  sho’rolar  jurnalistikasida  hayotni  biryoqlama, 

bo’yab-bejab  ko’rsatish,  «umuminsoniy  qadriyatlarni  targ’ib  qilish»  bahonasida 

ularga  keng  o’rin  berilib,  milliy-ma’naviy  qadriyatlar  va  madaniy  merosga 

mensimay qarash kayfiyati kuchli edi.  

      G’oyaviy  va  mafkuraviy  jihatdan  qolipda  bo’lgan  matbuot  tili  ham  o’ziga 

yarasha,  ya’ni  siyqasi  chiqqan,  hadeb  takrorlanaverib,  odamlarning  medasiga 

tekkan shablon gap va iboralardan iborat edi.   

     Mustaqillikdan keyingi qisqa davr ichida milliy matbuotimiz o’ziga xos tarixiy 

rivojlanish  yo’lini  bosib  o’tdi.  Ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatiga 

mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab e’tibor kuchaydi. Zero, bunday jiddiy 



 

- 19 - 


munosabat  g’oyat  tabiiy  hol  bo’lib,  birinchidan,  dunyoning  deyarli  barcha 

mamlakatlarida  OAV  jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  siyosiy  hayotida  yetakchi 

o’rin tutadi. Ikkinchidan, gazeta-jurnallar, radio- televidenie har bir davlatda omma 

bilan hokimiyat o’rtasida o’ziga xos ko’prik 

 aloqa vositasi, oshkoralik ko’zgusi, 



haqiqat  jarchisi  bo’lib  xizmat  qiladi.  Ushbu  hayotiy  haqiqatni  chuqur  tushunib 

respublikamiz  rahbariyati  OAV  va  ularda  xizmat  qilayotgan  ijodkorlarning  erkin, 

keng  qamrovli,  oshkora  faoliyat  ko’rsatishlari  uchun  zarur  bo’lgan  barcha  shart-

sharoitlarni  yaratishga  katta  ahamiyat  berib  kelmoqda.  Jumladan,  avvalo, 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  III  bo’limida  maxsus  XV  bob 

ajratilib,  undagi  67-moddada  «Ommaviy  axborot  vositalari  erkindir  va  qonunga 

muvofiq  ishlaydi.  Ular  axborotning  to’g’riligi  uchun  belgilangan  tartibda 

javobgardir. Senzuraga yo’l qo’yilmaydi» deb belgilab qo’yildi.

1

   


     Asosiy  qonundagi  ana  shu  so’zlarda  yangi  shakllanayotgan  matbuotning 

islohotlar  davriga  xos  asosiy  tamoyillari  ifodalab  berildi.  Ya’ni,  haqiqiy 

demokratik  matbuot  chindan  ham  erkin  bo’lmog’i,  jamiyatdagi  o’zgarishlarga 

yuqoridan yoki chetdan qilingan ko’rsatmalar bilan emas, balki o’z fuqarolik burch 

va  vijdoni  amri  bilan  yondashmog’i  hamda  baho  bermog’i  zarur.  Binobarin, 

Asosiy  Qonundagi  yuqoridagi  so’zlar  bilan  yangi  matbuotning  asosiy  belgilari 

ya’ni  biron-bir  g’oyaga  yoki  mafkuraga  qaram  emasligi,  erkin  faoliyat  yuritish 

huquqiga  egaligi,  haqqoniyligi  uchun  belgilangan  tartibda  javobgarligi  kafolatlab 

berildi.  

     Biroq mustaqillikni mustahkamlash oson bo’lmaganidek, yangicha tafakkur va 

tamoyillarga  asoslangan  OAV  ni  yuzaga  keltirish  ham  katta  mehnat,  tinimsiz 

izlanishlar  talab  qildi.  Jumladan,  mamlakatimiz  rahbarining  respublikada 

demokratik  siyosiy  jamiyat  asoslari  faol  ravishda  vujudga  keltirila  boshlagan  bir 

paytda, ya’ni 1992- yilda e’lon qilingan «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot 

yo’li»  asarida  ta’kidlanganidek,  ijtimoiy  va  ma’naviy  sohada  qilinadigan  ishlar 

qatorida  «ijodning  barcha  turlarini  rivojlantirish,  odamlarning  iste’dod  va 

qobiliyatlarini  namoyon  etish  uchun  shart-sharoitlarni  yaratish,  ma’naviy  mulkni 

                                                 

1

 Ўзбекистон Республикаси Конститутсияси, 67-модда. - Т.: Ўзбекистон, 2003, 13-б. 




 

- 20 - 


himoya  qilish»  vazifasida  alohida  belgilab  qo’yildiki,  shubhasiz,  bu  fikrlar  OAV 

ga ham bevosita taalluqli edi.

1

   


Yangicha OAV ning shakllanish jarayoni milliy o’zbek adabiy tilini yanada 

rivojlantirish,  shu  bilan  birga,  fuqarolar  siyosiy  ongi  va  madaniyatini 

yuksaltirishdek, muhim vazifalar bilan uzviy bog’liq holda sodir bo’ldi. Boshqacha 

aytganda,  matbuotdagi  tarkibiy  o’zgarishlar  adabiy  tilimiz  ravnaqi  uchun  kurash 

hamda  inson  huquqlari  uchun  qonuniy  asoslar  yaratish  jarayoni  bilan  o’zaro 

uyg’unlik kasb etdi. «Hozirgi paytda qabul qilingan qonunlar va qonunlar hujjatlari 

ijrosi  ustidan  jamoat  nazoratini,  davlat  hamda  mansabdor  shaxslarning  faoliyati 

ustidan  nazoratni  amalga  oshiradigan  mexanizm  sifatida  ommaviy  axborot 

vositalarining  mavqeini  kuchaytirish  zarur.  Ayni  shu  ommaviy  axborot  vositalari 

jamiyatimizning  demokratik  qadriyatlarini  va  tushunchalarini  himoya  qilishi, 

odamlarning  siyosiy,  siyosiy  va  iqtisodiy  ongini  shakllantirish  bo’yicha  faol  ish 

olib borishi lozim»

2

   


OAV  oldiga  jamiyat  taqdiriga  daxldor  dolzarb  masalalarni qo’ygan  mazkur 

tarixiy  ma’ruza  (1999-yil)  dan  keyin  matbuot  va  axborotga  talab-  ehtiyoj  yanada 

kuchaydi,  aholi  turli  qatlamlarining,  avvalo,  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodning 

bilim,  ma’naviy  va  madaniy  saviyasini  oshirish  manfaatlaridan  kelib  chiqib 

OAVni,  noshirlik  ishlari  va  matbaachilikni  keng  miqyosda  rivojlantirish  kun 

tartibiga  chiqdi.  Buning  uchun  esa  so’z  va  matbuot  erkinligini,  oshkoralikni 

jamiyatda  o’tkazilayotgan  islohotlarning  ochiqligini  ta’minlash,  binobarin,  OAV 

faoliyatini  erkinlashtirish  zaruriyati  yuzaga  keldi.  Masalaning  boshqa  yana  bir 

muhim  tomoni

mustaqillikdan  so’ng  til  va  tilshunoslik  sohasida  ham  islohotlar 



o’tkazish zarurati yuzaga kelgan, garchi davlat tili maqomiga ega bo’lsa ham, rus 

tili  va  boshqa  tillardan  ko’plab  so’zlarning  qabul  qilinaverishi  natijasida  tilimiz 

qorishiq  holga  kelgan,  mavjud  adabiy  normalar  buzilgan  edi.  Bu  ko’ngilsiz 

manzara,  tabiiyki,  birinchi  navbatda  OAV  tilida  namoyon  bo’la  boshlagan  edi. 

Holbuki, matbuot tili namunaviy til sifatida jamiyatdagi milliy adabiy tilga bo’lgan 

                                                 

1

. Каримов И.А.Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.- Т.: Ўзбекистон, 1996, 48-б. 



2

 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. T.: Ўзбекистон,1999, 30-б. 




 

- 21 - 


munosabatlarni  boshqarishi,  til  sofligi,  ta’sirchanligi,  aniqligi  uchun  kurashmog’i 

lozim edi.   

Erkinlashtirish nima? Prezidentimiz nima uchun OAV oldiga erkinlashtirish, 

hokimiyatning  to’rtinchi  tarmog’i  bo’lish  vazifalarini  qo’ymoqda?  «Chunki 

ommaviy  axborot  vositalari  erkin va  mustaqil  bo’lgandagina har  qanday  ijtimoiy, 

siyosiy,  iqtisodiy  va  jamiyat  hayoti  bilan  bog’liq  boshqa  barcha  jarayonlar 

to’g’risidagi  haqiqat  ifoda  etilishi  mumkin.  Ommaviy  axborot  vositalarining 

erkinligi  va  mustaqilligini  kafolatlash  va  shu  orqali  turli  muammolarni  keng 

jamoatchilik  bilan  muhokama  qilish,  odamlarga  o’z  fikrlarini  erkin  bildirishiga 

kengroq yo’l ochish jamiyatni erkinlashtirishning asosiy tamoyillaridan biridir».

1

  

 Jurnalist  va  adib  X.Do’stmuhammad  yozganidek:  «Demokratiya  va 



farovonlikni  oshkoraliksiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi.  Xususan,  davlat  tizimini 

fuqarolarning  o’z-o’zini  boshqarish  tizimiga  o’tkaza  borish  orzusida  yashayotgan 

hech bir kishilik jamiyati oshkoralikni o’rnatmay turib, bu niyatiga erisha olmaydi. 

Chunki  demokratik  jamiyatning  bosh  belgisi  fuqaro  boshqaruvidir.  Hamonki, 

fuqaro  boshqaruvi  shakllandimi,  demak,  jamiyatni  nazorat  etish  ham  fuqaro 

zimmasiga tushadi. Jamoat nazoratining sinalgan va qulay vositasi esa – ommaviy 

axborot vositalari!».

2

  



 Demak,  OAV  o’z-o’zidan,  birdaniga  erkin  bo’lib  qolmaydi.  So’z  va 

matbuot  erkinligi  jamiyatning  o’ziga,  o’z-o’zini  boshqarish  kabi  demokratik 

tamoyillarga,  fuqarolarning  erkinlik  va  demokratiyani  qay  darajada  his  etish  va 

hurmat  qilish  ko’nikmalariga  tayanadi.  Binobarin,  erkinlashmagan  jamiyatda  har 

qanday  OAV  ning  so’zi  puch  bo’lib  qolaveradi.  Bu  o’rinda  ta’kidlash  lozimki, 

matbuotdagi oshkoralik shunchaki yuzaki gap yoki tashqi belgi bo’lib qolmay, har 

tomonlama asoslangan, sohaning ijobiy va salbiy tomonlarini teran anglagan holda 

shakllangan axborot bo’lmog’i lozim.  

 Prezidentimizning  mazkur  ma’ruzasi  hamda  unga  asosan  2002-yil  12- 

dekabrda qabul qlingan «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida» gi 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. T.: Ўзбекистон,1999, 173-б.  



2

 Х.Дўстмуҳаммад. Ҳурликнинг жозибаси ва юки. Ҳуррият, 2002, 11 сентябрь.  




 

- 22 - 


Qonunning hayotimizga kirib kelishi natijasida mamlakatimizda erkin matbuotning 

siyosiy  poydevoriga  asos  solindi  va  ushbu  yilni  ommaviy  axborot  vositalari 

hayotida tub burilish yili deb e’tirof etildi.

1

 Undan keyingi yillarda e’lon qilingan 



«Axborotlashtirish  to’g’risida»  gi  Qonun  (2003-yil  11-dekabr)  va  «Ommaviy 

axborot  vositalari  faoliyatini  yanada  demokratlashtirish  sohasidagi  islohotlarning 

ustuvor  yo’nalishlarini  amalga  oshirish  Konsepsiyasi»  bu  yo’nalishda  olib 

borilayotgan ishlarni tartibga soldi, OAV sohasini boshqarish va mustaqil faoliyat 

yuritishini, istiqbolli rivojlanish yo’llarini belgilab berdi.

2

   



Ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatidagi  tarixiy  burilish  vujudga 

keltirayotgan  o’zgarishlarni  bir  qator  markaziy  nashrlarda  keyingi  yillarda  sodir 

bo’layotgan o’zgarishlar misolida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Chunonchi, avvalo, 

gazeta-jurnallar 

o’z 

faoliyat 



yo’nalishiga 

tanqidiy 

yondashib, 

ijodiy 


munosabatlarini  takomillashtira  borib,  ijtimoiy-siyosiy  masalalarga  asta-sekinlik 

bilan bo’lsada o’z nigohi, mustaqillik davri talablari bilan yondasha boshladi.  

 Vaqtli nashrlarning tili va uslubida, rukn va sarlavha tanlashda, ko’tarilgan 

masalalarni xalqqa tushunarli, ta’sirchan ommabop shakl va usullarda yetkazishda 

bir  qator  ijobiy  o’zgarishlar  yuzaga  keldi.  Matbuot  tili 

  jamiyatning  namunaviy 



tili.  Jamiyat  hamisha  undan  andoza  olgan,  undan  o’rgangan,  unga  moslashishga 

intilgan. Shu sababli, matbuot tili va undagi o’zgarishlar hamisha ziyoli, hur fikrli, 

ma’rifatparvar  odamlarning  diqqat  nazarida  bo’lgan.  Binobarin,  matbuot 

zimmasiga  o’z  tilining  namunaviyligini  saqlab  qolgan  holda,  adabiy  tildagi  ilg’or 

o’zgarishlarni  o’z  vaqtida  o’zlashtirish  hamda  ularni  qo’llab-quvvatlash 

mas’uliyati  ham  yuklangan  bo’ladi.  Ana  shu  haqiqatni  his  etgan  holda,  adabiy  til 

va  matbuot  tili,  ulardagi  ijobiy  va  munozarali  masalalar  muhokama  maydoniga 

aylandi.


3

  

  



                                                 

1

 Misol uchun qarang: Ҳакимов Ж. Мустақил, ўз-ўзини таъминлайдиган босма ОАВни ривожлантириш 



йўлида // Фуқаролик жамияти, 2006, №4, 22-27-б.  

2

 Ўзбекистон Руспубликасининг «Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонуни. // Хўжалик ва ҳуқуқ, 2004 йил, 



№4,3-8-б.; ОАВ фаолиятини янада ривожлантириш соҳасидаги ислоҳотларнинг устувор йўналишларини 

амалга ошириш Консепцияси // Фуқаролик жамияти (махсус сон) //2007 йил, 16-20-б. 

3

 Bu haqda qarang: Абдусаидова А. Журналист маҳорати // Ўзбекистон матбуоти. 2003, № 3, 5-7-б.; Ғафуров 



И.Вақт – учиб бораётган қуш / ҲУҚУҚ, 2003 йил, 5 февраль; Йўлдашев Б. Тил таҳлили// Ўзбекистон 

матбуоти, 2003, № 3,18-19 б. 




 

- 23 - 


     Gazeta  janrlari  miqdoriy  jihatdan  ko’payib,  ularga  xos  bo’lgan  aniqlik, 

operativlik  (tezkorlik),  umumlashtirish,  ixchamlik  talablariga  ijobiy  javob  bera 

oladigan  axborot  materiallari  ko’paydi.  Gazetxon,  jurnalxonlar  bilan  ochiq 

muloqotlarga,  ayniqsa,  siyosiy  mavzudagi  dialog,  muloqotlarga  ehtiyoj  katta 

ekanligi  ma’lum  bo’ldi.  Bahs,  dialog,  davra  suhbati,  munozara  kabi  publitsistik 

janrlarga tez-tez murojaat qilinishi odatiy tus oldi.  

 OAV  sahifalaridagi  faollashuv  hamda  erkin  matbuotni  shakllantirish 

yo’lidagi islohotlarni «Muharrir minbari», «Bosh muharrir minbari» ruknlari ostida 

berib kelinayotgan materiallar ham tasdiqlaydi. Bu o’rinda «O’zbekiston adabiyoti 

va  san’ati»  gazetasi,  «Tafakkur»  jurnallarida  shu  rukn  ostida  chop  etilgan 

maqolalarni  eslash  maqsadga  muvofiqdir.  Mazkur  nashrlar  muharrir  larining 

tashabbusi  tufayli  «Muharrir  minbari»  qisqa  muddatda  faol  ruknlardan  biriga 

aylandi hamda turli sohalarga doir dolzarb masalalarni, chunonchi, iqtisod, siyosat 

va  ijtimoiy-ma’naviy  sohalarda  sodir  bo’layotgan  muammo  qiyinchiliklarni 

jurnalist  va  rahbar  nuqtai  nazari  bilan  yoritishda  yetakchilik  rolini  o’ynaydi. 

Masalan,  birgina  «O’zbekiston  adabiyoti  va  san’ati»  haftanomasining  2007-yil 

sonlarida  ushbu  rukn  ostida  ijtimoiy  hayotning  turli  masalariga  bag’ishlangan 

yigirmadan  ziyod  maqolalar  e’lon  qilinganini  kuzatish  mumkin.

1

  Masalaning 



boshqa bir muhim jihati shundaki, mazkur ruknning ijtimoiy-siyosiy yo’nalishdagi 

gazeta-jurnallarga  ham  ijobiy  ta’sir  etishi  natijasida  «XXI  asr»,  «Xalq  so’zi», 

«Milliy  tiklanish»,  «Adolat»  kabi  gazetalarda  ham  ushbu  rukn  ostida  dolzarb 

mavzularga bag’ishlangan maqolalar e’lon qilindi.   

Muhimi  shundaki,  bu  maqolalarda  siyosiy  mavzularga  jiddiy  e’tibor  qa- 

ratilib,  sodda,  ravon  tilda  yozilgan  bu  maqolalarda  kundalik  hayotimizda  uchrab 

turadigan  qonunbuzarlik  holatlari  tahlil  etiladi,  ularni  bartaraf  etishga  oid  fikr- 

mulohazalar  o’rtaga  tashlanadi,  muammolarni  bartaraf  etishning  qonuniy 

asoslariga oid takliflar beriladi.   

Shuni  alohida  qayd  etmoq  lozimki,  Prezidentimiz  I.Karimov  mamlakatimiz 

ijtimoiy-siyosiy hayotini barqaror etishda OAVning rolini yanada oshirishni haqli 

                                                 

1

 Qarang: «Нексия керакми?»Ўз AC, 2007 йил, 12 январь; «Гап ҳовлидами?»2007 йил, 30 март…в.б. 




 

- 24 - 


ravishda talab etmoqda. Prezident har bir nutq, ma’ruzalarida, albatta, matbuotning 

kundalik hayotimiz va islohotlar davridagi roli haqida, ularning keng imkoniyatlari 

to’g’risida  to’xtalib  o’tayotir.  Buning  boisi  shundaki,  matbuot  va  umuman 

OAVning  demokratik  rivojlanishdagi  ahamiyati  muttasil  ortib  bormoqda.  Biroq 

ayni  chog’da  demokratik  jarayonlarni  chuqurlashtirishda  ularning  roli  unchalik 

sezilmayapti,  o’zlarini  «to’rtinchi  hokimiyat»  sifatidagi  imkoniyatlarini  to’la 

ko’rsata  olmayaptilar.  Shuning  uchun  ham  Prezidentning  matbuot  haqidagi  ba’zi 

ma’ruzalarida OAV faoliyatiga jiddiy baho berilib, bu boradagi kamchiliklar asosli 

tanqid  qilinmoqda.  Jumladan,  Prezident  shunday  deydi:  «Ochig’ini  aytganda, 

bizning  matbuotimiz,  televideniya  va  radio  hozircha  zamonaviy  ish  usullari  va 

shakllarini  egallab  olgancha  yo’q,  xalqaro  mezonlarga  muvofiq  emas.  Matbuot 

sahifalarida  va  televideniyada  chuqur  tahliliy  materiallar,  jiddiy  siyosiy,  iqtisodiy 

va xalqaro sharhlar yo’q, bahs- munozara ko’rinmaydi.   

Ayrim  ommaviy  davlat  nashrlarining  aniq  fuqarolik  pozitsiyasi  va  qiyofasi 

ko’zga  tashlanmaydi.  Ular  asosan  rasmiy  xabarlarni  e’lon  qilish  bilan 

cheklanmoqda»

1

.   


Mamlakatimiz  rahbarining  mazkur  e’tirozlari  mutlaqo  asosli  bo’lib, 

OAVning o’z ovozi o’z qiyofasini topishida ijobiy ta’sirga sabab bo’ldi. Shu bilan 

birga,  Oliy  Majlisning  navbatdagi  sessiyalarida  OAVning  siyosiy  bazasini 

mustahkamlash  masalalarining  muhokama  qilinishi  va  bir  qator  muhim 

qonunlarning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etdi.  

 OAV  ga  yangicha  munosabatning  vujudga  kelishi  deganda,  avvalo 

mustaqillik  sharofati  bilan  matbuotning  jamiyat  hayotida  tutgan  o’rni  hamda 

mavqei  tubdan  o’zgargani,  matbuotning  mavzu  qamrovi  kengaygani,  ijtimoiy, 

iqtisodiy, siyosiy masalalarni yoritishda qonuniylik, haqqoniylik mezonlariga rioya 

qilinayotgani,  ma’naviy-ma’rifiy,  tabobat  masalalariga  alohida  ahamiyat 

berilayotganini ta’kidlash zarur bo’ladi.  

                                                 

1

 Каримов И.А. Ҳозирги бочқичда демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш муҳим вазифалари.- T.: 



Ўзбекистон, 1996, 34-35-бетлар. 


 

- 25 - 


 Ma’lumki,  matbuotning  asosiy  vazifasi–savodxonlik  va  yuqori  nutq 

madaniyatini  targ’ib  etishdagi  rolini  bajarishdek  muhim  vazifaga  mos  bo’la 

boshladi.  

        Umuman, istiqlol yillarida matbuot tili madaniyatini oshirish, «quruq» gazeta 

tilini  jonlashtirish,  gazetxon  bilan  jonli  tilda  «so’zlashish»  sari  dadil  qadamlar 

qo’yildi.  Eng  muhimi,  matbuot  tili  ta’sirchanligi,  ixcham  va  mazmunli  yozish, 

keng  axborotni  qamrab  olish,  zarur  muammolarni  o’z  vaqtida  yoritish  jurnalistlar 

sa’y-harakatining mezoniga aylandi.




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin