Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi


BIRINCHI BOB. Lingvopolitologiya va sotsiоlingvistika haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
BIRINCHI BOB. Lingvopolitologiya va sotsiоlingvistika haqida. 

 

1.1. Siyosiy diskurs va uning o’ziga xos tomonlari. 

Lingvopolitologiya  (lingvosiyosatshunoslik),  yoki  siyosiy  lingvistika  ikki 

mustaqil fan - lingvistika va siyosatshunoslik tutashishi natijasida vujudga kelgan 

lingvistikaning  tarmog’i  bo’lib,  u  boshqa  lingvistik  fanlar  bilan  (ayniqsa, 

pragmalingvistika, kommunikativ va kognitiv lingvistika) mustaqil bog’liq. 

A.P.Chudinovning 

ta’kidlashicha, 

zamonaviy 

siyosiy 

lingvistikaga 

zamonaviy  tilshunoslikning  barcha  yetakchi  xususiyatlari  xos  bo’lib,  bular: 

aponsetrizm  (til  hodisalarini  tadqiq  etishda  til  shaxsi  boshlang’ich  asos  bo’lib 

xizmat qiladi), ekspensionizm (linvistikaning tadqiqot doirasiga bir qator yondosh 

muammolarni  kiritish,  ya’ni  uni  kengaytirish),  funksionalizm  (tilni  harakatda, 

funksiyada  o’rganish),  eksplanatorlik  (nafaqat  tildagi  faktlarni  bayon  qilish,  shu 

bilan bir qatorda ularni tushuntirish). (Chudinov, 2003, 4-bet).  

90- yillarning o’rtalariga kelib ushbu yo’nalishda bir qator diqqatga sazovor 

ishlar paydo bo’ldi (Altunyan, 1993, 1999; Proskuryakov, 1999; Sheygal, 2000-yil 

va  b.qlar).  Aynan  mana  shu  tadqiqotlar  siyosiy  lingvistikaning  keyingi  o’n 

yillikdagi  rivojlanishini  belgilab  berdi.  2003-  yili  yangi  fan  bo’yicha  rus  tilidagi 

birinchi  o’quv  qo’llanma  –  A.P.Chudinovning  «Siyosiy  lingvistika»  kitobi 

nashrdan chiqdi.   

Siyosiy  lingvistikaning  markaziy  tushunchasi  siyosiy  diskurs  bo’lib,  u 

diskursning alohida turi hisoblanadi va o’z oldiga siyosiy hokimiyatni egallash va 

ushlab  qolishni  maqsad  qilib  olgan.  Siyosiy  diskurs  siyosiy  lingvistikada  ko’p 

planli  va  ko’paspektli  hodisa.  Yagona  butunlikni  hosil  qiluvchi  elementlar 

kompleksi  sifatida  ko’riladi.  Siyosiy  diskurs  –  «siyosiy  diskussiya  (bahs)  larda 

qo’llaniladigan,  an’analar  bilan  yo’g’rilgan  va  tajribada  tekshirilgan  barcha  til 

birliklarini  yig’indisidir».  (Baranov,  Kazayevich,  1991,  6-bet).  Ushbu  tavsif 

«siyosiy diskurs» tushunchasi mohiyatini keng oсhib beradi.  




 

- 10 - 


So’nggi  yillarda  siyosiy  diskursni  tadqiq  qilishga  bag’ishlangan  ishlardan 

biri  E.I.Sheygalning  «Siyosiy  diskurs  semiotikasi»  bo’lib,  uning  nuqtai  nazarida 

siyosiy diskurs, diskursning boshqa turlari kabi ikki o’lchamga ega: real va virtual. 

Real o’lchov deganda tadqiqotchi, ma’lum ijtimoiy makonda sodir bo’luvchi nutq 

faoliyatini,  shuningdek,  bir-biriga  o’zaro  ta’sir  ko’rsatuvchi  lingvistik, 

paralingvistik  va  ekstralingvistik  omillar  faoliyati  natijasida  paydo  bo’luvchi 

asarlar  (matnlar)  ni  tushunadi.  E.I.Sheygalning  fikricha,  diskursning  virtual 

o’lchovi


semiotik  makon  bo’lib,  u  verbal  va  noverbal  belgilarni  qamrab  oladi, 

uning  dennotati  siyosat  olami  iboralar  tezaurusi,  ushbu  muhitda  muloqot  qilish 

uchun o’ziga xos bo’lgan nutq harakatlari va janrlar modellari hisoblanadi.  

 Yu.A.Sorokin siyosiy diskursni uning g’oyaviy diskurs bilan munosabatlari 

orqali  belgilaydi:  «Siyosiy  diskurs  –  g’oyaviy  diskurs  turlaridan  biridir.  Farqi 

shundaki  siyosiy  diskurs  –  eksplistit  pragmatik,  g’oyaviy  diskurs  esa  –  implistit 

pragmatik...  Diskursning  birinchi  turi  –  subdiskurs,  ikkinchi  turi  –  metadiskurs». 



(Sorokin, 1997, 75- bet).  

Shunday  qilib,  lingvistik  adabiyotda  «siyosiy  diskurs»  atamasi  ikki  xil 

ma’noda  qo’llaniladi:  tor  va  keng.  Keng  ma’noda  u  siyosiy  doiraga  aloqasi 

bo’lgan, (hech bo’lmaganda bitta qismi)  muloqot shakllarini o’z ichiga oladi. Tor 

ma’noda  siyosiy  diskurs

diskursning  turi  bo’lib,  uning  maqsadi



siyosiy 


hokimiyatni  egallash,  saqlash  va  amalga  oshirish.  Biz  diskursni  keng  ma’noda 

qabul  qilib,  unga  matnlarning  tug’ilishi  va  qabul  qilinishi  natijalari  va  jarayonini 

ham  kiritamiz.  Bundan  tashqari,  biz  zamonaviy  lingvistikada  «diskurs  «atamasini 

nutqning va nutq asarlarining har xil turlarini belgilash uchun qo’llaymiz.  

Keyingi  yillarda siyosiy  diskursni  tadqiq  etish  Belorus  Respublikasida  ham 

faol  olib  borilmoqda.  Bunda  eng  avvalo  jamoa  bo’lib  yozilgan  I.V.Uxanova  -

Shimiganova  tahriridagi  «Siyosiy  diskursni  tadqiq  etish  metodologiyasi» 

monografiyalar  turkumini  (hozircha  bir  necha  alohida  nashrlar  chiqarildi) 

ta’kidlash  joiz.  Muammo  bo’yicha  adabiyotlarning  qisqacha  sharhi  quyidagi 

xulosalarga kelishimizga imkon beradi: hozirgi kunda siyosiy diskursning hamma 

qabul qilgan tavsifi mavjud emas, biroq biz uni ma’lum ijtimoiy - ruhiy kontekstda 



 

- 11 - 


(bunda  jo’natuvchi  va  qabul  qilib  oluvchilarga  ularning  siyosiy  hayotda  ishtirok 

etishiga qarab  ma’lum  ijtimoiy  vazifa  yuklanadi), verbal  kommunikatsiya  sifatida 

qabul  qilishimiz  mumkin.  Siyosiy  diskurs  institutsional  muloqotning  turi  sifatida 

bir  qator  konstitutiv  belgilar  tizimiga  ega  bo’lib,  qator  vazifalarni  bajaradi. 

«Siyosiy  diskursning  vazifasi  –  nafaqat  tasvirlash  (ya’ni  referensiya  emas),  balki 

oluvchi  (adresat)da  niyat  uyg’otib,  ishonch  uchun  zamin  tayyorlash  va  uni 

harakatga  undashdir»  (Demyankov  V.Z.  WWW-  Dokument).  Shu  sababli  siyosiy 

diskursning samaradorligini ana shu maqsadga muvofiq belgilash kerak.   

Siyosiy hokimiyat ma’lum darajada til yordamida amalga oshiriladi, chunki 

u  siyosatchiga  repitsipientning  shaxsiy  doirasiga  kirishga  oddiy  usullar  («men» 

o’rniga  «biz»  olmoshini  ishlatib)  til  tanlash  (bilingvizm  sharoitida),  shuningdek 

manipulyatsiyaning  murakkab  usullari  (til  o’yinlari  va  b.q)  ishlatiladi. 

Manipulyatsiya  deganda  biz  aholiga  o’z  qarashlarini,  fikrini,  harakat  usullarini 

majburan  o’tkazishni  tushunamiz,  bunda  adresat  (uzatuvchi)  ularni  oldindan 

yolg’on,  lekin  o’zi  uchun  foydali  deb  hisoblash  mumkin.  Shu  bilan  birga  til 

hukmronligi  har  qanday  jamiyatda  qo’llaniladi.  Misol  uchun  diktatura 

(yakkahokimlik)  sharoitida  til  jamiyat  ustidan  ommaviy  nazorat  qilishda  maxsus 

xizmatlardan  ham  zarurroq  vositadir.  Kuchli  demokratik  jamiyatda  tildan  unumli 

foydalanilganda  hokimiyat  uchun  kerakli  bo’lgan  fikrni  faol  shakllantiradi,  ya’ni 

hokimayatni egallashda va ushlab turishda zarur vosita hisoblanadi.  

Siyosiy  diskursda  tilning  faoliyatini  tadqiq  qilishda  ikki  muammoga  duch 

kelinishi  muqarrardir:  hokimiyat  tili  va  til  hokimligi.  Fikrimizcha,  ular 

quyidagilarda farqlanadi: hokimiyat tili

hozirgi hokimiyat qanday gapiradi, tilning 



vosita  va  usullaridan  qanday  foydalaniladi  va  bu  «sof  lingvistikaning  tadqiqot 

obektidir».  Tilning  hokimligi  esa,  bu

til  vosita  va  usullari  omma  ongiga  qanday 



ta’sir ko’rsatishidir, bu soha esa siyosiy lingvistikaga taalluqli.  

 Siyosatchining  nutqi  omma  ongining  kerakli  torlarini  cherta  olishi  kerak, 

uning  mulohazalari  adresatlarning  fikr  va  baholashlar  «ummoni»  ga,  siyosiy 

diskurs «iste’molchilariga» mos kelishi kerak.  




 

- 12 - 


Shu sababli mohir siyosatchi omma ongiga hamohang ramzlar, arxetiplar va 

marosimlar  bilan  muomala  qiladi.  Rus  siyosiy  nutqiga  harbiy  va  «kasalxona» 

leksikasiga qurilgan metaforalar keng qo’llash xos bo’lib quyidagilarni misol qilib 

keltirish  mumkin:  saylovchi  uchun  jang  (kurash),  axborot  urushi,  demokratiyaga 

hujum,  diplomatik  urushlar,  shok  bilan  davolash,  jamiyat  davolanish  arafasida, 

hukumat inqirozi.   

Tilning  hokimiyati  qarama-qarshi  bo’lib,  bir  tomondan  u  har  qanday 

fikrlovchi  odamga  tushunarliday.  Siyosatda  so’z  munosabati  bilan  bo’ladigan 

qizg’in  bahslar,  ish  yuzasidan  bo’ladigan  bahslardan  kam  bo’lmasligi  hech  kim 

uchun  sir  emas.  Rus  siyosatchilarining  «dollar»  so’zi  yuzasidan  olib  borgan 

kurashini  eslang.  Yana  bir  misol:  OAV  (ommaviy  axborot  vositalari)  da 

Chechenistondagi  harbiy  harakatlarning  yoritilishi.  Bir  qator  OAVda  federal 

kuchlarga  qarshi  kurashayotgan  chechenlarni  terrorchi  yoki  separatchilar  (ajralib 

chiqish  tarafdorlari)  emas  qo’zg’olonchilar,  harbiy  harakatlarni  esa  terrorchilarga 

qarshi  operatsiya  emas,  urush  deb  ataganlar,  o’zlarini  «begonalar»  deyishgan 

bo’lsalarda, terrorchilardan ko’p ham farq qilmasdilar.  

So’z  o’yinlari  misolida  til  o’yinlari  elementlarini  ko’rib  chiqamiz. 

Siyosatchilar  qanday  so’zlarni  o’ynaydilar?  Biz  ularni  o’ynashni  maqsad 

qilganimiz  yo’q,  faqatgina  ulardan  foydalanish  tamoyillari  va  usullarini  ko’rib 

chiqamiz. Avvalo bular, mamlakat va davlat, xalq va elektorat (yuqori tabaqalar), 




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin