Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi


 Mustaqillik va siyosiy atamalar



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
2.3. Mustaqillik va siyosiy atamalar 

  

 O’zbekiston  huquqiy  davlat  va  erkin  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  yo’lini 



tanlab  olingach,  fuqarolarning  siyosiy  saviyasi,  ijtimoiy  faolligi  va  huquqiy 

savodxonligi  hamda  madaniyatini  yuksaltirish  davrning  qat’iy  talabiga  aylandi. 

Qisqa davr ichida aholining siyosiy va ijtimoy- siyosiy bilimini oshirishga yordam 

beruvchi  siyosiy  matbuot  shakllandi.  Binobarin,  istiqlol  davrida  siyosiy  nashr 

sahifalari  orqali  davlat  siyosiy  ibora  va  atamalar,  demokratik  institutlar  hamda 

qadriyatlar  kirib  kelib,  fuqarolarning  siyosiy  voqelik  va  tushunchalar  haqidagi 

bilim va tasavvurlarining kengayishiga ta’sir etdi. 

Izlanishlardan  ma’lum  bo’ladiki,  zamonaviy  siyosiy  terminologiya 

muntazam  o’zgarib,  boyib  borayotgan  soha  bo’lib,  uning  hisobiga  tilimiz  lug’at 

tarkibi 


yildan-yilga 

yangi 


so’z 

va 


iboralar 

bilan 


boyib 

bormoqda, 

siyosatshunosligimiz  va  amaliy  faoliyatimiz  doirasiga  ilgari  qo’llanilmagan  yangi 

iboralar,  siyosiy  tushunchalar  kirib  kelmoqda.  Shu  jumladan,  «XXI  asr» 

gazetasining 

barcha 


sonlarida 

berib 


borilayotgan 

matnlarda 

bunday 

yangilanishlarni kuzatishimiz mumkin. Bunga misol tariqasida quyidagi matnlarda 

siyosiy atamalarning qo’llanilishini ko’rib chiqaylik:  

1.

 



«Parlament  faoliyati  Konsepsiya  talablariga  moslashtirilmoqda»  (Q. 

Saydaliyev,20.01.2011) maqolasida qo’llanilgan siyosiy atamalar: qo’shma majlis, 

qonunchilik  palatasi, vazirlik,  liberallashtirish,  sud, qonun chiqaruvchi hokimiyat, 

ijro etuvchi hokimiyat, abolitsiya, quyi palata, huquqiy hujjat, parlament va b.qlar.  

2.

 



«To’rtinchi  hokimiyat:  demokratik  jamiyatning  tamal  toshi» 

(A.Abdullayev  03.02.2011).  Siyosiy  atamalar  miqdori:  respublika,  integratsiya, 

sektor, agentlik, assotsatsiya, fuqarolik jamiyati, hukumat, Favqulodda va Muxtor 

elchi,  jamiyat,  «to’rtinchi  hokimiyat»,  adliya,  agentura,  adminstratsiya,  Interpol 

kabi.  


3.

 

«Davr  bilan  hamohang»  (M.  Usmonov,  10.03.  2011.  ).  Siyosiy 

atamalar:  demokratik  yangilanish,  Oliy  Majlis,  majlis,  Bosh  vazir,  hokimiyat, 

deputat, partiya, senat, platforma, mahalliy kengash, prezident, vakillik organlari,  




 

- 36 - 


4.

 

«Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirishda  O’z  LiDeP 



ning  ustuvor  vazifalari»  (M.  Teshaboyev,17.03.2011)maqolasida  qo’llangan 

siyosiy atamalar: siyosiy kengash, ko’ppartiyaviylik, demokratik prinsiplar, saylov, 

ijroiya  qo’mita,  fraksiya,  quyi  palata,  yuqori  palata,  mahalliy  hokimiyat, 

konsepsiya, saylovoldi dastur.  

5.

 

«Qonun  takomillashtirilishi  kerak»  (O.  Rajabov,  31.03.2011) 



maqolasidagi  siyosiy  atamalar:  jamiyat,  kontrafakt,  tartibot,  idora,  musodara, 

intizom,  o’zini  -o’zi  boshqarish  organlari,  emansipatsiya,  qo’mita,  viloyat, 

diplomatik  aloqa,  kongress,  farmon,  da’vatnoma,  buyruq,  delegatsiya,  bojxona, 

moliya  qo’mitasi  va  shu  kabi  siyosatga  oid  terminlardan  foydalanilgan.  Bu 

atamalarning o’zbek tilining izohli lug’atida qanday ma’noda izohlanganini ko’rib 

o’taylik:  




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin