Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

- 47 - 


Umumiy xulosa 

 

 



1.

 

Mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham ko’proq kuchga 



ega  bo’lgan  bugungi  kunda  inson  qalbi  va  ongi  uchun  kurash  tobora  kuchayib 

bormoqda. Ong va qalbni egallashning xilma-xil usul va vositalari mavjud bo’lib, 

ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa muammolarni bartaraf etish uchun 

keng  jamoatchilikni  va  tegishli  davlat  idoralarini  jalb  qilish  kuchiga  ega  bo’lgan 

OAV bularning orasida alohida o’ringa ega. 

2.

 



Aholining  siyosiy  savodxonligini  oshirish  yo’lidan  borayotgan 

mamlakatimizda  bor  haqiqatni  keng  ommaga  ro’y-rost  yetkazish  orqali  jamiyat 

tasavvurida  uyg’onishi  mumkin  bo’lgan  turli  xil  mish-mishlaru  yolg’on  fikrlar, 

bo’xtonu g’iybatlarga o’rin qoldirmaslik, ularning va siyosiy ongini shakllantirish 

uchun xizmat qiladigan OAV ning qadr-qimmati tobora ortib bormoqda. 

3.

 



Jamiyatda  demokratik  tamoyillarni  vujudga  keltirish  uchun  ijtimoiy 

hayotning  barcha  sohalarini  erkinlashtirish  zarurati  vujudga  keldi.  Buning  uchun 

esa,  eng  avvalo,  OAV  va  matbaachilikning  erkin  faoliyati  uchun  zarur  kafolat  va 

sharoit barpo etish lozim bo’ldi. Shunday ezgu niyatda qabul qilingan «Ommaviy 

axborot  vositalari  to’g’risida»,  «Axborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari 

to’g’risida»,  «Axborotlashtirish  to’g’risida»  gi  qonunlar  respublikamiz  OAV 

faoliyatida tub burilish yasadi. 

4.

 



Ijobiy  o’zgarishlar  natijasida  matbuotning  har  bir  kishi  o’z  fikrini 

ifoda eta olishiga imkon beradigan, demokratik qadriyat va tushunchalarni himoya 

qiladigan,  fuqarolarning  siyosiy,  iqtisodiy  ongini  shakllantiruvchi  erkin  minbarga 

aylanishi sari dadil qadam bosildi. 

5.

 

Siyosiy  matbuot  zimmasiga  siyosat  tilini  fuqarolar  qalbi  va  ongiga 



yetkazishdek  mas’uliyatli  vazifa  yuklatilgan.  Buni  g’arb  va  rus  tilshunosligida 

anchagina  jiddiy  e’tibor  qaratilishi  natijasida  tilshunoslik  va  sotsiologiya 

fanlarining  tutash  nuqtasida  yuzaga  kelgan  lingvosotsiologik  aspektda  hamda 

tilshunoslik  va  siyosatning  aloqadorligida  yuzaga  kelgan  lingvopolitologik 

aspektda tadqiq etilgandagina ko’zlangan natijalarga erishish mumkin. 



 

- 48 - 


6.

 

Tarixiy  jarayonning  mantiqiy  davomi  o’laroq  keyingi  yillarda  o’ziga 



xos  mazmun  va  mundarijaga  ega  bo’lgan  siyosiy  matbuot  shakllandi.  Hozirgi 

kunda  respublikamizda  siyosiy  yo’nalishda  faoliyat  yuritayotgan  siyosiy 

partiyalarning  gazetalari  fuqarolar  siyosiy  bilimini  oshirishga  o’z  hissasini 

qo’shmoqda, jamiyatda siyosiy ong va madaniyatini yuksaltirish ishiga ijobiy ta’sir 

etmoqda. 

7.

 



Siyosiy  matbuot  matnini  lingvosotsiologik  aspektda  adabiy  norma 

muammolari  nuqtai  nazaridan  tadqiq  etish  uchun  uning  yetakchi  janrlari  haqida 

ma’lumotga  ega  bo’lish  lozim.  Chunki  matn  tili  va  uslubi  uning  janri  bilan 

bevosita bog’liq holda shakllanadi. 

8.

 

Keyingi  yillarda  tilshunoslikda  alohida  e’tibor  qaratilayotgan  til 



sistemasiga  maydon  asosida  yondashuvni  siyosiy  matbuot  matniga  tadbiq  etish 

soha  matbuoti  leksikasining  o’ziga  xos  maydoni  va  mikromaydonlari  haqida 

muayyan xulosa chiqarish imkonini beradi. 

9.

 



Siyosiy  terminlarni,  siyosatga  doir  ibora  va  jumlalarni  publitsistik 

matnga  olib  kirishda  jurnalistlarning  tarmoq  nashrlariga  ixtisoslashmaganliklari 

bilan bog’liq kamchiliklar sezilib qolmoqda. 

10.


 

Siyosiy  bilimlarni keng ommaga  yetkazish  uchun  targ’ibotchilarning, 

jumladan,  jurnalistlarning  o’zlari  ijtimoiy-siyosiy,  siyosiy  fanlarni  chuqur 

egallagan bo’lishlari lozim. Shuning uchun keyingi yillarda huquqshunos jurnalist, 

iqtisodchi  jurnalist,  siyosatshunos  jurnalist  kabi  jurnalistikaning  tarmoqlashuviga 

kuchli ehtiyoj sezilmoqda. 

11.

 

Siyosiy matbuot tili va uslubini lingvosotsiologik va lingvopolitologik 



aspektda tadqiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin