Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati_______________________________
- 4 -
K I R I SH
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab aytganidek, demokratik
huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida
«… matbuot, ommaviy axborot vositalari shunday qudratli kuchga aylanmoqdaki,
o’z kelajagini o’ylaydigan har qaysi xalq va millat buni sezmasligi, his etmasligi
mumkin emas…»
1
Jamiyatimiz har bir a’zosi zimmasiga yuklatilgan bu mas’uliyatli vazifaning
amalga oshishida soha mutaxasislari bilan bir qatorda boshqa kasb egalari, ayniqsa,
ommaviy axborot vositalari xodimlarining ham birday faol ishtirok etishlarini
jamiyat
taraqqiyotining
o’zi
talab
etmoqda.
Binobarin,
o’ziga
xos
murakkabliklarga ega bo’lgan siyosat tilida ifodalangan tushuncha, mazmun va
mohiyatni imkon qadar xalqqa tushunarliroq, ixcham va soddaroq uslubda
yetkazishda bu soha mutaxasislarining xizmati kattadir.
Mazkur ish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan dadil
borayotgan mamlakatimiz aholisining siyosiy savodxonligini, ijtimoiy-siyosiy
bilimlarini shakllantirishga salmoqli hissa qo’shayotgan siyosiy matbuot tili va
uslubiy xususiyatlarini tadqiq etishga, shuningdek, lingvopolitologiya va siyosiy
diskursning o‘ziga xos tomonlarini ochib berishga qaratilgan. Bu esa bitiruv
malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.
Davr taqozosiga ko’ra jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan va
mukammallashib borayotgan siyosat sohasi hamda ular tilidagi o’zgarishlar,
xususan, shunga bog’liq holda gazeta janrlarining til xususiyatlari bo’yicha bir
qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jumladan, H.Dadaboev,
Z.Xolmonova, A.O’rozboev, A.Abdullayev kabilar siyosiy atamashunoslik va
ularning o’zbek tilida ifodalanishi, siyosiy terminlar lug’ati, siyosat tili, ruscha
siyosiy atamalarning istiqlol davri taraqqiyoti, siyosat tili va siyosatshunos nutqi
kabi mavzularda olib borganlar.
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008, 135-bet.
- 5 -
G’arb va rus tilshunosligida gazeta tili, lingvosotsiologiya bo’yicha
tadqiqotlar ancha erta boshlangan.
Turkiyshunoslikda ham bu dolzarb muammo tadqiqi bo’yicha bir qator
izlanishlar olib borilgan.
O’tgan asrning 30-40 yillarida V.V. Reshetov, A.X. Borovkov, keyinchalik
M.Mirzayev, F.Abdullayev, I.Rasulevlar o’zbek matbuoti tilining lisoniy
xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan dastlabki tadqiqotlarni olib borgan
bo’lsalar, A.Abdunazarov, B.Turdaliyev, M. Rahmonov, A. Boboyeva,
T.Qurbonov, G’.Karimov, A.Abdusaidov kabi olimlar publitsistik uslubning o’ziga
xos xususiyatlarini o’rganishga, G’.Mirzayev, S.Xidirov, N.Abdulazizovalar
siyosiy tushunchalarning jurnalistika amaliyotida qo’llanilishi, istiqlol davri o’zbek
matbuotiga bag’ishlangan izlanishlar olib bordilar.
Lekin siyosat bilan tilning aloqadorligi natijasida jahon tilshunosligida
maydonga kelgan politolingvistikaning asoslarini ochib berishga qaratilgan ishlar
rus tilshunosligida mavjud bo‘lsa-da
1
, o‘zbek tilshunosligida hali yetarlicha
yaratilmagan.
Bitiruv malakaviy ishidan ko’zlangan asosiy maqsaddan kelib chiqib, uning
oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
- politolingvistikaning asoslarini o‘rganish;
- siyosiy diskursning o‘ziga xos tomonlarini ochib berish;
1
Чудинов А. П. Россия в метафорическом зеркале: когнитивное исследование политической метафоры.
Екатеринбург, 2001; Российская политическая лингвистика: этапы становления и ведущие направления. M.,
2003.
//
Устюгова Т.В. Феномен политического текста.
Алтунян А.Г. Анализ политических текстов:
Учебное пособие. – М.: Университетская книга; Логос, 2006. – 384 с. // Волков А.Г. Использование
политического текста институтами власти//
http://www.nbuv.gov.ua/Articles/KultNar/knp47/knp47_140-42.pdf
//
Гаврилова М.В. Президентский дискурс как предмет политической лингвистики//Тезисы докладов. IV
Всероссийский конгресс политологов «Демократия, безопасность, эффективное управление: новые вызовы
политической науке». М., 2006. С. 63 – 65. // Гаврилова М.В. Лингвистический анализ политического
дискурса //
http://politanalysis.narod.ru/gavrilova3.html //
Демьянов В.З. Интерпретация политического
дискурса в СМИ//
http://evartist.narod.ru/text12/09.htm //
Репина Е.А.Политический текст как средство
речевого воздействия//http://www.psyh-portret.ru/collection/ repina.html
- 6 -
- siyosiy matbuot, uning mundarijasi, tili va uslubiy xususiyatlarini tadqiq
etish;
- siyosiy matbuot tili va uslubiy xususiyatlarida sodir bo’lgan yangi sifat
o’zgarishlarini tahlil qilish;
- siyosiy matbuot matnida leksik normaga amal qilish holatlarini o’rganish;
- siyosatga doir tushunchalarning jurnalistika amaliyotida qo’llanilishini
tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etish;
- siyosiy nashrlarda orfografik va punktuatsion norma muammolarini
o’rganish.
Ushbu ishning tadqiqot obektini politolingvistikaga doir rus tilshunosligida
yaratilgan ishlar, respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy partiyalar
nashrlari, asosan, O’zbekiston liberal demokratik partiyasining «XXI asr» gazetasi
tashkil etadi. Shuningdek, mavzu bayonida respublikamizda va Farg’ona viloyatida
chop etilayotgan boshqa ayrim gazetalar va Internet yangiliklariga ham murojaat
qilindi.
Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki asosiy bob, umumiy xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ______ sahifani tashkil qiladi.
Istiqlol tufayli siyosiy matbuotga bo’lgan e’tibor tubdan o’zgardi. Milliy
davlatchiligimiz, siyosatshunosligimiz qaytadan shakllandi va to’xtovsiz
rivojlanmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov tomonidan mazkur
masalaga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Inson huquqlariga oid qator tadbirlarning
amalga oshirilishi, qonun hujjatlarining yaratilishi, sud-huquq islohotlarining
o’tkazilishi, siyosatshunoslikka oid darslik, qo’llanmalarning nashr etilayotganligi,
ensiklopedik va ruscha-o’zbekcha izohli lug’atlarning yuzaga kelganligi fikrimizga
dalildir.
Siyosiy savodxonlikni amalga oshirishda siyosiy terminologiyaning ham
o’ziga xos o’rni bor. Binobarin, mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham olimlar ushbu yo’nalishda qator ilmiy-
tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
- 7 -
Kuzatishlarimizdan ma’lum bo’ladiki, tilshunos olimlar tomonidan
siyosatshunosligimizni o’rganish bo’yicha bir qator jiddiy ishlar qilingan. Bundan
tashqari, turli gazeta va jurnallarda gazeta tili, uning leksik, grammatik, orfografik
va punktuatsion xususiyatlari haqida ham maqolalar, munozarali chiqishlar,
bahslar berib borilgan. Birgina jurnalistlar uyushmasi nashri bo’lgan «Muxbir»
jurnalining o’tgan asrning 70-yillaridagi sonlariga nazar tashlansa, «Til haqida
suhbat» rukni ostida turkum maqolalar berilganligining guvohi bo’lish mumkin.
1
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti «O’zbek tili va adabiyoti»
jurnalining 2000-yillardan keyingi sonlarida publitsistik uslub va uning til
muammolariga bag’ishlangan bir qator maqolalar chop etilgan.
2
Shunisi e’tiborga molikki, biz tanlagan muammo – aholining siyosiy
madaniyatini yuksaltirish, siyosiy savodxonligini oshirishda matbuotning o’rni, bu
muammoga lingvopolitologik va lingvosotsiologik aspektda yondashish masalasi
keyingi yillarda birdaniga paydo bo’lib qolmay, o’ziga xos tarixga egadir.
Jumladan, «Muxbir» jurnalining yetmishinchi yillardagi sonlarida turkum
maqolalar, shuningdek, «O’zbekiston matbuoti» hamda «O’zbek tili va adabiyoti»
jurnalida e’lon qilingan R.Rasulovning «Tilga e’tibor ramzi», A. Jo’rayevning
«So’z shamshir», H. Tojimatovning «Tilimiz sofligi uchun», S.Qorayevning
«O’ynab yozsang ham, o’ylab yoz», N. Nurmuhammedovning «Tilimizning qonun
qoidalariga rioya qilaylik» maqolalari fikrimizni tasdiqlaydi. Yuqoridagi
maqolalarda siyosiy bilim targ’ibotida ommaviy axborot vositalarining o’rni
yoritilib, ular oldida turgan muhim vazifalar tahlil qilib berilgan hamda aniq
takliflar kiritilgan.
Mustaqillik sharoitida o’zbek matbuoti oldida turgan dolzarb masalalar
birinchi navbatda soha mutaxasislarini jiddiy o’yga toldirgani va uning oldida
1
Қаранг: Бобоева А. Газета тилининг баъзи грамматик-стилистик хусусиятлари ҳақида // Мухбир, 1976, №7,
34-36-б; Рустамов Х. Вергул ҳам маъно билдиради// Мухбир, 1976, №8, 38-40-б; Муҳаммаджонова Г. Газета
тили ва сўз бойлиги// Мухбир, 1976, №10, 30-31-б; Туропова М. Жумлалар пухта бўлсин// Мухбир, 1976,
№11, 42-44-б.
2
Каранг: Алпонова С. Фитрат публистистикасида миллий истиқлол мавзуси//Ўзбек тили ва адабиёти, 2000,
№2, 54-56-б; Жамилова Б.Истиқлол даври ўзбек болалар публицистикаси// Ўзбек тили ва адабиёти, 2003,
№6, 74-76-б; Абдусаидов А. Матбуот тилида окказионал фразеологизмлар// Ўзбек тили ва адабиёти, 2004,
№4, 84-86-б.
- 8 -
turgan vazifalarni chuqur anglab yetish masalasi, eng avvalo soha mutaxasislarini
tashvishga solganligi Azim Suyunning «O’zbekiston ovozi» gazetasining 1998- yil
15-oktyabr sonida bosilib chiqqan «Nima qilmoq kerak?», Ahmadjon
Meliboyevning «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 1998- yil 16-
oktyabr sonida chop etilgan «Nimadan boshlamoq kerak?», shuningdek, Xurshid
Do’stmuhammadning «Hurriyat» gazetasining 1998-yil 21-sonida chop etilgan
«Matbuot: dardga da’vo bor», Nurboy Jabborovning «FIDOKOR» gazetasining
2002-yil 3-sentyabr sonida chop etilgan «Matbuot
−
adolat minbari» nomli
maqolalari sarlavhalar mazmunidan yaqqol sezilib turadi. Kuyunchaklik bilan
yozilgan bu maqolalarda bu jamiyat
−
daraxt, matbuot shu daraxt shoхida yetilgan
meva ekanligi, gazeta bosmaxona qaramog’ida emas, bosmaxona gazeta
qaramog’ida bo’lishi kerakligi, gazeta jamiyatda ko’prik vazifasini o’tashligi,
ommaviy axborot vositalari yangicha tafakkurni, yangi dunyoqarashni
shakllantirishga xizmat qilishi zarurligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan.
Matbuot sahifalarida tilimizdagi o’zgarishlar, matbuot tilidagi yutuq va
kamchiliklarga ham alohida o’rin ajratib kelinmoqda. Jumladan, Do’stmurod
Abdurahmonning «Vatan» gazetasining 1992-yil 11-sonida bosilgan «Imloni
buzmang, u-qonun. Ammo…» nomli, T.Ernazarovning «Ma’rifat» gazetasining
2003-yil 28-iyun sonida bosilgan «Tilimizdagi o’zgarishlar: u jurnalistlarni ham
qiziqtirmaydimi?» nomli, A.Meliboyevning «Milliy tiklanish» gazetasining 2005-
yil 28- oktyabr sonida chop etilgan «Xushtakni kim chaladi?» nomli maqolalarida
aynan matbuot sahifalarida uchrab turadigan loqaydlik, sovuqqonlik, beparvolik,
balandparvozlik kabi illatlarga, radio- televideniye ko’rsatuv va eshittirishlardagi
bachkana reklama lavhalariga nisbatan tanqidiy fikr- mulohazalar ilgari surilgan.
Biz tanlagan mavzuga aloqador bo’lgan bu kabi maqolalar miqdoran qancha
ko’p bo’lmasin, siyosiy matbuot tili, siyosiy gazeta va jurnallarda terminologiya,
adabiy norma, uslubshunoslik muammolariga qay darajada rioya qilinayotganligi
ilmiy jihatdan tadqiq etilmagan. Shuning uchun ham ushbu bitiruv- malakaviy
ishimizda aynan mana shu masalaga, ya’ni bugungi siyosiy matbuot tilining
lingvosotsiologik xususiyatlariga ham e’tibor qaratildi.
- 9 -
Dostları ilə paylaş: |