Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi


 Lingvosotsiologiya va matbuot tili



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1.2. Lingvosotsiologiya va matbuot tili. 

 

 Tilshunoslikda  «ijtimoiy-siyosiy  leksika»  ta’rifiga  turlicha  yondashuv 

mavjud.  Ba’zi  bir  olimlar  unga  «ijtimoiy  sinflar  o’rtasidagi  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 

siyosiy  munosabatlarni  ifodalovchi  leksik  birliklar  majmui”

1

  deya  ta’rif  bersa, 



boshqalari  mazkur  to’plamga  tarixiy  jarayonlar  nomini  ham  kiritadilar.  Professor 

H.Dadaboyev ijtimoiy- siyosiy sohaga oid lug’aviy birliklarni terminologik nuqtai 

nazardan  tadqiq  qilib,  quyidagicha  ta’rif  beradi:  «ijtimoiy-siyosiy  terminologiya 

leksikaning  faol  qo’llanuvchi  qatlamlaridan  biri  bo’lib,  u  ma’lum  bir  tarixiy 

formatsiyani  belgilab  beruvchi  tarixiy-ijtimoiy,  iqtisodiy-siyosiy,  madaniy,  diniy 

kabi bosh faktorlar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi».

2

   


Shu  jihatdan  olib  qaraganda,  sotsiallingvistika  va  lingvosotsiologiya 

munosabati  qanday?  Ularni  farqlashning  qanday  metodologik  usullari  mavjud? 

Horijda va mamlakatimizda bu sohada qanday ishlar amalga oshirilgan?   

Bu  savollarga  javob  berish  uchun  gapni  bir  oz  uzoqdan,  ya’ni  xx  asr 

boshlaridan, butun dunyo tilshunosligida tilga semiotik nuqtai nazardan yondashuv 

asosiy  o’rinni  egallagan  davrlardan  boshlashga  to’g’ri  keladi.  Chunki  aynan  shu 

davrlardan Ferdinand de Sossyur g’oyalari asosida tilga belgilar sistemasi sifatida 

qaraldi va til birliklarining sistemaviy tabiatini, ommaga ta’siri masalalarini ochib 

berishga  asosiy  e’tibor  qaratildi.  Buning  natijasida  til  sistemasi  bilan  uning 

funksiallashuvi,  bu  jarayonda  til  sistemasidagi  invariant  birliklarning  turlicha 

variantlashishi  va  o’zgarmas  birliklarning  o’zgaruvchanlik  kasb  etishi  namoyon 

bo’ladi.  Tilshunosning  bosh  vazifasi  bevosita  kuzatishda  xilma-xil  ko’rinishlarda 

namoyon  bo’luvchi  lisoniy  birliklar  zamirida  yashiringan  zotiy,  o’zgarmas 

(invariant)  birliklarni  aniqlash  va  bu  birliklarning  til  sistemasidagi  o’rnini 

belgilashdan  iborat  bo’ldi.  Bu  esa  tilshunoslikda  o’tkinchi  hodisalardan  barqaror 

mohiyatlarni  aniqlash  imkonini  berdi.  Natijada  tilning  har  bir  sath  birliklarining 

modellari va bu modellarning nutq jarayonidagi ko’rinishlari aniqlandi.  

                                                 

1

 Бурячок A.A. Формирование социалньо политической лексики. – Киев, 1983. 



2

 Дадабоев Х. Алишер Навоий асарларидаги ижтимоий- сиёсий терминларнинг эски туркий обидалар 

лексикасига муносабати// Алишер Навоий таваллудининг 550 йиллигига бағишланган илмий конференция 

тезислари. - Тошкент: Фан, 1991.- Б.68.  




 

- 16 - 


  

Lingvistika va sotsiallingvistikaning asosiy metodologik muammolar haqida 

xx asrning 60-70 –yillaridagi qizg’in bahslar keyingi yillarda biroz susaydi. Biroq 

bu  haqidagi  tadqiqotlar  to’xtab  qolmadi.  Bir  qator  muammolar  yechilmay  qoldi. 

Ijtimoiy  to’qnashuvlar  tili  tadqiqi  metodologik  xarakterdagi  bir  qancha 

muammolarni  sotsiallingvistika  va  sotsiologiya  tilini  farqlash  orqali  hal  etilishini 

talab qiladi.   

    Sotsial 

lingvistika, 

sotsiallingvistika 

tarzida 

namoyon 


bo’lgan 

soha 


lingvistikadan  ko’ra  sotsiologiyaga  yaqindir.  Sotsiologik  an’analar  doirasidagi  til 

va jamiyat  munosabati bilan bog’liq bir qator g’oyalar soyada qolib ketdi. Aynan 

lingvosotsiologiya  yo’nalishidagi  sotsiokommunikativ  jarayonlarning  serqirra 

xususiyatlarini ochib beruvchi bir qator ishlar amalga oshishi mumkin.  

1960-yillardayoq 

sotsiallingvistikaning 

tiklanish 

jarayonida 

ayrim 

tadqiqotlar  (jumladan,  g’arb  olimlaridan  R.  Bell,  R.Grosse,  A.  Noybert,  rus 



olimlaridan  L.B.  Nikolskiylar)  sotsiallingvistika  va  lingvosotsiologiyani  farqlash 

zarurligini 

ta’kidlagan 

edilar. 


L.B.Nikolskiy 

nuqtai 


nazariga 

ko’ra 


sotsiallingvistika  va  lingvosotsiologiya  o’rtasidagi  farq  «shunisi  bilan  ajralib 

turadiki,  sotsiallingvistika  u  yoki  bu  ijtimoiy  hodisa  va  jarayonlarning  tilda  aks 

etishini  o’rgansa,  lingvosotsiologiya  tilga  jamiyat  faoliyatiga  ta’sir  ko’rsatuvchi 

faol  sotsial  faktor  sifatida  munosabatda  bo’ladi».

1

  Demak,  lingvosotsiologiya 



tilning  jamiyatga  ta’sir  etishini  o’rganadigan  tilshunoslik  va  sotsiologiya 

o’rtasidagi  tutash  sohadir.  Shu  nuqtai  nazardan  olib  qaraganda,  sotsiolingvistika 

lingvistikaning,  lingvosotsiologiya  esa  sotsiologiyaning  bir  tarmog’idir.  A.D. 

Shveytsar  bu  sohani  tilshunoslik  va  sotsiologiya  o’rtasidagi  tutash  soha  sifatida 

qarash kerakligini ta’kidlaydi.

2

   



Lingvosotsiologiya  va  sotsiolingvistikalarni  bir-biri  bilan  bog’liq  holda 

ko’rish  maqsadga  muvofiqdir.  Ammo  bu  hodisalar  bir-biri  bilan  qanchalar  yaqin 

                                                 

1

 www. ecsoeman. edu.ru(socccis/msg/296116. html 



2

 Yana qarang: www. ecsoeman. edu.ru(socccis/msg/296116. html 




 

- 17 - 


bo’lmasin,  o’zaro  farqlanadi  ham.  Lingvosotsiologiyaning  muhim  vazifasi 

lingvistik mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir.  

Lingvosotsiologiyaning 

predmeti 

ma’lum 

lingvistik 

konstruksiyalar 

yordamida  ijtimoiy  ta’sir  ko’rsatish  modellari  xususiyatlarini  aniqlashdir. 

Lingvosotsiologiya  tilning  jamiyat  hayotiga  ta’sirini,  eng  avvalo,  tilshunoslik 

nuqtai 


nazaridan 

tadqiq 


etadi. 

G.G.Xazagerov 

o’zining 

«Ritorika 

lingvosotsiologiya  sifatida»  nomli  maqolasida  lingvosotsiologiya  ni  yangi  ilmiy 

fan  deb  ataydi  va  bugungi  kunda  unga  bo’lgan  ehtiyoj  har  qachongidan  ham 

ortganligini ta’kidlaydi. 

1

   



Shunday  qilib,  lingvosotsiologiya,  lingvogeografiya  (tilshunoslikning 

alohida  –alohida  til  hodisalarining  territorial  tarqalishini  o’rganuvchi  bo’limi), 




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin