qo’llasak, «mamlakat aholisi, davlatda yashovchilar», aynan shuni umummilllat
miqyosidagi siyosatchilardan kutishimiz kerak va biz ixtiyorsiz ravishda turli
ijtimoiy guruhlarga mansub bo’lgan, turlicha qarashlar va manfaatlarga ega
bo’lgan millionlab odamlarni nazarda tutamiz. Biroq aynan mana shu narsa siyosiy
diskursda e’tiborsiz qoldiriladi. Ularning nuqtai nazaricha, xalq «super-ego»
sifatida turlicha fikr, qarashlar, qadriyatlarga ega bo’lmasligi kerak. Siyosatchining
fikricha faqatgina mamlakat rahbarlari, shaxsan ularni va hokimiyat partiyasini
boshqarayotgan rejimga qarshi aytilgan har qanday tanqid xalqqa nisbatan
- 13 -
xurmatsizlik deb baholanadi. Rasmiy nuqtai nazardan o’zgacha qarashga ega
bo’lgan, hokimiyatning yoki faraz qilingan dushmanlari, bular «begonalar»,
ma’lum davrlarda «xalq dushmanlari» hisoblaganlar va xalqning to’la huquqli
vakillari hisoblanmaganlar. Demak, siyosatchilar o’z manfaatlarini ko’zlab ko’plab
til birliklarining ma’nosini, eng avval leksik ma’nosini o’zgartiradilar.
Shunday qilib, til o’yini so’z semantikasini o’zgartirilishi asosiga qurilishi
mumkin: xalq va aholi, xalq va elektorat. Har ikki juftlikda xalq so’zi ma’nosi
o’zgartiradi, qo’shimcha ma’no kasb etadi: birinchi munosabatda bo’lgan
obektlarga, ijobiy yoki neytral munosabatni shakllantirishga ehtiyoj bo’lganda,
ya’ni modallik aylana o’qini so’lga siljitish orqali. Bu maqsadda neytral yoki ijobiy
konnotatsiyali so’zlardan foydalaniladi.
Til materiallari tahlili zamonaviy bosqichda siyosiy tilga ekstralingvistik
omillar, ayniqsa jahon siyosiy tizimidagi omillar ta’sir ko’rsatmoqda. Hozirgi
paytda negativ konnotatsiyali yumshoqroq leksikadan ko’ra, peyorativ leksika
ko’proq qo’llanilmoqda. Misol tariqasida, qalang’i qasang’ilar, malay, yugurdak
kabi so’zlar, ko’plab fikrlar. Masalan, Fradkov (Rossiya federatsiyasining sobiq
bosh vaziri) o’z vazirlariga quyidagicha maslahat berdi: «Suv yuzasida suzib
yuradigan narsalarni saralab olish kerak».
Negativ (salbiy) konnotatsiyali so’zlar ham ko’proq ishlatilmoqda, bundan
quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: ijtimoiy-siyosiy leksikada negativ
konnotatsiyali so’zlarning ustunlik qilishi, xavfli lingvistik sindrom (biror kasallik
uchun xarakterli alomatlar majmui) bo’lib, xalqning ijtimoiy va ma’naviy
hayotidagi jiddiy deformatsiya (shakliy o’zgarish) lardan dalolat beradi. Mashhur
ruhshunos, faylasuf E.Fromning kuzatishlarida nemis jamiyati yaxshi tomonga
o’zgarganligi sababli, Marksning keksalik davridagi tilida tajavvuzkorlik,
emotsionallik anchayin susayganligi ta’kidlangan.
U yoki bu so’zning konnotatsiyasi va modalligini o’zgartirishda
evfemizmlar (yorqin baholovchi komponentga ega bo’lmagan so’zlar) yordam
beradi: «Arzon patetika (nutqdagi ko’tarinkilik) va sulloh vatanparvarlik to’lqinlari
partiya bochkalaridan hamon oqib chiqmoqda»…
- 14 -
Ko’pincha siyosatchilar tomonidan ishlatiluvchi so’zlar dennotat sohasida
mos kelsada, konnotatsiya bo’yicha farqlanadi: separatchilar va xaloskorlar,
kontrterrorchilik operatsiyasi va urush. M.N.Epshtyn ularni o’zaro sinonimiya
munosabatlarida bo’lgan pragmemelar deb ataydi. Yana bir misol: bir davlatning
boshqasiga qarshi harbiy harakatlari natijasida hokimiyat almashsa, bu voqeaga
munosabatdan kelib chiqib uni ozod qilish, bostirib kirish, okkupatsiya, agressiya
deb ham atash mumkin, ya’ni gapirayotgan uchun qaysi taraf «o’z dunyosiga»
aylanishiga qarab.
Bunda faqat konnotatsiya sohasida farq paydo bo’ladiki, shuningdek, asosiy
ma’no o’zgaradi, shu bilan birga bu farqlar birinchi planga chiqadi, demak ularning
konnotativ ma’nosi xiralashadi. Misol uchun biz Rossiya yoki Belorusni
demokratik yoki totalitar davlat deb atashimizga qarab, ushbu mamlakatlardagi
siyosiy vaziyatdan xabardor bo’lmagan adresat ular haqida qarama-qarshi
tasavvurda bo’ladi, chunki ushbu tushunchalar ortida ijtimoiy hayotning barcha
qarama- qarshi jihatlari turadi.
So’zlar bilan o’yin qilgan siyosatchi «qora–yaxshi niqoblangan oq»
ekanligini isbot qilib beradi, ya’ni o’z isbotini «X bu U» formulasi bo’yicha
quradi. Ular (KPRF) da o’z layoqatliliklarini isbotlash yetarlicha vaqt bor edi,
ular Yalmog’iz kampir qanchadan buyon bo’lgan bo’lsa, shunchadan buyon
mavjud (D.Rogozin).
Shunday qilib leksik manipulyatsiyalar siyosiy diskursda yoki so’z
ma’nosini o’zgartirib yoki ob’ektlarni belgilash uchun ma’lum so’zlarni tanlab
olish bilan o’zini faol namoyon qiladi. So’zning semantik qurilishidagi bunday
o’zgaruvchanlik,
konnotatsiyalarni
asosiy
ma’nolardan
ajratib
olishdagi
qiyinchiliklar,
bu
ma’nolarning
variantliligi,
obektivni
subektiv
bilan
almashtirishdagi erkinlik va aksi siyosatchilar tomonidan bilib turib atayin
qo’llaniladi. Bularning barchasi siyosatchilar nutqida demagogik suiste’molga olib
kelishi mumkin. Buni so’z o’yini deb bo’ladimi? Ularni so’z bilan o’ynashish desa
to’g’riroq bo’lar edi, chunki oqibati juda jiddiy bo’ladi.