Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix02.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#53316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
 

 


 

- 29 - 


2.2. Siyosiy matbuot va uning til xususiyatlari.

 

 

 



Yurtimizda  demoratik  jarayonlarni  chuqurlashtirish  sharoitida  fuqarolarni 

ayni  shu  jarayonlarning  faol  ishtirokchisi  va  himoyachisiga  aylantirish,  bu 

mas’uliyatli  vazifani  ado  eta  borib,  hur  so’z,  ozod  fikr,  erkin  xatti-harakat  orqali 

jamiyat erkinligi va farovonligini shakllantirish respublikamizda olib borilayotgan 

ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma’naviy-ma’rifiy  islohotlarining  pirovard 

maqsadidir.  Vatanimiz

 

taraqqiyoti,  islohotlarning  muvaffaqiyati  ko’p  jihatdan 



xaqning  siyosiy  bilimi,  madaniyati  darajasiga  bog’liq  bo’lib,  shaxsning  siyosiy 

faolligi,  uning  chinakam  fuqaroviy  munosabati,  demokratik  islohotlarga 

intiluvchanligi  belgilangan  maqsadlarga  erishishning  muhim  omili  hisoblanadi. 

Binobarin,  davlat,  jamiyat,  o’z  fuqarolarining    siyosiy  bilimlarini  va  siyosiy 

savodxonligini oshirib borishdan mafaatdor bo’lib, ularning siyosiy savodxonligini 

yuksaltirishga, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’uldir.

 

 Ana  shu  ijtimoiy  zaruratni  hisobga  olib,  respublikamizda  mustaqillikning 



dastlabki  yillaridanoq  ommaviy  axborot  vositalarida  siyosiy  yo’nalishdagi 

masalalarni  yoritishga  jiddiy  e’tibor  berildi.  Ana  shu  ijtimoiy  zaruratni  hisobga 

olib,  respublikamizda  mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  ommaviy  axborot 

vositalarida  siyosiy  yo’nalishdagi  masalalarni  yoritishga  jiddiy  e’tibor  berildi. 

Gazeta-jurnallarda  fuqarolar  siyosiy  ongi  va  siyosiy  madaniyatini  oshirishga 

bag’ishlangan  maqola,  tadqiqotlar  e’lon  qilish  amaliyotga  kiritildi.  Matbuot 

maydonida  ijtimoiy-siyosiy,  ijtimoiy-falsafiy,  ijtimoiy-publitsistik,  adabiy-badiiy, 

ma’naviy-ma’rifiy,  ommaviy  nashrlar  bilan  bir  qatorda  ijtimoiy-siyosiy,  siyosiy 

nashrlar  paydo  bo’ldi.  Hozirgi  vaqtda  respublikamiz  miqyosida  mazkur 

yo’nalishda  o’nlab  gazeta  va  jurnallar  chop  etilmoqda.  Bugungi  kunda 

respublikamiz  axborot  tizimida  faoliyat  yuritayotgan  O’zbekiston  liberal 

demokratik  partiyasining  «XXI  asr»,  xalq  demokratik  partiyasining  «Xalq  so’zi», 

milliy  tiklanish  partiyasining  «Milliy  tiklanish»,  adolat  sotsial  demokratik 

partiyasining  «Adolat»  kabi  gazetalari  mavqei,  o’z  o’rniga  egaligini  ta’kidlash 

mumkin.  



 

- 30 - 


 Binobarin,  «siyosiy  matbuot» 

  mazkur  ishda  ilk  bor  qo’llanayotgan 



atamalardan  biri  bo’lib,  tilshunoslik  va  bu  sohada  yaratilgan  lug’at,  darslik, 

qo’llanma  va  boshqa  adabiyotlarda  shu  paytga  qadar  qo’llanilmagan.  Umuman, 

siyosiy  matbuot-  ijtimoiy-siyosiy,  siyosiy  yo’nalishda  chop  etilayotgan  gazeta-

jurnallar va ular faoliyatini umumlashtiruvchi yangi so’z birikmasi bo’lib, bugungi 

kunda mazkur yo’nalishdagi matbuotning respublikamiz OAV orasida tutgan o’rni 

katta  ekanligi  yuqorida  eslatildi.  Buning  o’ziga  xos  sabablari  bo’lib,  ular 

quyidagilardan iborat: 

1.

 



Demokratlashtirish va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning siyosiy 

asoslarini yaratish jarayonida shunday vaziyat yuzaga keldiki, ijtimoiy- 

siyosiy, 

ijtimoiy-falsafiy, 

ilmiy-ma’rifiy, 

ma’naviy-ma’rifiy 

yo’nalishlarda  chop  etilayotgan  nashrlar  sahifalaridagi  siyosiy 

mavzularda  berilayotgan  materiallar  fuqarolarni  qoniqtirmay  qoldi, 

ya’ni  siyosat  sohasidagi  yangilik  va  izlanishlar,  siyosiy  muammolar, 

siyosiy  terminologiya  masalalari  hamda  siyosat  fanidagi  o’zgarishlar 

to’g’risida keng ma’lumot beruvchi nashrlarga ehtiyoj tug’ildi. 

2.

 



Jamiyatdagi  islohotlar  vujudga  keltirgan  ana  shu  ijtimoiy-siyosiy, 

tibbiy-  ma’rifiy  ehtiyoj  natijasida  mazkur  soha  masalalarini  talab 

darajasida  yoritishni  o’z  oldiga  maqsad  qilib  qo’ygan  gazeta  -

jurnallarni  chop  etish  yo’lga  qo’yila  boshlandi  va  ular  haqli  ravishda 

«siyosiy gazeta», «siyosiy jurnal», «siyosiy nashr» deb atala boshlandi.  

 Tabiiyki,  ushbu  nashrlar  faoliyatida  yildan-yilga  sifat  o’zgarishlari 

yaqqolroq  ko’zga  tashlanmoqda  va  bu  jarayonda  ularning  tili  uslubiyatida  sodir 

bo’layotgan  o’zgarishlarni  alohida  tadqiqot  ob’ekti  sifatida  o’rganishga  bo’lgan 

ehtiyoj  ortib  bormoqda.  Modomiki,  matbuot  yozma  nutq  an’analarini  davom 

ettiruvchi,  shuningdek,  og’zaki  nutq  xususiyatlarini  o’ziga  singdiruvchi  vosita 

ekan,  o’z  navbatida,  matbuot  ham  og’zaki  va  yozma  nutq  madaniyatining 

yuksalishida,  yozma  nutqqa  xos  bo’lgan  tartib  va  izchillikning  takomillashuvida 

muhim  rol  o’ynaydi  –  «jamiyat  sanitari»  vazifasini  o’taydi.  Siyosat  matbuotning 

bugungi asosiy vazifasi

 huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishda 




 

- 31 - 


jamiyat  va  hokimiyat  o’rtasida  ko’prik  rolini  bajarib,  siyosiy  savodxonlikni 

oshirish,  qonunchilik  me’yorlarini  ro’yobga  chiqarish,  islohotlarning  borishi  va 

inson  huquqlariga  rioya  etilishi  ustidan  nazorat  qilishning  ta’sirchan  vositasi 

bo’lmoqdir.  Shunday  ekan,  siyosiy  matbuot  tili  va  uslubi  har  jihatdan  namunaviy 

tarzda  bo’lishi,  siyosat  haqidagi  nashrlar  tilining  ko’pchilikka  tushunarli  bo’lishi, 

qisqasi,  siyosiy  hijjatlar  mazmuni  bilan  tanishishning  oson  va  qulay  bo’lishi  – 

ko’zlangan maqsadni yanada tezlashtiradi. Biroq har qanday rivojlanishda bo’lgani 

kabi,  siyosiy  matbuot  tili  va  uslubida  ijobiy  o’zgarishlar  bilan  birga  ayrim 

kamchiliklar,  nuqsonlar  ham  uchrab  turadiki,  ularni  bartaraf  etmoq  har  jihatdan 

foydalidir. Negaki, o’z vaqtida tuzatilgan nuqson keyin yuzaga keladigan juda ko’p 

chalkashliklarning oldini oladi, noto’g’ri hukm va xulosaga o’rin qoldirmaydi, ijro 

madaniyatiga samarali ta’sir etadi. 

 Shu  maqsaddan  kelib  chiqib,  siyosiy  matbuotdagi  faol  nashrlardan  biri- 

«XXI  asr»  gazetasining  2010-2011  yillaridagi  sonlari  bilan  tanishib  chiqilganda, 

bu  nashrning  avvalo  respublikamizdagi  ko’pgina  gazetalar  uchun  yetakchi, 

tashabbuskor  rolini  o’taganini,  shu  bilan  birga,  gazeta  tili  yildan-yilga 

takomillashib, o’sib-o’zgarib borgani kuzatildi. Bizningcha, bunday ijobiy o’sish -

o’zgarish, avvalo, gazeta sahifalarida qo’llangan ruknlarda namoyon bo’ladi. 

 Ma’lumki,  rukn

e’lon  qilinayotgan  materialning  peshtoqi,  devizi,  «shiori» 



bo’lib, matn g’oyasi va muallif fikrining nimaga qaratilganligiga ishora qiladi. «U 

nima  haqda  gap  borayotganini  anglatadi,  o’sha  materialning  mazmuni, 

mohiyatidan darak beradi. Mana shu xususiyati bilan rubrika (ya’ni rukn – SH. R. ) 

gazetxonga ancha yengillik, qulaylik tug’diradi».

1

 

 



 

Rukn va sarlavha tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshashdek ko’rinsa ham, 

lekin ular bir-biridan o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Masalan, sarlavha 

har bir maqola uchun alohida qo’yilsa, ruknda bu jihatdan turg’unlik seziladi, yani 

ruknlar  takrorlanishi  yoki  nashrdan  nashrga  ko’chib  o’tishi  mumkin.  Masalan: 

«Tahlil», «Bashorat», «Uchrashuv», «Voqealar, sharhlar, dalillar», «So’rang, javob 

beramiz»,  «Mardlar  qo’riqlaydi  Vatanni»,  «Muqaddas  burch»,  «Sarhisob», 

                                                 

1

 Бобоева А. Газета тили ҳақида. - T.: Фан,1983, 31-б.  




 

- 32 - 


«Tilloga  teng  satrlar»,  «Deputatlik  guruhlarida»  va  boshqalar.  Biroq  sarlavhaga 

xos  bo’lgan  uch  funksional  vazif–maqolani  nomlash,  maqolaning  mazmunini 

bildirish  va  reklamalilik  xususiyatlari  ma’lum  darajada  rukn  uchun  ham  xosdir. 

Ayniqsa,  maqola  mazmuniga  xos  markaziy  g’oyani  bo’rttirib  ko’rsatish  va 

reklamalilik  ruknni  ham  xarakterlovchi  belgilardandir.  Agar  sarlavha  maqolani 

atash,  mazmunni ifoda  qilish va  ma’lum  darajada  o’quvchini qiziqtirishga  xizmat 

qilsa, ruknda o’quvchi e’tiborini mohiyatga yo’naltirish, diqqatini asosiy masalaga 

qaratish ustuvorlik qiladi. 

 Tadqiqotchi  A.Boboyeva  ruknlarni  doimiy,  mavsumiy,  ma’lum  sohaga 

moslangan  bo’lishi  mumkinligiga  ko’ra  uch  turga  bo’lib  o’rganishni  taklif  etadi.

1

 

Siyosiy  matbuotdagi  ruknlarni  shu  tarzda  o’rganilsa,  qo’llanilayotgan  ruknlarning 



axborotlar  ichidagi  o’rni  va  bajarayotgan  vazifasi  yanada  yaqqol  ko’rinadi. 

Masalan:  siyosiy  nashrlardagi  ruknlarning  ko’pchiligi  siyosiy  soha  atamalari 

asosida  shakllangan  bo’lib,  qaysi  sohaga  tegishli  ekani  izohsiz  ham  anglashilib 

turadi:  «Siyosiy  madaniyat»,  «To’rtinchi  hokimiyat»,  «Ob-havo»,  «Sport».  Lekin 

ular  bilan  yonma-yon  shunday  ruknlar  ishlatiladiki,  siyosiy  sohaga  moslangani 

uchun  siyosiy  ma’no  kasb  etadi:  «Inson  va  huquq»,  «Partiya  tashkilotlarida», 

«Deputatlik  guruhlarida»,  «Tadbirkorlik

prokuratura  himoyasida»,  «Viloyat 



kengashida»,  «Qonun  va  ijro»,  «Konsepsiya  g’oyalari  amalda»,  «Voqealar, 

sharhlar, dalillar»… kabi.  

 Siyosiy nashrlarda yilning biror-bir faslida bo’lmasa-da, ma’lum bir vaqtda 

bajariladigan ish yoki tadbirlar munosabati bilan qo’llanadigan  mavsumiy ruknlar 

ham uchrab turadi: «14-yanvar

 Vatan himoyachilari kuni», «2010-yil 



Barkamol 

avlod  yili  »,  «2011-yil

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  yili»,  «Anjuman» 



kabi. 

 Siyosiy matbuotda, xususan «XXI asr » gazetasining 2010-2011 yillarga oid 

sonlarida  qo’llangan  runklarni  uning  mundarijasini  belgilash  nuqtai  nazaridan 

shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 

 

                                                 



1

 Qarang: Shu joyda. 




 

- 33 - 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin