1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari.
2. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari.
3. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya va uni amalga oshirishtartibi.
4. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o’ziga xosxususiyatlari.
Pul islohoti nima?
Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pulmuomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini to’liq yokiqisman qayta tashkil etish.
Pul islohoti qachon amalga oshiriladi?
Pul isloxotlari qog’oz pul belgilarining hammasi yoki bir qismiqadrsizlanganda va ularning hajmi ko’payib, yangisi (qog’oz yoki metall) bilan almashtirishlozim bo’lganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi o’zgarganda, pul tizimigao’zgartish kiritish zarur bo’lganda o’tkaziladi.
Pul isloxotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga,pulning qadrsizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog’liq holda turli usullarda:
ortiqcha qog’oz pullarni yo’q qilish bilan pul hajmini kamaytirish (deflyatsiya);
eski pulbelgilarini yo’q qilib, yangi qog’oz pul belgilarini zarur mikdorda chiqarish (nullifikatsiya);
eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya);
pul birligiyoki qog’oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursinipasaytirish (devalvatsiya);
pul birligidagi metall qiymati yoki qog’oz pul kursini tashkidavlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi