Pul islohotlarining maqsad va vazifalari Guruh: xbas 61



Yüklə 13,53 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü13,53 Kb.
#123590
1   2   3   4   5
Pul islohotlarining maqsad va vazifalari-fayllar.org

NULLIFIKATSIYA

Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, Sobiq SSSRda 1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.

REVALVATSIYA


  • Revalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan keyin 1925-1928 yillar- da o’tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati belgilandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko’tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda revalvatsiya o’tkazilgan

DEVALVATSIYA

Devalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta kurslariga o’tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib boriladi.

DENOMINATSIYA

Denominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi «0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta denominatsiya o’tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo’lsa, denominatsiya o’tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo’ladi.


Yüklə 13,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin