Pul islohotlarining maqsad va vazifalari-fayllar.org
1947-yilda sobiqSSSRda Pul islohotlari oʻtkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib oʻrnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950-yilga kelib oltin tovar za-xirasining koʻpayishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi oʻzgarishi 1961-yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishiga olib keldi. Pul islohotlarini oʻtkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923—24 yillarda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921-yil 1-yanvar dan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul islohotlari oʻtkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi

Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻmkupon" muomalaga kiritildi.