Pul kredit siyosati


O`zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirish yo`nalishlari



Yüklə 67,89 Kb.
səhifə4/5
tarix27.04.2023
ölçüsü67,89 Kb.
#103714
1   2   3   4   5
Pul kredit siyosati

O`zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirish yo`nalishlari.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (kelgusi o`rinlarda Markaziy bank) maqsad va vazifalari, institutsional tuzilishi tubdan qayta ko`rib chiqildi. Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan bo`ldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini ta`minlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi.


Valyuta siyosati va pul muomalasini tartibga solish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi voqelikda makroiqtisodiy sohada shakllanayotgan shart-sharoitlar pul-kredit siyosatida ham muhim o`zgarishlarning amalga oshirilishiga asos bo`ldi.
O`rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning past va barqaror darajasi ta`minlanishi makroiqtisodiy mutanosiblikning muhim omili bo`lib, mamlakatda ijtimoiy holatni yaxshilash, investitsion faollikni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yaratadi. Ichki narxlar barqarorligini ta`minlashga yo`naltirilgan uzluksiz davomiy pul-kredit siyosatining yuritilishi aholi va biznes vakillari daromadlari xarid qobiliyatini saqlab qolish, ularning ishlab chiqarish, investitsiya, jamg’arish va iste`mol borasida qarorlar qabul qilishlari uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligini ta`minlash bilan birga Markaziy bank tomonidan mamlakatimizda bank va to`lov tizimini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelgusida iqtisodiy o`sishni qo`llab-quvvatlab boradi. Ta`kidlash joizki, faqatgina pul-kredit siyosatida amalga oshiriladigan islohotlar iqtisodiy o`sishning asosiy manbai bo`la olmaydi.
Pul-kredit choralari asosan qisqa muddatli ahamiyat kasb etib, iqtisodiyotdagi yalpi talab va taklif hajmlaridagi qisqa muddatli tebranishlarni yumshatish va ishlab chiqarish tafovutlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy o`sishning fundamental asoslarini mustahkamlash, ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish, energiya iste`molini pasaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalash hamda uning tashqi sharoitlarga bog’liqligini kamaytirish va raqobat muhitini rivojlantirish vazifalari, o`z navbatida, tizimli tarkibiy islohotlarni va samarali soliqbyudjet siyosatini amalga oshirishni taqozo etadi.
Markaziy bank tomonidan samarali pul-kredit siyosati yuritilishi natijasida iqtisodiyotda inflyatsiyaning barqaror past darajasi ta`minlanishi va narxlardagi keskin tebranishlarning oldi olinishi, o`z navbatida, aholi turmush farovonligini oshirish va biznes yuritish uchun qulay muhitni yaratishga asosiy poydevorlardan biri bo`lib xizmat qiladi.
Mamlakatda ichki narxlar barqaror bo`lgan sharoitda aholi va biznes vakillari uchun ish haqi, nafaqa va boshqa daromadlar, shuningdek, milliy valyutadagi jamg’armalarning qadrini saqlab qolish imkoniyati mavjud bo`ladi. Bu esa ularning qisqa va uzoq muddatli davrlar uchun xarajatlarni rejalashtirishda ishonch hissini uyg’otadi.
YUqori inflyatsiya darajasi aholi daromadlarining qadrsizlanishiga hamda jamiyatda ijtimoiy tabaqalashuvning kuchayishiga olib keladi. SHu nuqtai nazardan, past inflyatsiya darajasini ta`minlash ijtimoiy barqarorlikning muhim sharti hisoblanadi. Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligining ta`minlanishi tadbirkorlik faoliyati uchun ham qulay sharoit hisoblanadi. Inflyatsiya darajasi past bo`lgan holatda korxonalarning qarz olish imkoniyatlari kengayadi. YUqori va o`zgaruvchan inflyatsiya banklarning samarali faoliyat olib borishlari uchun ham noqulay sharoitlarni yuzaga keltiradi.
Pul-kredit siyosatining o`ta qat`iylashtirilishi iqtisodiyotdagi investitsion faollikning susayishiga olib kelishi mumkin. Uning asossiz yumshatilib, kreditlash hajmlarining keskin oshirilishi esa iste`mol va investitsion talabni rag’batlantirish bilan bir qatorda inflyatsiya darajasining keskin oshib ketishiga ham sabab bo`ladi. Ta`kidlash zarurki, birgina pul-kredit siyosatining o`zi mamlakat iqtisodiy salohiyatini barqaror oshirishning asosiy manbai bo`la olmaydi.
Uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotda raqobat muhitini yaxshilash, mehnat unumdorligi va energiya iste`moli samaradorligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish orqali iqtisodiyotning ichki va tashqi raqobatbardoshligini kuchaytirish, biznesni tashkil etish va yuritishni engillashtirishga qaratilgan davomli tarkibiy islohotlarni amalga oshirish iqtisodiy o`sishni ta`minlovchi asosiy omillar hisoblanadi.
Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini qo`llash orqali ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirishga yoki texnologik rivojlanishga to`g’ridan-to`g’ri ta`sir qila olmaydi. Bunda pul-kredit sohasidagi choralar asosan iqtisodiyotni qisqa muddatli tartibga solish, mavsumiy va davriy tebranishlarni muvozanatlashtirish hamda o`sish sur`atlarining iqtisodiy salohiyatidan og’ib ketishi oldini olishga qaratilgan bo`lib, qisqa muddatli ta`sirga ega bo`ladi.
YUqorida keltirilgan omillar ta`sirida yuzaga kelgan bugungi makroiqtisodiy sharoitlar qisqa davr ichida iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining keskin o`sishi, investitsiya hajmlari va iste`mol talabining oshishini rag’batlantirib, inflyatsion jarayonlarning kuchayishiga olib kelganligini ko`rsatmoqda. Xususan, yalpi talabning oshishiga mos ravishda taklif hajmlarini oshirish maqsadida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mehnat unumdorligini oshirish ma`lum bir davrni talab etadi, aynan mana shu muddat davomida iqtisodiyotda inflyatsion bosimning kuchayishi kuzatiladi.
Bunda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar taklifi etarli emasligi sharoitida (ish haqi o`sishi va kreditlashning kengayishi hisobiga) ichki talabning oshishi narxlarning o`sishiga sabab bo`ladi.
SHuningdek, mahalliy tovarlar miqdorining ichki bozorda etarli emasligi import tovarlariga bo`lgan va bu orqali valyuta bozoridagi talabni oshirib, milliy valyuta kursining qadrsizlanishiga va pirovardida inflyatsiya kuchayishiga olib keladi.
O`z navbatida, inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashishi aholi va biznes vakillari daromadlarining real qiymatini pasaytiradi, daromadlarning ko`proq iste`molga yo`naltirilishigasabab bo`ladi, shuningdek, iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun oldindan aniqlash qiyin bo`lgan vaziyatlarni yuzaga keltiradi. SHuningdek, iqtisodiyotda narxlarning muttasil oshib borishi sharoitida omonatchilar o`z mablag’larini past foiz stavkalarida bank depozitlariga joylashtirishni ma`qul ko`rmaydilar va banklar depozit foiz stavkalarini ko`tarishga majbur bo`ladi.
Natijada bank majburiyatlari qiymati aktivlari daromadligiga qaraganda tezroq sur`atlarda o`sadi. Jalb qilingan depozitlar bo`yicha xarajatlar oshishini qoplash maqsadida banklar ham mos ravishda biznes xatarlarni kamaytirish uchun kreditlarni yuqori foiz stavkalarda hamda qisqa muddatlarga ajratishni afzal ko`radi. Bu esa iqtisodiyotda investitsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklaydi va iqtisodiy o`sishga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
SHu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda uzoq muddatli resurslar bozorining rivojlanmaganligi sababli investitsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada cheklab qo`yishi mumkin. Past va barqaror inflyatsiya esa foiz stavkalari shakllanishida inflyatsiya uchun to`lovlarni kamaytiradi hamda kreditorlar tomonidan uzoq muddatli kreditlar taklifini oshirishga imkon yaratadi.
Bunda nafaqat tijorat banklari, balki mahalliy va xorijiy investorlar ham uzoq muddatli moliyaviy resurslarni past inflyatsiya darajasiga ega bo`lgan iqtisodiyotlarga yo`naltirishni afzal ko`radi. Umuman olganda, yuqoridagi omillarning barchasi milliy iqtisodiyotimizning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib o`rta va uzoq muddatli rivojlanish modelini yaratishni, makroiqtisodiy siyosatning samarali muvofiqlashtirilishini, pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvni taqozo etadi.



Yüklə 67,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin