Pul, kredit va banklar


-mavzu: Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Pul, kredit va banklar

10-mavzu: Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi 
 
 
10.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
10.2. Banklarning funktsiyalari 
10.3. Banklarning turlari   
10.4. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 
 
 
10.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
  
Banklarning  vujudga  kelishi  tovar  –  pul  munosabatlarining  asosiy 
elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo’lishi bilan bir davrga to’g’ri 
kelgan.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  dastlabki  banklarning  vujudga  kelishi  haqida  aniq 
ma’lumotlar  mavjud emas.  Ayrim  iqtisodchi olimlar  banklarni  feodalizm  davrida 
vujudga  kelganligini  ta’kidlashsa,  ularning  ayrimlari  esa  kapitalistik  tuzumning 
dastlabki  davrlarida  paydo  bo’lganligini  ta’kidlaydi.  Uchinchi  guruh  olimlar, 
banklar  faoliyatiga  xos  bo’lgan  operatsiyalar  miloddan  ilgarigi  davrlarda  paydo 
bo’lganligini qayd etadilar. 
Manbalarga ko’ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do’konlarda mahalliy 
pullarni  xorijiy  pul  birliklariga  ma’lum  darajadagi  to’lov  evaziga  almashtirib 
berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli 
haq  evaziga  saqlash  bilan  shug’ullangan.  Keyinchalik  banklar  vaqtinchalik  bo’sh 
pul  mablag’larni  tegishli  shartlar  asosida  jalb  etib,  ushbu  mablag’larga  ehtiyoji 
bo’lgan shaxslarga ma’lum to’lov evaziga bera boshlagan. 
Tarixiy  manbalarga  ko’ra,  dastlabki  banklar  Gretsiyada  paydo  bo’lgan, 
keyinchalik  xalqaro  savdo  munosabatlarining  rivojlanishi  natijasida  evropa 
mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuningdek, natural xo’jalikning barham 
topishi,  tovar  –  pul  munosabatlarining  rivojlanishi  natijasida  hisob  –  kitoblar  va 
kreditlarning  roli  shiddat  bilan  ortib  bordi.  Bular  o’z  navbatida  bir  maromdagi 
hisob  –  kitob  va  pul  muomalasini  tashkil  etish  zaruriyatini  keltirib  chiqardi.  Bu 
jarayon  o’z  –  o’zidan  banklarning  tashkil  topishi  va  rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir 
ko’rsatdi.  
Ayrim  iqtisodiy  adabiyotlarda, dastlabki  banklar  ibodatxona  (butxona)larda 
tashkil  topganligi  ta’kidlanadi
51

Ibodatxonalar 
hukumatning 
va 
diniy 
tashkilotlarning  zaxira  fondlari  sifatida  xizmat  qilgan.  Ularda  oziq  –  ovqat 
zaxiralari  va  boshqa qimmatbaho  buyumlar  saqlangan. Keyinchalik  ibodatxonalar 
to’lov  vositalarini  bajaradigan  oltin,  kumush  va  boshqa  qimmatbaho  metallarni 
saqlash  bilan  birga,  pul  muomalasini  tashkil  etish  jarayonlarida  ham  bevosita 
ishtirok  etishgan. Bunga 2011  yil iyulida   Hindistonning ibodatxonalaridan birida 
yirik  miqdorda  oltin  va  boshqa  boyliklarni  topilganligini  misol  sifatida  keltirish 
                                                           

 
Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavshurina.  – 5 – 
e izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –S.319 – 324. 


mumkin.  Topilma  juda  katta  miqdorga  teng  bo’lib,  qachon  va  kim  tomonidan 
qo’yilganligi ma’lum emas.  
Ibodatxonalar  qadimda  banklar  vazifasini  bajarganligining  va  ularni 
barqarorligining  asosiy  sabablaridan biri, davlat va dindorlarning  asrlar  davomida 
ibodatxonalarda  xizmat  qiluvchilarga  nisbatan  yuqori  darajada  ishonchning 
shakllanganligi  hisoblanadi.  Bu  o’z  navbatida  boshqalarda  ham  ibodatxonalarda 
pul  mablag’larni  saqlashga  bo’lgan  ishonchini  qozongan.  Dastlab  ushbu  an’ana 
qadimiy  Sharqda  vujudga  kelgan  bo’lsa,  keyinchalik  qadimgi  Gretsiya  va  Rim 
hamda Evropaga tarqalgan.  
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, savdogarlar 
va  boshqa  zodagonlar  ibodatxonalarning  (Delfiy,  Deloss,  Samoss,  Efess  kabi 
ibodotxonalar)  alohida  shaxslariga  pul  mablag’larini  saqlash  va  tegishli 
operatsiyalarni  amalga  oshirishga  ishonch  bildirib,  ularga  pul  mablag’lari  va 
qimmatbaho metallarni saqlash, shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob 
–  kitoblarni  amalga  oshirishga  ruxsat  bergan.  Buning  barobarida,  mamlakatda 
mehnat  taqsimoti  va  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishi,  o’zaro  moliyaviy 
ayirboshlash  hajmining  ortishi  natijasida  ushbu  ibodotxonalarda  pul  ishlari  bilan 
shug’ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi.  
Taxminan  eramizdan  oldingi  VII  asrlarda  yirik  ibodatxonalarning  kichik  – 
kichik  moliyaviy  vositachilik  do’konlariga  aylanib borishi  natijasida, shuningdek, 
pul muomalasini tartibga solishda muammolarning vujudga kelayotganligi sababli 
metall tangalarni muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini 
davlat o’z qo’liga ola boshladi. 
Hozirgi  kunda,  siz  bilan  biz  bank  sifatida  biladigan  moliyaviy 
muassasalarning  dastlabki  ko’rinishlari  XVI  asrda  Angliyada  vujudga  kelgan. 
E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu – ziynatlar 
yasaydigan  zargarlar  yoki  yirik  savdo  bilan  shug’ullanadigan  savdogarlar  ichidan 
chiqqan.  Shuningdek,  Florentsiya  va  Venetsiyada  XVI  asrda  jirobanklar  vujudga 
keldi.  Keyinchalik  banklar  Amsterdam,  Gamburg,  Miland,  Nyurenberg  kabi  yirik 
shaharlarda  tashkil  topa  boshlagan.  Ushbu  banklar  asosan  yirik  savdogarlarning 
oltin tangalarini saqlash va ularning to’lov hisob – kitoblarini amalga oshirish bilan 
shug’ullangan.  
Hozirgi  paytda  faoliyat  yuritayotgan  Markaziy  bankka  o’xshagan  bank 
birinchi    marta  Stokgolmda  1650  yilda, keyinchalik  1694  yilda Angliyada  tashkil 
topgan  bo’lib,  bu  bank  pul  emissiyasini  amalga  oshirish,  mamlakatda  tijorat 
banklari faoliyatini tartibga solish kabi ishlarni bajargan. 
Banklar  yirik  savdogarlar,  zargarlar  va  boshqa  shaxslarning  hisob  – 
kitoblarini  bajarish  bilan  birga,  jamiyatdagi  vaqtinchalik  bo’sh  pul  mablag’larini 
jalb  qilish  asosida  juda  yirik  miqdorda  ssuda  kapitalini  jamg’aradilar,  ushbu 
mablag’ kredit sifatida iqtisodiyotning turli bo’g’inlariga yo’naltiriladi. Shu tariqa, 
kapitalistik  jamiyatda  “bank”  deb  yuritiladigan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 
shug’ullanuvchi “korxona”lar tashkil topdi. 
Banklarning  mohiyatiga  iqtisodiy  adabiyotlarda  turli  yondashuvlar  mavjud. 
“Bank”  etimologiyasiga  e’tibor  qaratadigan  bo’lsak,  “bank”  so’zi  qadimgi 


frantsuzcha  “banque”  va  italiyancha  “bansa”  so’zlaridan  paydo  bo’lib,  
“almashtirish stoli” ma’nosini anglatishining guvohi bo’lamiz.  
Bank  –  bu  moliyaviy  muassasa  bo’lib,  jamiyatdagi  vaqtinchalik  bo’sh  pul 
mablag’larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud 
bo’lgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  qaytarishlik,  muddatlilik,  to’lovlilik  va 
ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotdir.  
Boshqa  bir  adabiyotda,  bank  –  tadbirkorlik  faoliyatining  o’ziga  xos  turi 
bo’lib,  uning  faoliyati  ssuda  kapitalining  harakati,  ya’ni  ularni  jalb  qilish  va 
joylashtirilishi bilan bevosita bog’liqdir, degan fikr ilgari suriladi
52
.  
Bankir  ssuda  kapitalistidan  farqli  o’laroq,  turli  ko’rinishdagi  xizmatlarni 
taklif  etadi  va  pul  aylanmasini  tashkil  qiladi.  Ssuda  kapitalisti  ishlab  chiqarishni 
o’z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan 
begona shaxslarning mablag’lari hisobidan amalga oshiradi.      
Tijorat  banklari  mohyatini  teranroq  anglash  uchun  ayrim  metodologik 
masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: 
 –  banklarning  mohiyatini  yoritishda  ularning  mikrodarajadagi  faoliyatiga 
e’tibor qaratish lozim; 
 –  banklarning  mohiyatini  yoritishda  ular  qanday  shaklda  va  maqsadda 
tashkil  etilganligiga  emas,  balki  ularga  yagona  bank  sifatida  faoliyat  yuritishiga 
e’tibor qilish lozim; 
 –  banklarning  mohiyatini  ajralmas  qismi  sifatida  ularning  tashkil  topish 
asoslari, ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi; 
 – banklarning mohiyati – bu o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan ob’ektning 
tarkibini anglatadi; 
 – banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo’lib, muammoni 
o’rganayotgan  paytda  uning  qanday  jihatiga  e’tibor  qaratilayotganligi  muhim 
hisoblanadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  banklarning  vujudga  kelishi  va  ularning  mohiyati 
kishilik  jamiyatining  vujudga  kelishi  davridan  boshlab  shakllanib,  rivojlanib  va 
takomillashib 
kelmoqda. 
Buning 
asosiy 
sababi 
jamiyatda 
iqtisodiy 
munosabatlarning  takomillashuvi,  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi,  tovar  va 
xizmatlar aylanmasi hajmining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, 
qaerda  savdo  va  zargarlik  ishlari  rivojlangan  bo’lsa,  shuningdek,  ishonch  yuqori 
bo’lgan joylarda dastlabki banklar paydo bo’lgan.  
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin