Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi.
Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud.
1. Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10
foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi.
2. So’zib yuruvchi inflyasiya. Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi.
3. Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
4. Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib
ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga
mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan bog’liq.
Adabiyotlarda shu kabi stagflyasiya (inflyasiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defiseti sodir bo’lganda) inflyasiya tushunchalari mavjud.
Inflyasiyadan farqliroq deflyasiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyasiyadan yutqazishlar deflyasiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |