Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish


Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi



Yüklə 62 Kb.
səhifə7/15
tarix23.05.2023
ölçüsü62 Kb.
#120191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:

1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.


2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikati.6
M4 (L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo‘ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.
Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli harid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar
(pul agregatlari) dan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy budjet schyotlari, budjet, kasaba, uyushmalari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag‘lar tijorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat;
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism jamg‘armadagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o‘z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari “kvazi” - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning belgilanishi turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o‘z holicha mamlakat to‘lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg‘armalar hajmlari, shuningdek, ushbu jamg‘armani amalga oshirishda qo‘llanilgan vositalarning sonli ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga imkon beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda ko‘maklashadi.
Pul massasi agregatlari, iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsiyentini hisobga olish yordamidagi hisob-kitob eng namunali hisob-kitobdir. Monetizatsiya koeffitsiyenti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi darajasi yoki Tovar aylanishining to‘lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday koeffitsiyent M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan xorijiy valyutadagi depozitlarning YaIM hajmiga o‘zaro nisbati sifatida hisoblab chiqiladi. Ushbu koeffitsiyentni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga
M2 agregatini va xorijiy valyutadagi depozitlarni o‘z ichiga oladigan M4 pul agregatini qo‘yish qulayroq bo‘ladi. Ushbu koeffitsiyent mohiyati idealda birga teng bo‘ladi.
Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo‘l qo‘yilishi mumkin mohiyatlar deb hisoblanadi.
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.




  1. Yüklə 62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin