Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish


O‘zbekiston Respublikasi pul agregatlari va uning holati tahlili



Yüklə 62 Kb.
səhifə6/15
tarix23.05.2023
ölçüsü62 Kb.
#120191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

2. O‘zbekiston Respublikasi pul agregatlari va uning holati tahlili

Pul agregatlari pul massasini o‘lchovchilardan (ko‘rsatkichlaridan) iborat. Pul agregatlari statistikada pullar harakatining muayyan sanaga bo‘lgan yoki muayyan vaqt davridagi o‘zgarishini tahlil etish uchun qo‘llaniladi.


Pul agregatlarini qurish uchun moddiy ne’matlarning likvidliligi darajasiga qarab ularning bosqichma-bosqich joylashtirilishi asos qilib olingan. Moddiy ne’matlarning likvidliligi deganda ushbu ne’matlarning tez va unchalik ko‘p zararlarsiz pulga aylanishi qobiliyati tushuniladi. Moddiy ne’matlarning likvidliligi vaqt bilan o‘lchanadi. Moddiy ne’matni pulga aylantirish uchun qanchalik kam vaqt talab qilinsa, uning likvidliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Naqd pullar mutloq likvidlilikka ega, chunki ularni pulga aylantirish uchun zarur bo‘ladigan vaqt nulga tengdir.5
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir.
Muomaladagi naqd pullar Mo agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar, g‘azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud bo‘lsa) va metall tangalardan iborat bo‘ladi. Metall tangalar naqd pullarning juda kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi. Ularni keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda arzon metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing real qiymati nominal qiymatidan birmuncha pastroq bo‘ladi.
Mo agregatini pul bazasidan farqlash zarur. Pul bazasi tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zahiralari kiradi. Mo agregatining tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zahiralari rasman
kirmaydi.
Mo agregatiga kamroq likvidli mablag‘larni izchillik bilan qo‘sha borish bilan M1, M2, M3... MN gacha bo‘lgan agregatlar olinadi.
Pul agregatlarining soni va tarkibi mamlakat kredit tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va tuzilishiga hamda uning moliya bozorlarining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.
Pul massasi alohida elementlardan iborat bo‘lib, bunday elementlar pul massasining holatini baholash jarayonida qo‘llaniladi va uni tartibga solish uslublari va hajmlarini birmuncha aniqroq tanlashga imkon beradi.
Ushbu pul agregatlari asosan to‘lovning turli shakllarda ifodalangan u yoki boshqa vositalarini hisobga olish asosida ajratiladi. Odatda, har bir agregat nominal raqamga ega bo‘ladi. Raqamning o‘sib borishi bilan ushbu agregat yordamid hisobga olinadigan vositalar soni ham oshadi. Shunday qilib, katta sonli koeffitsiyentli agregat kichik indeksli (raqamli) agregatlarda hisobga olingan barcha pul mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Faqat muomalada bo‘lgan naqd pul mablag‘larini hisobga oladigan Mo pul agregati o‘z ma’nosi va mohiyatiga ko‘ra birinchi bo‘lib hisoblanadi.
M1 – muomaladagi naqd pul mablag‘lari (ya’ni, Mo agregati), korxonalarning hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, sug‘urta kompaniyalari mablag‘lari, aholining tijorat banklaridagi “talab qilib olingungacha” hisobvaraqlaridagi depozitlari.

  • M 2 – M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.

  • M 3 – M 2 agregati + davlat zayomlarining sertifikatlari va obligatsiyalari.

  • M 4 – M 3 agregati + xorijiy valyutadagi depozitlar.




Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin