Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish



Yüklə 62 Kb.
səhifə12/15
tarix23.05.2023
ölçüsü62 Kb.
#120191
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

II-Chiqim
1. Ish haqiga (shu jumladan stipendiya va xizmat safari xarajatlari) berilgan naqd pullar
2. Neft mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan naqd pullar.
3. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olib tayyorlash uchun berilgan naqd pullar
4. Qishloq xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanuvchi subyektlarga berilgan naqd pullar
5. Pensiya, nafaqa to’lovlari va sug’urta tovonlarni to’lash uchun berilgan naqd pullar
6. Bank plastik kartochkalari buyicha berilgan naqd pullar
7. Boshqa maqsadlar uchun berilgan naqd pullar
8. Mikrokreditlarga berilgan naqd pullar
9. Omonatlar bo’yicha berilgan naqd pullar
10. Pochta aloqasi korxonalariga berilgan madad pullari


Jami chiqim

Kirimning chiqimdan oshishi.


Ushbu xomcho’tni bank bo’linmalari barcha korxona va tashkilotlardan yig’ib Markaziy bank topshirig’iga binoan kutilayotgan kvartal boshlanishiga 30 kun oldin yig’iladi.
Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni chuqur o’rganib pulni muomilaga ko’shimcha ravishda chiqarish yoki muomiladan olish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Pul muomilasini tashkil etishda aholini daromadlari va xarajatlari balansi ham urganiladi va u quyidagi shaklga ega.

I-Daromadlar


1. Ish xaqi
2. Jamoa xo’jaligi va shaxsiy tamorqadan daromad.
3. Pensiya, stipendiya va nafaqalar
4. Moliya-kredit tizimidan tushumlar
5. Dividendlarni olish va boshqa tushumlar
II-Xarajatlar.
1. Tovarlar uchun tulovlar
2. Xizmatlarga tulovlar
3. Majburiy tulovlar va ixtiyoriy badallar
4. Quyilmalarga o’tkazish
5. Aksiya, obligasiyalarni xarid qilish va kechiktirilayotgan to’lovlar
6. Boshqa xizmatlar.

Ushbu balansda aholi daromad va xarajatlarining tarkibi ijtimoiy


guruhlari: ishchi va xizmatchilar, xodimlarning boshqa guruhlari buyicha ko’rsatiladi.
Ushbu balansni to’zishdan maqsad aholining bo’lishi mumkin bo’lgan pulli daromad va xarajatlarining iqtisodiy asoslangan pragnozlar qilishdan iborat.
Balansda daromadni xarajatlardan ko’prok bo’lishi aholini qo’lida naqd pul qoldig’ini oshiqligini, uning aksi esa aholi qo’lidagi naqd pul qoldig’ining kamayganligini bildiradi. Bu shunga yarasha muomilaga tovarlar chiqarish, xizmatlar ko’rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish buyicha tadbirlar ishlab chiqishga undaydi. Daromadlarni asosiy qismini ish xaqi, xarajatlarning asosini tovarlar uchun tulovlar tashkil etiladi.
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi va kassa aylanmasi xomcho’ti pul muomilasini tashkil etishda asosiy rejalardan hisoblanadi. Bu ikkala reja pul aylanishini asosini tashkil etish bilan birga ular o’rtasidagi quyidagi farqlar ham mavjud.
1. Kassa aylanmasi xomcho’tida faqat naqd pul aylanishi ko’rsatilsa aholini daromadlari va xarajatlari balansida aholi amalga oshiradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanish to’lig’icha ko’rsatiladi. 
2. Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida kassa aylanishi pragnozidan farqliroq aholining shaxsiy tomorqa xo’jaligi, xunarmandchilik va boshqa kursatadigan xizmatlari buyicha olinadigan daromadlari va amalga oshiradigan xarajatlari kursatiladi.
3. Aholining pul daromadlari kassa aylanmasi xomcho’tining xarajat qismida, aholining xarajatlari kassa aylanmasi xomcho’tining daromad kismida kursatiladi va boshqalar.
Pul muassasi pul muomilasining muhim kursatkichi hisoblanadi. Pul
massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli xisob-kitoblarni, ya’ni aholi korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid tulov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.
Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun, miqdoriy uzgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi, xajmi va o’sish sur’atlarini tartibga solish buyicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) foydalaniladi.
O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlaridan (pul agregatlari to’planadi) iborat.

Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin