Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funksiyasi. Kredit va pul mablag‘lari o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funksiyasi oldinga surilgan. Lekin bu funksiya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «sahnasidan» chiqib ketgan. Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funksiyasini keltirib chiqaradi.
Qayta taqsimlash funksiyasi. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalariga — ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala va iste’molga xizmat ko‘rsatadi. Takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bogMiq holda kredit, ishlab chiqarish, taqsimlash yoki iste’mol jarayonida kechadigan funksiyalardan farqli o‘laroq qayta taqsimlash funksiyasini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha bo‘sh moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo‘naltiruvchi va natijada yuqori foydani ta’minlovchi o‘ziga xos dastak sifatida namoyon bo'ladi.
Qayta taqsimlash funksiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo! sh pul mablag‘lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga muayyan to‘lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi. 0‘zining turli tarmoqlar va mintaqalarda tabaqalanish darajasiga tayanib, kredit iqtisodning stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ba’zi hollarda bu funksiyaning amalga oshirilishi bozor tizimida nomutanosiblikning chuqurlashuviga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday holat MDHda bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida namoyon bo‘lmoqda.
Shuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan boshqarishning muhim vazifalaridan biri, bu — iqtisodiy ustunlikni oqilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmoqqa jalb qilishni rag‘batlantirishdan iborat.
Muomala xarajatlarini tejash funksiyasi. Kredit vujudga kelish davridan boshlab, haqiqiy pullarni (oltin, kumush) kredit pullari — veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashinishini ta’min- lab kelgan. Lekin, oltinning monetar ahamiyati yo‘qolishi tufayli, kredit shu funksiyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, hisobkitoblarning tezligini va kam xarajatligini ta’minlamoqda. Kapitalning muomalada bo‘lish vaqti iqtisod qilinishi uning ishlab chiqarishda bo‘lish vaqtini oshirib, ishlab chiqarishni kengaytirishga, foyda ortishiga olib keladi. Bu funksiya amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi.
Uning manbayi sanoat va savdo kapitalining doiraviy aylanishi jarayonida vaqtincha bo‘shagan moliyaviy mablag‘lar hisoblanadi. Xo‘jalik subyektlari pul mablag‘larining kelib tushishi va ishlatilishi o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha farq faqatgina ortiqcha mablag1 lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag‘larning yetish- movchiligini ham aniqlab beradi.
Shuning uchun korxona va tashkilotlarning o‘z aylanma mablag‘larining vaqtinchalik yetishmovchiligini to‘ldirish uchun ssudalar berish keng tarqalib borgan.