Kapital to‘planishining jadallashuvi va konsentratsiyalashuvi funksiyasi. Kapital to‘planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo‘jalik yurituvchi har bir subyektning maqsadga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu masalani hal qilishga va ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuning bilan birga qo‘shimcha foyda olishga qarz mablag’laridan foydalanish yordam beradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, iqtisodiy inqiroz davrida bu resurslarning qimmatliligi ko‘pchilik xo‘jalik faoliyati jabhalarida kapital to‘planishini jadallashtirish masalasini hal qilishga to‘sqinlik qiladi. Shunga qaramasdan, ko‘rib chiqilayotgan funksiya hozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag‘lar bilan ta’minTanrnagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag‘lar bilan ta’min- lariish jarayonini sezilarli tezlashtirdi.
Muomalaga to‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi. Bu funksiyaning amalga oshishi jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to‘lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblami naqdsiz operatsiyalar oilan almashtiradi.
Bu esa ichki va xalqafo bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Ayni masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinuvining kerakli elementi sifatida muhim o‘rin tutadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kredit orqali samaraliroq amalga oshirilishi mumkin.
Urushdan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti har bir mamlakat yoki alohida xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy rivojining hal qiluvchi omiliga aylangan. Kreditning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdagi o‘rnini fan-texnika tashkilotlarining faoliyatini moliyalashtirish jarayoni orqali kuzatish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi markazlarning normal ishlab turishini ta’minlash uchun ham, ular faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari ishlatili- shi mumkin. Shuningdek, kredit innovatsion jarayonlarda ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur.
Albatta, korxonalarning mablag’lari yetarli bo‘lgani holda bu turdagi xarajatlar dastlab korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, shuningdek, o‘z mablag4 lari yetarli bo‘lmagan sharoitda bankning maqsadli o‘rta va uzoq muddatli ssudalari hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Kreditni ishlatish samaradorligi uni pozitiv ravishda ishlab chiqarish kuch- larini rivojlantirishga va mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga ta’siri bilan aniqlanadi
Kredit o‘zining aniq prinsiplariga ega:
Qaytarib berishlilik prinsipi;
Muddatlilik prinsipi;
Foiz to‘lashlilik prinsipi;
Ta’minlanganlik prinsipi. Kreditlar odatda birinchi toifali garov obyektlari bilan ta’minlanadi (yer, oltin va boshqa metallar).
Maqsadlilik prinsipi.
Kreditning ahamiyati uning mohiyati va funksiyalari orqali aniqlanadi. Kreditning ahamiyatini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag'batlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funksiyalarining natijasi sifatida aniqlashtirish mumkin. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi.
Korxonalarga beriladigan kredit ularning vaqtinchalik moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlaydi. Pul mablag'lariga ehtiyoj ishlab chiqarishning nafaqat mav- sumiy, shuningdek, boshqa sabablariga ham bog'liq.
Barcha hollarda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz — doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarish va muomala sohasini rag'- batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadiarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishga muhim ta’sir ko'rsatadi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolari yechilayotgan bir davrda kreditning ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga jalb etishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Kreditning ilmiy-texnika taraqqiyotiga ijobiy ta’siri jahon talablariga mos mahsulot ishlab chiqarish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi yangi texnika va texnologiyalarni kiritish jarayonlarini imtiyozli kreditlashda ko'rinmoqda. Hozirgi kunda ko‘pgina korxonalarda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar tufayli ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yangi texnik asosdagi asosiy fondlar bilan ta’minlash ehtiyojini qondira olmaydi. Bunday sharoitda korxonalar texnik qayta qurollanish uchun kreditga ehtiyoj sezadi.
Ko‘rinib turibdiki, kreditning paydo bo‘lish shart-sharoitlariga, nafaqat, unga bo‘lgan ehtiyoj, shuningdek, bo‘sh pul mablag‘larining mavjudligi, ularni vaqtinchalik foydalanishga berish imkoniyatiga bog‘liq. Kredit texnologik jarayonlarni takomillashtirish, asbob-usku- nalarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar parkini yangi mashinalar bilan ta’minlash asosida, minimal kapital xarajatlar hiso- biga xalq xo‘jaligiga kerak mahsulotning hajmini oshirishda korxonalarning samarali yo‘llarni tanlashida ularga iqtisodiy turtki beruvchi vositadir.
Samarali tadbirlami amalga oshirish uchun beriladigan kredit fond qaytimi kapital xarajatlar samaradorligini oshirishga, asosiy fondlar strukturasini yaxshilashga va ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirishga yordam beradi. Kreditning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirishga ta’siri fondlar va mehnat unumdorligi qiymat shakllari o‘sish sur’atlarining bir-biriga munosabatini ifodalaydi va o‘z navbatida, ishlab chiqarish fondlari samaradorligi darajasini xarakterlaydi.
Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mehnat unumdorligini va mehnatning fond bilan qurollanish darajalari oshsin. Kreditning muhim vazifasi sof daromadni ishlatishda vositachilik mexanizmini ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun avval uni pul ko‘rinishida jamg‘arish kerak.
Kreditning o‘rnini to‘g‘ri aniqlash uchun uni ishlatish maqsadlarini, shu jumladan, umumiy va xususiy maqsadlarini yoritish kerak. Kreditning umumiy maqsadi bu ijtimoiy ishlab chiqarishni dinamik va proporsional rivojlanish asosida aholining moddiy-madaniy turmush darajasi oshishini ta’minlaydi. Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirish intensiv omillarini qo‘llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
Kredit davlatning iqtisodiy dastaklaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi. Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iqtisod qilish yo‘li bilan ta’sir etadi. Ammo kredit Tovar moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mehnatni bevosita iqtisod qila olmaydi, chunki uning o‘zi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi.
Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi.
Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi.
Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki kengaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.