Pulning nazariyalari xususida iqtisodiy nazariyachilarning qarashlari


Pul aylanish tezligi va almashuv tenglamasi



Yüklə 42,54 Kb.
səhifə6/15
tarix10.09.2023
ölçüsü42,54 Kb.
#142424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Pulning nazariyalari xususida iqtisodiy nazariyachilarning qarashlari.

Pul aylanish tezligi va almashuv tenglamasi
Klassik pulning miqdoriylik nazariyasi aniq ta’rifi amerikalik iqtisodchi Irving Fisherning 1911 yilda nashr etilgan “pulning harid qilish qobiliyati” nomli kitobida ko‘rsatilgan. Fisher iqtisodiyotdagi PxY umumiy pul miqdori M (pul taklifi )bilan oxirgi tayyor mahsulot xizmatni xarid qilishga ketadigan chiqimlarni o‘rgangan, bunda P-narx darajasi, Y-daromad. (umumiy harajatlar PxY nominal umumiy daromad yoki YaMM sifatida qaralishi mumkin). O‘zgaruvchi M va PxY bog‘lovchi pulning aylanish tezligi deb nomlanadi( sodda qilib aytganda aylanish tezligi)va u umumiy xarajtlarni PxY ni pul miqdoriga M ga bo‘lish orqali topiladi.

Masalan, agar yillik nominal YaMM (PxY) 10 trlnni va pul miqdori (M) 2 trln dollarni tashkil etsa

Bunda pulning aylanish tezligi 5 teng degani iqtisodiyotda har bir dollar yilda 5 marta biror tayyor mahsulotni sotib olishga yoki xizmatga ishlatiladi.
Tenglamani ikki tarafini M ga ko‘paytirish orqali nominal daromad, pul miqdori va aylanish tezligi bog‘lagan holda almashinish hajmini topamiz.
MxV=PxY
Almashinish darajasi ko‘rsatadiki, pul miqdorini muomiladagi aylanishga ko‘paytmasi nominal daromadga (iqtisodiyotda nominl xarajatlar tayyor mahsulotlarni va xizmatlarni xarid qilishga) teng.
Tenglamaning o‘zi bir ayniyatdir, aniqlanishi bo‘yicha to‘g‘ri bog‘lanishni ko‘rsatadi. Bu hech narsani bildirmaydi. Masalan, nominal daromad PxY o‘sishi pul massasini M o‘sishi bilan bog‘liq, chunki Mning qanchalik o‘sishi Vning shunchalik tushishi bilan kompensatsiya qilingan bo‘lishi mumkin, va MxV (demak PxY) o‘zgarmaydi. Ayirboshlash tenglamasidan nominal daromadni aniqlashga o‘tish uchun aylanish tezligiga ta’sir etadigan faktorlarni ko‘rib chiqish kerak.
Aylanish tezligining aniqlovchilari2 Irving Fisher shuni isbotladiki, pulni aylanish tezligi iqtisodiy sub’ektlarning transaksiya qilishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Agar bitim qilinayotganda hisob kitob schyotlari ishlatilayotgan bo‘lsa va kredit kartochkalar, demak iqtisodiyotda ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarga to‘lash uchun kamroq pul kerak bo‘ladi (Mi PxYga nisbatan)va aylanish tezligi (PxY)/M kattalashadi. Teskarisiga agar aholi sotib olganiga naqd to‘lasa yoki chek bilan o‘sha nominal daromad darajasida ko‘proq pul kerak bo‘ladi va aylanish tezligi pasayadi. Bunda Fisher taxmin qilgan ediki qisqa muddatda aylanish tezligini doimiy deb hisoblash mumkin chunki institutsional va texnologik faktorlar sekin o‘zgaradi.
Haqiqatda Fisher ayirboshlash tenglamasini iqtisodiyotda nominal tranzaksiya qiymati PTga nisbatan ishlab chiqqan edi:

Yüklə 42,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin