Punktuatsiya Reja



Yüklə 88 Kb.
səhifə3/5
tarix13.10.2022
ölçüsü88 Kb.
#65012
1   2   3   4   5
Punktuatsiya Reja

1. Egasiz gaplar.
2. Kesimsiz gaplar.
5. Harflar yoki raqamar bilan ko’rsatilgan numerativlardan so’ng: ski topiladigan gaplar shaxs tasavvuri harakteriga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
a) Shaxsi aniq gap.
b) Shaxsi noaniq gap.
c) Shaxsi umumlashgan gap.
6. Ayrim shartli qisqartmalardan keyin yozuv texnikasiga ko’ra nuqta qo’yiladi: A.+ahhor, Sh. Rashidov, A.S. Pushkin va boshqalar.
7. Tsitataning manbaini ko’rsatuvchi kiritmalar tekst ichida yoki
havolada berilsa, avtor gapidan so’ng va oxirgi so’zdan so’ng nuqta qo’yiladi:
1.Bobolarda bir so’z bor.
Eshint og’ajon:
“Bosgan izidan qaytmas,
O’lsa ham arslon!”. (Hamza. “Berma erkingni qo’ldan”.)
2. K.Nazarov. O’zbek tili pungtuatsiyasi, “O’qituvchi” nashriyoti, Toshkent, 1976 yil.
4. So’roq belgisi
So’roq belgisi quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. So’roq gaplar oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi?  (I.R)
2. Taqrizlarda va tsitatalarda biror so’z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik tug’dirsa, bunday so’z yoki jumladan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi va bu qava ichiga olinadi: “Mihail Ivanovich Akaskin qiriq besh yashar qolin (?) gavdali, mo’ylovdor, hushmuomala, xulqi soda va yoqimli kishi edi”. (O)
3. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so’z va iboralar so’roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi. Ega kim?, nima?, qaer?, degan so’roqlarning biriga javob bo’ladi.
5. Undov belgisi
Undov belgisi quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Undiv gaplar oxirida: Chindan ham poyonsiz cho’lda hayot tantana qildi! (Sh.P)
2. Buyruq gaplar oxirida: Qahramonim, arslanom, mehribonim, bo’l omon! (H.O)
3. Bo;laklarda ajralmaydigan gaplar, nominative gaplar emotsionallikka ega bo’lganda, ulardan so’ng undov belgisi qo’yiladi: Siz chakana mehnat qilmadingiz. Qoyil!
Nogoh katta darvoza tomondan tanish ovoz yangradi: - Erma taka!
Gulnoraning yuqori to’lqinlanib ketdi (O.)
4. Gap boshida kelib, his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so’ng undov belgisi qo’yiladi: Onajonlarim! Nechuk shmol uchirdi? (A.Q)
6. Vergul
Vergul quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Bog’lovchisiz, sanash ohangi bilan uyushgan bo’laklar o’zaro vergul bilan ajratiladi: Kelajak yorqin va eng go’zaldir. Uni sevingiz, unga intilingiz, uning uchun ishlangiz, uni yaqinlashtiringiz. (Chernishevskiy.)
2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi: Xotirjam bo’ling, otaxon, maqsadingizga yetasiz. (H.G’.)
3. Kirish so’z va iboralar vergul bilan ajratiladi: Ilmsiz, ma’rifatsiz yangi turmush qurib bo’lmaydi, albatta. (H.G’)
4. Tasdiq yoki inkorni bildiruvchi so’zlar gap boshida kelganda vergul bilan ajratiladi: Ha, cho’ponlar kam uyqu bo’ladi. (Sh.R.) Xo’p, soat beshlarda etib boraman. Yo’q, to’yni haliboshlaganimiz yoq. (A.+.)
5. Ajratilgan bo’laklar vergul bilan ajratilabi: Ko’kda, daraxtlar ustida, g’uj-g’uj yulduzlar yonadi. (O)
6. Qo’shma gap komponentlari vergul bilan ajratiladi: Darhaqiqat, bo’ron kuchli, ammo dehqonlar undan kuchli. (Sh. P.)
7. Qavs
O’zbek tilida quyidagilar qavsga olinadi:
1. Kiritma konstruksiyalar: Men mulla akani (Muqumiyni shunday atardilar) bohavoroq deb supachaga boshlab keldim. (Tuyg’un)
2. Remarklar: Sodiq. Qizarib ketgan ekanman, qarang, aka, mingboshini ham (Bo’ripolvonga kalla solib ko’rsatmoqchi bo’lib yoqasidan oladi, u qo’rqib dodlab yuboradi) mana shunday kalla qilib cho’ziltirmoqchi edim-u, nomardlar orqadan kelib qolimni bog’lab qoldilar. (Nazir Safarov.)
3. Tsitata yoki misolning manbai: Badantarbiya bilan mo’tadil va o’z vaqtida shug’ullanuvchi kishi kasalliklarning davosiga muhtoj bo’lmaydi. (Abu Ali Ibn Sino.)
4. Tushintirish izoh, o’qitish ma’nosidagi so’z, birikma va gaplar:
Yashsin jonajon mustaqil O’zbekistonimiz (Farg’ona viloyatiningyirik tumani) qishloq xo’jaligi maxsulotlarini etishtirishda katta muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Lingvistika (til haqidagi fan) tez rivojlanib boryapti.
Matbutda ilmiy asarlarda uchraydigan boshi 3- betda, davomi bor kabi iboralar ham qavs ichiga olinadi.
5. Tsitatalarda gumon anglashilmovchilikni bildirish uchun qo’llangan so’roq belgisi ham qavs ichiga olinadi. (So’roq belgisining qo’llanishiga qarang.)
8. Nuqtali vergul
Nuqtali vergul quyidagi hollarda qo’llanadi:
1. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda: Pavel noto’g’ri soliq solinayotganligi va ishdan nuqul zavod foyda qilajagini tushuntirib berdi; ular ikkovi  ham qovoqlari soliq chiqib ketdilar. (M.G.)
2. Raqam yoki harflar bilan ifodalangan numerativdagi gaplar oxiriga nuqtali vergul qo’yiladi: Xozirgi asosiy vazifamiz quyidagilar;
a) Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda berilgan bilimlarni puxta egallash;
b) Ko’rsatilgan adabiyotlar bilan o’z vaqtida tanishib borish;
v) Jamoat ishlarida faol qatnashish;
g) Sessiya, imtihon va sinovlarini muvoffaqiyatli topshirish.
3. Murakkab qo’shma gap qismlari nuqtali vergul bilan ajratiladi:

Yüklə 88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin