Purkash bosish usulida bosish



Yüklə 27,44 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü27,44 Kb.
#207770
purkash


2 PURKASH BOSISH USULIDA BOSISH (INK JET)
Kontaktsiz bosmaning purkovchi usuli asl nusxa tasviri to’g’risidagi axborotning oraliq tashuvchisini talab qilmaydi, elektrofo­tografiyada fotoretseptordan foydalangan vaqtda esa aksincha. Bu usul bo’yoqni bevosita qog’ozga tushirishga imkon beradi. Purkovchi bosmani uzluksiz purkovchi bosma va xususan tomchili-purkovchi bosmaga ajratish mumkin. Jarayonlar asosan suyuq bosma bo’yoqlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Ammo so’nggi vaqtlarda termo bo’yoqlarni ham ishlatish boshlanmoqda. Ular qizdirilgan vaqtda qattiq holatdan suyuq holatga o’tadi. Ular bosma varaqqa uzatilib, harorat pasaytirilganda qattiqlashadi [7].
4.2.1-rasmda purkovchi bosmaning prinsipial texnologiyalari o’ziga xos ko’rsatkichlari bilan birga taqdim etilgan. Uzluksiz purkovchi bosmada (4.2.1,b-rasm) elektrostatik zaryadlangan kichik bo’yoq tomchilarining uzluksiz oqimi hosil qilinadi. Zaryadlangan tomchilar elektrostatik maydonda harakatlanadi, bu maydon elektron-nurli trubkalarda ishlatiladigan konstruksiyaga o’xshash qurilma yordamida tomchilar oqimini og’diradi. Tasvirni ifodalaydigan ma’lumotlarga binoan maydon kuchlanishini boshqarish orqali, tomchilarning qog’ozga tushishi yoki tushmasligi ta’minlanadi. Tomchilar zaryadi negativ tasvirga mos keladi. Aks ettiriladigan asl nusxaga mos keluvchi tomchilar oqimining arzimas qismigina materialga tushadi, katta qismi esa bo’yash tizimiga qaytadi.
Tomchili-purkovchi bosmada uzluksizdan farqli o’laroq, asl nusxadagi tasvir talab qilgan vaqtdagina tomchi hosil qilinadi. Bu bosma usuli tomchilarni issiqlik yordamida (termo­purkovchi bosma) va pezoelektrik hosil qilishni ko’zda tutadi. Termopurkovchi bosmada, masalan, parafinlar asosidagi moddani soplo kamerasida qizdirish va qisman bug’lantirish yordamida tomchilar hosil qilinadi. Pezoelektr bosmada esa, elektr signalini uzatish va devorchalar yasalgan materialning pezoelektr xossalari tufayli, soplo kamerasi devorchalarining mexanik deformatsiyasi yordamida tomchilar hosil qilinadi va otib chiqariladi.
Aniqlanganki, termik usulda olingan tomchilarning ehtimolli chastotasi pezoelektr texnologiyasida olinganidan ko’ra kamroq bo’ladi.
Purkovchi bosmaning texnik tizimlari axborotni asl nusxadan oddiy qog’ozga o’tkazishning eng ixcham texnikasini namoyon etadi (fotografiya qog’ozini eksponirovka qilish bilan solishtirish mumkin). Faqat tasvir signali asosida qandaydir oraliq tashuvchisiz bo’yoq tomchisini hosil qilish va uni bosiladigan materialga o’tkazish zarur.
Umuman olganda, purkovchi bosma usuliga asoslangan bosma tizimlarining tezligi an’anaviy bosma qolipdan bosish usullariga qaraganda kichik. Ayniqsa, tasvir alohida soplolar orqali tushirilgan vaqtlarda. Ular kichikroq ish unumdorligiga ega. 4.1.5-rasmda purkovchi bosma texnika ko’rsatilgan, u to’rt tizim yordamida (to’rt bosma bo’yoqning har biri uchun alohida) to’rt rangli bosmani bajaradi. Qog’oz barabanda mustahkamlanadi, alohida seksiyalar esa (havorang, qirmizi, sariq va qora bo’yoqlar uchun) tez aylanayotgan barabanning o’qi yo’nalishida tegishli harakatlanayotgan kallak yordamida qog’ozga bir rangli tasvirlarni bosadi. Ko’rsatilgan qurilmada A3 bichimli ko’p rangli bosma betlar taxminan 5 minutda chiqariladi (imkonlilik qobiliyati 300 dpi, o’nga yaqin gradatsiyalar). Shuning uchun bunday qurilmalar asosan raqamli bosishgacha bo’lgan tayyorgarlik bosqichida “Kompyuter - bosma qolip” texnologiyasiga tatbiqan sinov nusxalarini chiqarish uchun ishlatiladi. Bundan maqsad – fayl mazmuni va nusxalar sifatini oldindan baholash.
Nisbatan past imkonlilik qobiliyatiga ega bo’lgan (300 dan 600 dpi gacha) purkovchi bosmada, yuqorida eslatilganidek, taglikka bir necha tomchini cho’ktirib, ko’proq gradatsiyalar olish mumkin. Ular generatsiyasining kattaroq chastotasida esa, 30 tagacha gradatsiyalar darajalarini olish mumkin.
Yuqori ish unumdorligiga ega bo’lgan purkovchi bosma tizimlarida chiqariladigan bet kengligi uchun soplo lineykalari ishlatiladi.
Misol sifatida purkovchi bosma tizimi ko’rsatilgan bo’lib, unda, agar zarur bo’lsa, bir polotnoda uning kengligi bo’ylab ikkita yozuvchi kallak (240 dpi) harakatlanadi.

4.2.2-rasm. Purkovchi bosma texnologiyalari: a) uzluksiz purkovchi bosma;
b) tomchili-purkovchi bosma.


Bunday tizim polotnoning yuz va orqa tomonlarida ko’p rangli bosmani bajarishi mumkin (albatta, bosma jarayonining asosiy ranglari – triada bo’yoqlarida emas, balki faqat dekorativ bo’yoqlarda).
Purkovchi bosmada asosiy muammo – bo’yoqning qurishi, uning qog’oz yuzasida mustahkamlanishi. Umuman olganda, yuqori sifatli bosma uchun qoplamali qog’oz zarur. Turli quritish usullari bilan birgalikda maxsus ishlab chiqilgan bo’yoqlardan foydalanish esa, ishlatiladigan qog’ozlarning katta assortimentiga olib kelishi mumkin [6].
Purkovchi bosmada termo bo’yoqlardan foydalanish esa, ularning tez qurishi va qog’oz sortlarining turli-tumanligi nuqtai nazaridan qiziq.
Yüklə 27,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin