Vorislik - bu atama sinflarga xosdir. Vorislik deb bir sinfdagi barcha funksiya va xususiyatlarni boshqa bir sinf o’ziga o’zlashtirishiga aytiladi.
Funksiyalari meros qilib olinadigan sinf ona sinf deyiladi.
Meros qilib olingan funksiyalarni o’ziga o’zlashtiradigan sinf voris sinf deyiladi.
Istalgan sinf ona sinf bo’lishi mumkin. Shu sababli ona sinfni hosil qilish xuddi oddiy sinfni hosil qilish kabidir.
Hozir Odam degan sinf hosil qilamiz. Unda ism va familiya parametrlari va tanish degan funksiyasi bo’ladi. So’ngra shu sinf orqali x obyekt hosil qilamiz:
class Odam: def __init__(self, ism, familiya): self.ism = ism
Voris sinf hosil qilish uchun yangi sinf tuzilayotganda ona sinfni paramet sifatida kiritamiz. Shunda voris sinf ona sinfdan barcha xususiyatlarni o’zlashtiradi.
Hozir Talaba degan sinf hosil qilamiz. Odam sinfi uning onam sinfi bo’ladi. Qavslar ichida ona sinfni kirittamiz va uning barcha xususiyatlarini voris sinf o’zlashtiradi. Qo’shimcha parametr qo’shish shart emas, ammo sinf hosil qilayotganda ichi bo’sh bo’lishi ham mumkin emas. Agar hechnarsa yozishni istamasak xatolik yuz bermasligi uchun pass kalit so’zini qo’shib qo’yamiz:
class Odam: