2.1.1-chizma. Ro`yxat metodlari tasnifi
Ro`yxatda metodlarni qo`llanilishini misollar yordamida ko`rib chiqsak
Ro`yxatning ishlatilishiga misol: bunda ro`yxatning maksimal elementini topish 2 xil usulda max() standart funksiyasi yordamida va har bir elementni birma-bir solishtirib chiqish orqali yechilgan.
Natija:
Kortejlar(tuple) Kortejlar bir nechta ob’yektlarni birgalikda saqlashga xizmat qiladi. Ularni ro’yxatlarga o’xshatish mumkin. Lekin ular ro’yxatlar kabi boy funksionallikka ega emas. Ularning asosiy jihati qatorlarga o’xshab o’zgarmasliklaridir. Kortej- elementlar orasini vergul bilan ajratish orqali hosil qilinadi. Kortejga ma’no jihatdan o`zgarmas ro`yxat deb ta’rif berdik. Shu o`rinda savol tug`iladi. Ro`yxat bo`lsa kortej nimaga kerak:
Turli holatlardan himoyalanish. Bu degani kortej o`zgartirishlardan himoyalangan bo`ladi, rejali (bu yomon) va tasodifiy (bu yaxshi) o`zgarishlardan xalos bo`ladi.
Kichik hajm. So`zlar bilan ifodalamasdan.
Kortejdan lug`at kaliti sifatida foydalanish mumkin:
Kortej afzalliklari haqida bilib oldik. Endi kortej bilan qanday ishlashni ko`ramiz. Bu xuddi ro`yxatlar bilan ishlashga o`xshaydi. Bo`sh kortejni yaratamiz:
Bir elementli kortejni yaratamiz:
Stop. Satr paydo bo`ldi. Bizga esa kortej kerak. Qanday qilib kortejga ega bo`lamiz?
Ura! Ishladi! Hamma gap vergulda. Qavuslar bu yerda hech nimani anglatmaydi. Kortejni yana quyidagicha yatish mumkin.
Lekin qavus qo`yish lozim, ba’zi bir holatlar borki qavuslar juda kerak. Tuple() funksiyasi yordamida iteratsiyalangan obyektdan kortej yaratish mumkin:
Kortejning elmentlariga ham ro`yxatlardagi kabi indeks bo`yicha murojat qilish mumkin (masalan: element nechanchi indeksdaligini bilish uchun). Bunda ham indekslash 0 (nol) dan boshlanadi ya’ni 6 ta elementdan iborat kortejning indeksi 0..5 gacha bo`ladi. Kortej indeksi esa [] operatori orasiga beriladi. Agar bizga kortejning elementilarini teskaridan chiqarish kerak bo`lsa uning indeksini manfiy (masalan: kortej[-5]) beramiz. Quyidagi misolda shularni ko`rib chiqamiz.