Python dasturlash tili haqida


Bir nechta maxsus holatlar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə6/32
tarix19.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#157401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
python dasturlash tili qoʻllanma

Bir nechta maxsus holatlar

  • Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin.

a = 1; b = 2; print(a, b)

Buni ko`p ham qo`llamang! Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.

if (a == 1 and b == 2 and
c == 3 and d == 4):
print('spam'*3)

Kalit so`zlar
False – yolg`on.
True - rost.
None - “bo`sh” obyekt.
and – mantiqiy VA amali.
with / as – konteks menejeri.
break –tsikldan chiqish.
class – metod va atributlarda iborat.
continue – tsikldan keyingi iteratsiyaga o`tish.
def – funksiyani aniqlash.
del – obyektni yo`qotish.
elif – aks holda, agar.
else – for/else yoki if/elsega qarang.
for – for tsikli.
from – moduldan bir nechta funksiyani import qilish.
if - agar.
import – moduldan import.
is –xotirani bitta joyida 2 ta obyektni jo`natsa bo`ladimi.
lambda –yashirin funksiyani aniqlash.
not –mantiqiy inkor amali.
or –mantiqiy Yoki amali.
while – while tsikli.
Komentariy
Kommentariy. Kommentariy # simvolidan keyin yoziladi va dastur kodini o'qiyotgan dasturchi uchun eslatma bo'lib xizmat qiladi. Misol uchun:
print('salom dunyo!') # print — bu funksiya
yoki:
# print — bu funksiya
print('salom dunyo! ')
Komentariy dastur kodini o'qiyotganlar uchun foydali bo'ladi va dastur nima qilishini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim bo'lgan qismlarni yozish mumkin.
O`zgaruvchilar
Biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga o'zgaruvchilar yordam beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.
O'zgaruvchilarni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  • O'zgaruvchining birinchi belgisi alifbo harfi (ASCII simvollari katta va kichik registrda ) yoki “_” (ostki chiziq) simvoli bo'lishi mumkin.

  • O'zgaruvchilarning qolgan qismi harflardan (ASCII simvollari katta va kichik registrda), “_" (ostki chiziq) simvoli va raqamlardan(0-9) tashkil topishi mumkin.

  • O'zgaruvchilar nomlashda katta va kichik registrlar farqlanadi. Masalan, myname va myName – bular boshqa-boshqa o'zgaruvchi hisoblanadi.

  • O'zgaruvchilarni to'g'ri nomlashga misollar: i, _my_name, name_23, a1b2_c3

  • O'zgaruvchilarni noto'g'ri nomlashga misollar: 2things, ' ', my-name, >a1b2_c3 va “o'zgaruvchi qo'shtirnoqda"


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin